Obyektlarda moddiy texnika holatini ishonchli ta’minlashda quyidagi omillar muhim о‘rin tutadi:
- tayyor mahsulotlarni saqlaydigan omborlarni tayyorlash;
- obyektda xom-ashyo, yoqilg‘i, jihozlar, kerakli materiallarni yetarli ta’minlash;
- ta’minlovchi korxonalar bilan uzviy aloqani bog‘lash;
- korxona filiallarini boshqa joylarda qurish va boshqa omillar;
Iqtisodiyot tarmoqlarining yorug‘ligini maskirovka qilish omilida quyidagi ishlar amalga oshiriladi. Masalan, obyektning hamma inshootlari, aholi yashaydigan punktlar yorug‘ligini kamaytirish, ishlab chiqarish va transport vositalarining signallarini kamaytirish, maskirovka qiluvchi (yolg‘ondakam vositalarni qо‘llash) usullari qо‘llaniladi.
Shikastlangan obyektlarni tiklash omillarida birinchi navbatda qilinadigan ishlar о‘sha korxonaning о‘z moddiy resurslari orqali, о‘z kuchi bilan amalga oshirish, imkoniyat darajasida ish xonalarini va jihozlarni qaytadan ta’mirlab, ishga tushirish va boshqa vazifalar bajariladi.
Umuman iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash va ularning chidamliligini, mustahkamligini oshirish omillarini tashkiliy ravishda о‘z vaqtida amalga oshirishda oldindan tuzilgan rejaga amal qilinadi. Shundagina har qanday favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlagan bо‘lamiz.
Muhandislik holatini baholash. Muhandislik holati deganda - tabiiy ofatlar, avariya va fojealar oqibatida kuzatiladigan hamda yadroviy aslaqalar va boshqa zamonaviy qurollarning birlamchi va ikkilamchi shikastlovchi omillari natijasida inshootlarni, qurilmalarni, jihozlarni, kommunal-energetik tizimlarni, transport va aloqa vositalarini, kо‘priklarni, suv hovuzlari va tо‘g‘onlarni, aerodromlarni va boshqa obyektlarni buzilishi hamda iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashi va aholining turmush tarzini izdan chiqishi tushuniladi.
Muhandislik holatini baqolashda quyidagi kо‘rsatkichlar aniqlanadi.
Obyektni shikastlanish darajalari va hajmini aniqlash (bunda inshootlar, qurilmalar va kommunal-energetik tizimlarning buzilish darajalari, jumladan ishchi xizmatchilarni saqlovchi himoya inshootlarini; talofotlangan hududlarning о‘lchamini; muhandislik ishlarining hajmi va murakkabligini; QBTI ishlarini amalga oshirish imkoniyatlari va boshqalarni aniqlash kо‘zda tutiladi).
inshootlarning umumiy holatdagi hamda uning alohida tarkibiy qisimlarining barqarorligini aniqlash va ularni insonning hayotiy faoliyatiga ta’siri;
inshootlarning umumiy qolatdagi hamda uning alohida tarkibiy qisimlarining barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar tо‘g‘risida xulosalar, barqarorlikni oshirish bо‘yicha tavsiyalar hamda QBTI ni va ishlab chiqarishni qayta tiklash bо‘yicha tavsiyalar.
Muhandislik holatini baqolashda bashorat ma’lumotlari muhandislik razvedka ma’lumotlari bilan birgalikda olib boriladi.
Muhandislik holatini baqolashda boshlang‘ich ma’lumotlar quyidagilardan iborat:
kuzatilishi mumkin bо‘lgan tabiiy ofatlar, avariya va fojealar xususidagi ma’lumotlar;
dushman haqida va ularning qо‘llashi mumkin bо‘lgan qirg‘in qurollari, hamda boshqa zamonaviy ta’sir vositalari xususida;
qurollar va talofot keltiruvchi vositalarning birlamchi va ikkilamchi ta’sir omillari, hamda ishchi xizmatchilarning himoya inshootlarini xarakteristikalari, obyektni muhandislik-texnik komplekslari va boshqalar.
Mustahkamlash uchun savollar
Iqtisodiyot tarmoqlarining barqarorligi nimalardan iborat?
Iqtisodiyot tarmoqlarining uzuksiz ishlashiga ta’sir etadigan omillarni ayting.
Favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash uslublarini tushuntirib bering.
4. Favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot tarmoqlarining barqarorligini oshirish usullari nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |