Ro`yxatga olindi: №


 Aksiyadorlik jamiyatlarining afzalliklari va kamchiliklari



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/215
Sana14.01.2022
Hajmi1,74 Mb.
#360012
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   215
Bog'liq
Ro`yxatga olindi ¹

3.2. Aksiyadorlik jamiyatlarining afzalliklari va kamchiliklari
Aksiyadorlik   kompaniyalari   faoliyatining   rivojlanib   borishi   mulkdorlar
(aksiyadorlar)ning guruhlanishiga olib keldi. Bunda biznesga boshqa mulkdorlar
aralashuvining oldini olish maqsadida yopiq tarzda aksiyadorlar guruhining amal
qilishi   natijasida   yopiq   aksiyadorlik   kompaniyalari   shakllandi.   Aksiyalar   oldi-
sotdisi orqali daromad olish imkoniyatining yuzaga kelishi esa ochiq aksiyadorlik
kompaniyalari faoliyatiga asos bo‘lib xizmat qildi va bunda kompaniyaning o‘zi
ham qo‘shimcha aksiyalar joylashtirish orqali qo‘shimcha moliyaviy resurslar jalb
qilish imkoniyati tug‘ildi.
Umumiy   holda   aksiyadorlik   jamiyatlarining   afzalliklari   sifatida
quyidagilarni keltirish mumkin:
Birinchidan,   aksiyadorlik   jamiyatlari   aksiyalar   chiqarish   orqali   qisqa
muddatda katta miqdorda pul mablag‘lari jalb qilish va bu o‘z navbatida keng
ko‘lamli   biznes   faoliyatini   yuritish   imkonini   beradi.   Bunda   ustav   kapitali   va
aksiyadorlar soni bo‘yicha yuqori chegaralar mavjud emasligi ham cheklanmagan
sonda aksiyadorlar birlashuviga imkon berishini alohida qayd etib o‘tish lozim.
Ikkinchidan, aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan katta miqdorda kapital jalb
qilinishi   o‘z   navbatida   fan-texnika   taraqqiyoti   yutuqlarini   keng   miqyosda   joriy
etish imkonini beradi.
Uchinchidan,   aksiyadorlik   jamiyatlari   bir   birlik   mahsulotga   xarajatlarni
pasaytirish,   xomashyo   va   materiallarning   yirik   zahirasiga   egalik   qilish,   qulay
shartlarda (foizlarda) qisqa va uzoq muddatli kreditlar jalb qilish, keng ko‘lamli
difersifikatsiyalangan   innovatsion  ishlab  chiqarishni tashkil  etish  bo‘yicha  keng
imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
To‘rtinchidan,   bozor   ishtirokchilari   uchun   aksiyadorlik   jamiyatlari
faoliyatining   ochiqligi   aksiyalar   chiqarish   bilan   birga   turli   qarz   munosabatini
anglatuvchi   qimmatli   qog‘ozlar   chiqarish   orqali   ham   kapital   jalb   qilish
imkoniyatini taqdim etadi.
Beshinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarining mulki to‘liqligicha aksiyadorlar
mulkidan ajratilgan. Aksiyador o‘zi uchun ma’qul risk darajasini o‘zi belgilaydi va
bankrotlik holatida aksiyaga kiritgan kapitalini yo‘qotadi.
Oltinchidan,   istalgan   aksiyadorning   jamiyatdan   chiqishi,   aksiyadorlik
jamiyati   faoliyatining   to‘xtatilishiga   olib   kelmaydi,   shuning   uchun   tadbirkorlik
faoliyatini   tashkil   etishning   boshqa   shakllariga   nisbatan   taqqoslaganda   faolit
davomiyligi uzoq hamda chegaralanmagan bo‘ladi.


Ettinchidan,   birlashgan   kapitalni   boshqarish   professional   asosda   amalga
oshiriladi.
Bizga   ma’lumki,   rivojlangan   bozorlarga   ega   davlatlar   kompaniyalar
aksiyadorlik kapitaliga mablag‘lar jalb qilish imkonini beruvchi yuqori darajadagi
ichki   investitsion   imkoniyatlar   va   infratuzilmaga   ega   hisoblanadi.   Shunday
bo‘lsada, G‘arbiy Evropada aksariyat xususiy mulkdorlar (xususiy kompaniyalar)
aksiyalarni   ochiq   joylashtirishga   intilmaydilar.   Bunga   sabab   aksiyadorlik
jamiyatlari   faoliyati   bilan   bog‘liq   kamchiliklardir.   Umumiy   holda   aksiyadorlik
jamiyatlarining kamchiliklari sifatida quyidagi jihatlarni keltirish mumkin:
Birinchidan,   kapitalning   haddan   tashqari   markazlashuvi   aksiyadorlik
jamiyatlarining   tarmoq   bozorlaridagi   iqtisodiy   ustunligi   kuchayishini   keltirib
chiqaradi va ularning monopollashuvi salbiy oqibatlarga olib keladi. Kompaniyalar
tez-tez   mayda   raqobatchilarni   bozordan   chiqarish   maqsadida   bosim   o‘tkazishga
intiladi,   shuningdek   o‘zning   bozordagi   ustunligini   suiiste’mol   qiladi.   Bu   jihat
kichik biznesning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ikkinchidan,   aksiyadorlik   jamiyatining   ochiqligi   va   shaffofligi,   barcha
moliyaviy hisobotlarni e’lon qilishga majburligi uning raqobatbardoshligini saqlab
qolish uchun sezilarli darajada yuqori kuch talab qiladi.
Uchinchidan, kapitalga egalik qilishning boshqaruvdan ajratilishi mulkdorlar
tomonidan   yollanma   menejment   ustidan   samarali   nazoratni   ta’minlash   zarurati
bilan bog‘liq risklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Professional boshqaruv
tez-tez mulkdorlar boyligi va aksiya kursiga ta’sir etuvchi nizolarga olib keladi.
Bosh menejerlarning o‘z boyligini oshirish maqsadida yuqori riskli operatsiyalarni
amalga   oshirishi,   ba’zida   o‘z   mansabini   suiiste’mol   qilishi   (masalan,   qimmatli
qog‘ozlar bilan bog‘liq firibgarliklar) va boshqa holatlar inqirozli holatlarga olib
keladi.
To‘rtinchidan,   mayda   va   o‘rta   darajadagi   aksiyadorlar   odatda   ta’sirli
nazoratni   amalga   oshirish   uchun   zarur   va   etarli   darajada   axborotga   ega   bo‘la
olmaydi. Mayda investorlarning manfaatlari qanoatlantirilmasdan qolish holatlari
ko‘p uchrab turadi.
Beshinchidan,   aksiyadorlik   jamiyatlarida   qaror   qabul   jarayoni   murakkab
hisoblanadi.   Strategik   masalalar   bo‘yicha   ijroiya   organ   direktorlar   kengashi   va
aksiyadorlarning   roziligini   olishi   lozim,   buning   uchun   esa   umumiy   yig‘ilish
chaqirish talab etiladi.
Oltinchