Ro`yxatga olindi: №


 Taftish komissiyasi faoliyat mexanizmi



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/215
Sana14.01.2022
Hajmi1,74 Mb.
#360012
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   215
Bog'liq
Ro`yxatga olindi ¹

8.2. Taftish komissiyasi faoliyat mexanizmi
35
Bizga   ma’lumki,   aksiyadorlik   jamiyatlari   korporativ   boshqaruv   va   ichki
nazorat   tizimida   taftish   komissiyasi   faoliyati   ham   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.
Shundan kelib chiqqan holda quyida taftish komissiyasi faoliyati xususida to‘xtalib
o‘tamiz.
Aksiyadorlik   jamiyatlarida   O‘zbekiston   Respublikasining   «Aksiyadorlik
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni,
aksiyadorlik   jamiyati   Ustavi   asosida   “Taftish   komissiyasi   to‘g‘risida”gi   Nizom
ishlab chiqiladi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi. “Taftish
komissiyasi to‘g‘risida”gi Nizomda Taftish komissiyasining maqomi, vakolatlari
va faoliyatini tashkil etish tartibi belgilab qo‘yiladi.
Taftish   komissiyasi   aksiyadorlik   jamiyatining   nazorat   organi   hisoblanib,
moliya-xo‘jalik   faoliyati   ustidan   nazoratni   amalga   oshiradi.   Bunda   Taftish
komissiyasi   aksiyadorlarning   umumiy   yig‘ilishiga   hisobdorligi   sababli   Kuzatuv
kengashi va ijroiya organi uning faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Aksiyadorlik   jamiyatlari   boshqaruv   organlari   va   aksiyadorlarni   moliya-
xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborot bilan ta’minlash,
aniqlangan   kamchilik   va   nuqsonlarni   bartaraf   etish   bo‘yicha   tavsiyalar   kiritish
hamda amalga oshirilgan tekshiruvlar asosida faoliyatni takomillashtirishga doir
takliflar ishlab chiqish Taftish komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Taftish komissiyasi quyidagilarni amalga oshirishga vakolatli hisoblanadi:
- aksiyadorlik   jamiyatining   bir   yillik   faoliyati   yakunlari   bo‘yicha
kompaniyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni amalga oshiradi;
- Taftish   komissiyasining   o‘z   tashabbusiga,   aksiyadorlarning   umumiy
yig‘ilishi va Kuzatuv kengashi qaroriga ko‘ra, yoki ovoz beruvchi aksiyalarining
kamida   besh   foiziga   egalik   qiluvchi   aksiyadorning   (aksiyadorlarning)   talabiga
ko‘ra Kuzatuv kengashini oldindan habardor qilish yo‘li bilan boshqa davr ichidagi
faoliyat yakunlari bo‘yicha kompaniyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni
amalga oshiradi;
- bir   yillik   yoki   boshqa   davr   ichidagi   faoliyat   yakunlari   bo‘yicha
kompaniyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlariga ko‘ra hisobot va
xulosa tuzadi;
- moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha amalga oshirilgan tekshirish natijalarini
aksiyadorlarning   umumiy   yig‘ilishi,   Kuzatuv   kengashi   va   aksiyadorlik   jamiyati
boshqaruvi e’tiboriga etkazadi;
33 
Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 2012. – P. 374.
34 
Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 2012. – P. 359.
35 
Мазкур параграф “Ўздонмаҳсулот” акциядорлик компаниясининг “Тафтиш комиссияси тўғрисида”ги Низоми асосида 
тайёрланди.


- aksiyadorlik   jamiyati   boshqaruvi   tomonidan   taqdim   etilgan   hujjatlar
asosida   kompaniyada   affillangan   shaxslar   bilan   tuzilgan   bitimlar   yoki   yirik
bitimlarni,   shuningdek   qonun   hujjatlarining   va   kompaniya   ichki   hujjatlarining
bunday bitimlarni tuzishga doir talablariga rioya qilinishini o‘rganib chiqadi;
- aksiyadorlik jamiyatida affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar yoki
yirik bitimlar mavjudligi to‘g‘risida har chorakda xulosa tuzadi;
- aksiyadorlik jamiyatida affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar yoki
yirik   bitimlar   mavjudligi,   shuningdek   qonun   hujjatlarining   va   kompaniya   ichki
hujjatlarining   bunday   bitimlarni   tuzishga   doir   talablariga   rioya   kilinishi
to‘g‘risidagi xulosani har chorakda Kuzatuv kengashining majlisiga olib chiqadi;
- hisobot yili davomida aksiyadorlik jamiyatida affillangan shaxslar bilan
tuzilgan bitimlar yoki yirik bitimlar mavjudligi, shuningdek qonun hujjatlarining
va kompaniya ichki hujjatlarining bunday bitimlarni tuzishga doir talablariga rioya
kilinishi   to‘g‘risidagi   xulosani   aksiyadorlarning   yillik   umumiy   yig‘ilishiga   olib
chiqadi.
Aksiyadorlik jamiyatining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish to‘g‘risidagi
talab tekshirish o‘tkazishni talab qilish huquqiga ega shaxslar tomonidan taftish
komissiyasi raisi nomiga yuboriladi. Moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish bo‘yicha
tashabbus ko‘rsatuvchilar istalgan vaqtda taftish komissiyasi tomonidan tekshirish
o‘tkazish  to‘g‘risida  qaror  qabul kilingunga  qadar  Taftish  komissiyasini   yozma
ravishda xabardor qilgan holda, o‘z talablarini qaytarib olishga haqli.
Taftish   komissiyasi   moliya-xo‘jalik   faoliyatini   tekshirish   davomida
tekshirish predmetiga doir barcha mavjud hujjat va materiallarni o‘rganib chiqishi
shart.   Bunda   tekshirish   yakunlariga   ko‘ra   kompaniyaning   taftish   komissiyasi
hisobot   va   xulosa   tuzadi,   unda   aksiyadorlik   jamiyati   hisobotlarida   va   boshqa
moliyaviy   hujjatlarida   ko‘rsatilgan   ma’lumotlarning   ishonchliligiga   doir   baho,
buxgalteriya   hisobini   yuritish   va   moliyaviy   hisobotni   taqdim   etish   tartibi
buzilganligi, shuningdek moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilayotganda qonun
hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi axborot ko‘rsatilishi shart.
Taftish   komissiyasi   Kuzatuv   kengashi   tomonidan   aksiyadorlar   umumiy
yig‘ilishini   chaqirish   to‘g‘risida   qaror   qabul   qilingan   kundan   kechikmasdan
kuzatuv kengashiga yillik moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan
xulosa taqdim etadi.
Taftish   komissiyasi   taftish   komissiyasining,   aksiyadorlarning   umumiy
yig‘ilishining   va   kuzatuv   kengashining   tashabbusiga   ko‘ra,   yoki   aksiyadorlik
jamiyati   ovoz   beruvchi   aksiyalarining   kamida   besh   foiziga   egalik   qiluvchi
aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga ko‘ra o‘tkazilgan kompaniyaning boshqa
davr   ichidagi   moliya-xo‘jalik   faoliyatini   tekshirish   yakunlari   bo‘yicha   xulosani
Kuzatuv kengashiga xulosa tasdiqlangandan keyin bir ish kunidan kechikmasdan
taqdim etadi.
Taftish   komissiyasining   son   tarkibi   aksiyadorlik   jamiyati   Ustavi   bilan
belgilanadi   va   3   (uch)   kishidan   iborat   bo‘ladi.   Taftish   komissiyasi   a’zolari
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan 1 (bir) yil muddatga saylanadi. Taftish
komissiyasining a’zolari o‘z majburiyatlarini tegishli tarzda bajarmasligi hollarida


ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi 
qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ovoz   beruvchi   aksiyalarining   hammasi   bo‘lib   kamida   bir   foiziga   egalik
qiluvchi   aksiyadorlar   (aksiyador)   moliya   yili   tugaganidan   keyin   o‘ttiz   kundan
kechiktirmay,   aksiyadorlik   jamiyati   taftish   komissiyasiga   bu   organning   miqdor
tarkibidan   oshmaydigan   tarzda   nomzodlar   ko‘rsatishga   haqli.   Aksiyadorlar
(aksiyador)   taftish   komissiyasiga   o‘zlari   ko‘rsatgan   nomzodlar   ro‘yxatiga
aksiyadorlarning   yillik   umumiy   yig‘ilishi   o‘tkazilishi   to‘g‘risidagi   xabar   e’lon
qilingan sanadan e’tiboran uch ish kunidan kechikmasdan o‘zgartishlar kiritishga
haqli.
Belgilangan   muddatlarda   aksiyadorlar   tomonidan   taftish   komissiyasi
a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish bo‘yicha takliflar kiritilmagan holatlarda kuzatuv
kengashi   taftish   komissiyasiga   saylash   uchun   mustaqil   ravishda   nomzodlar
ro‘yxatini belgilashi mumkin.
Ayni bir shaxs taftish komissiyasi tarkibiga ketma-ket uch martadan ortiq
saylanishi   mumkin   emas.   Taftish   komissiyasining   a’zolari   bir   vaqtning   o‘zida
kuzatuv kengashining a’zosi bo‘lishi, shuningdek ayni shu aksiyadorlik jamiyatida
mehnat   shartnomasi   bo‘yicha   ishlashi   mumkin   emas.   Shuningdek,   taftish
komissiyasining a’zolari sanoq komissiyasining a’zosi bo‘lishi ham ta’qiqlanadi.
Taftish komissiyasi tarkibiga qoidaga binoan aksiyadorlari (aksiyadorlar - jismoniy
shaxslar,   aksiyadorlar   -   yuridik   shaxslarning   vakolatli   mansabdor   shaxslari)
saylanadi.   Shu   bilan   birga   Taftish   komissiyasi   tarkibiga   aksiyador   bo‘lmagan,
biroq moliya va iqtisodiyot sohasida kasbiy ish tajribasiga ega shaxslar saylanishi
mumkin.
“Buxgalteriya hisobi va hisoboti”, “Audit”, “Moliya” yoki boshqa iqtisodiy
mutaxassisliklar   bo‘yicha   oliy   yoki   o‘rta   ma’lumot;   buxgalteriya   hisobi,   audit,
moliya yoki boshqa iqtisodiy sohalarda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish
Taftish komissiyasi a’zolariga doir malaka talablari hisoblanadi.
Taftish komissiyasi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan o‘z tarkibidan taftish
komissiyasi   raisini   saylaydi.   Taftish   komissiyasi   raisi   o‘z   faoliyati   davomida
quyidagilarni amalga oshiradi:
- Taftish komissiyasining ishini tashkil qiladi;
- Taftish komissiyasi majlislarini chaqiradi va o‘tkazadi;
- Taftish   komissiyasi   majlislari   bayonnomasini,   kompaniyaning   moliya-
xo‘jalik   faoliyatini   tekshirish   yakunlariga   ko‘ra   hisobot   va   xulosalarni,
kompaniyada   affillangan   shaxslar   bilan   tuzilgan   bitimlar,   yoki   yirik   bitimlar
mavjudligi to‘g‘risidagi xulosalarni va boshqa hujjatlarni imzolaydi;
- Taftish   komissiyasi   nomidan   Kuzatuv   kengashi   yig‘ilishlarida   va
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlarida ishtirok etadi;
- amaldagi   qonun   hujjatlarida,   aksiyadorlik   jamiyati   Ustavida,   tegishli
Nizomda va boshqa ichki hujjatlarda ko‘zda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
Taftish komissiyasi istalgan vaqtda taftish komissiyasi a’zolarining umumiy
soniga nisbatan ko‘pchilik ovoz bilan o‘z Raisini qayta saylashga haqli. Taftish


komissiyasi raisi bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini taftish komissiyasining 
a’zolaridan biri amalga oshiradi.
Taftish   komissiyasi   majlisi   bir   yilda   kamida   ikki   marta,   kompaniyaning
moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishdan oldin va tekshirishdan keyin, shuningdek
boshqa   zarur   hollarda   istalgan   vaqtda   o‘tkaziladi.   Taftish   komissiyasining
majlislari amaldagi qonun hujjatlariga, aksiyadorlik jamiyati Ustaviga va tegishli
nizomga muvofiq Taftish komissiyasi raisi tomonidan mustaqil ravishda, Taftish
komissiyasi   a’zolarining,   yoki   moliya-xo‘jalik   faoliyatini   navbatdan   tashqari
tekshirishni talab qilish huquqiga ega shaxslarning talablariga ko‘ra chaqiriladi.
Taftish   komissiyasining   majlislari   komissiya   a’zolarining   bevosita   ishtirokida
o‘tkaziladi. Kompaniya taftish komissiyasining majlisini o‘tkazish uchun taftish
komissiyasining kamida ikki a’zosi hozir bo‘lishi zarur. Taftish komissiyasining
tarkibida bir kishi qolgan taqdirda, taftish komissiyasining yangi tarkibini saylash
uchun aksiyadorlarning navbatdan tashqari yig‘ilishini chaqirishi shart. Masalalar
hal etilayotganda, taftish komissiyasining har bir a’zosi bitta ovozga ega bo‘ladi.
Taftish   komissiyasining   qarorlari   (shu   jumladan,   moliya-xo‘jalik   faoliyatini
tekshirish natijalariga ko‘ra xulosani tasdiqlash masalasi bo‘yicha qaror) Taftish
komissiyasi   a’zolarining   ko‘pchilik   ovozi   bilan   qabul   kilinadi.   Taftish
komissiyasining   qarori   taftish   komissiyasining   majlis   bayonnomasi   bilan
rasmiylashtiriladi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
- majlis o‘tkazilgan sana, vaqt va joy;
- majlisda ishtirok etgan taftish komissiyasi a’zolarining ro‘yxati;
- ovoz berishga qo‘yilgan masalalar, ular yuzasidan o‘tkazilgan ovoz berish
yakunlari (majlisda ishtirok etgan har bir taftish komissiyasi a’zosining ovoz berish
natijasini ko‘rsatgan holda);
- qabul qilingan qarorlar.
Bayonnomaga   Taftish   komissiyasi   tomonidan   tayyorlangan   xulosalar,
hisobotlar   va   boshqa   materiallar   ilova   kilinadi.   Taftish   komissiyasining   a’zosi
taftish komissiyasining qaroridan norozi bo‘lgan takdirda o‘zining alohida fikrini
majlis bayonnomasiga kiritishni va kompaniyani boshqarish organlari va (yoki)
aksiyadorlari   e’tiboriga   etkazishni   talab   qilishga   haqli.   Taftish   komissiyasining
majlis bayonnomasi majlisda  ishtirok etayotgan taftish  komissiyasining  a’zolari
tomonidan imzolanadi, ular majlis bayonnomasi to‘g‘ri rasmiylashtirilishi uchun
javobgar bo‘ladi.
Majlis   bayonnomalari,   taftish   komissiyasining   hisobotlari,   xulosalari   va
taftish komissiyasining majlis bayonnomasiga ilova qilinadigan boshqa materiallari
kuzatuv kengashiga taqdim etiladi. Majlis bayonnomalari, taftish komissiyasining
hisobotlari,   xulosalari   va   taftish   komissiyasining   majlis   bayonnomasiga   ilova
kilinadigan boshqa materiallar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi.
Taftish komissiyasining a’zolari quyidagi huquqlarga ega:
-
boshqaruv   a’zolaridan   kompaniyaning   moliya-xo‘jalik   faoliyati
to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishni talab qilish;
- aksiyadorlik   jamiyati   tomonidan   affillangan   shaxslar   bilan   aksiyadorlar
umumiy yig‘ilishi yoki Kuzatuv kengashi ushbu bitim bo‘yicha qaror qabul


qilganidan keyin amalga oshirilgan bitimni o‘rganish natijalari bo‘yicha
bayonnomalarni aksiyadorlik jamiyati boshqaruvidan talab qilish;
- aksiyadorlik jamiyati tomonidan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi yoki
Kuzatuv   kengashi   ushbu   bitim   bo‘yicha   qaror   qabul   qilganidan   keyin   amalga
oshirilgan yirik bitim bo‘yicha hujjatlarni boshqaruvdan talab qilish;
- Kuzatuv   kengashi   va   boshqaruv   a’zolaridan,   aksiyadorlik   jamiyatining
boshqa   mansabdor   shaxslari   va   xodimlaridan   qonun   hujjatlarida   belgilangan
tartibda kompaniyaning moliya-xo‘jalik faoliyati masalalari bo‘yicha og‘zaki va
yozma tushuntirishlarni talab qilish;
- Kuzatuv kengashi majlislarini chaqirishni talab qilish;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aksiyadorlarning navbatdan tashqari
umumiy yig‘ilishini chaqirishni talab qilish.
Taftish komissiyasining a’zolari majburiyatlari quyidagilardan iborat:
- o‘z majburiyatlarini halol bajarish;
- aksiyadorlik jamiyati va uning aksiyadorlari manfaatlarini ko‘zlab ish
tutish;
- moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni tegishli tarzda amalga oshirish;
- moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha hisobot va
xulosalarni o‘z vaqtida tayyorlash;
- boshqaruv   a’zolaridan   moliya-xo‘jalik   faoliyati   to‘g‘risidagi   hujjatlarni
taqdim qilishni yozma shaklda so‘rash;
- boshqaruv   a’zolaridan   affillangan   shaxslar   bilan   bitimlari   va   yirik
bitimlarini o‘rganish bayonnomalarini taqdim qilishni yozma shaklda so‘rash;
- amaldagi qonunchilikka rioya qilish;
- kompaniya faoliyati to‘g‘risidagi maxfiy axborotni oshkor qilmaslik.
Taftish   komissiyasining   a’zolari   qonun   hujjatlariga   muvofiq   boshqa
majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Taftish   komissiyasining   a’zolari   aksiyadorlik   jamiyatlari   va   uning
aksiyadorlari   manfaatlarini   ko‘zlab   ish   tutishlari   zarur.   Taftish   komissiyasining
a’zolari o‘z majburiyatlarini tegishli tarzda bajarmaganliklari uchun belgilangan
tartibda javobgar bo‘ladilar.
Taftish   komissiyasining   a’zolariga   aksiyadorlar   umumiy   yig‘ilishining
qaroriga ko‘ra ular o‘z vazifalarini bajarib turgan davr uchun haq to‘lanishi va
(yoki)   o‘z   vazifalarini   bajarish   bilan   bog‘lik   xarajatlarining   o‘rni   qoplanishi
mumkin.   Taftish   komissiyasi   a’zolariga   to‘lanadigan   haq   va   to‘lovlarning
miqdorlari   kuzatuv   kengashi   tavsiyasiga   ko‘ra   aksiyadorlar   umumiy   yig‘ilishi
qarori bilan belgilanadi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish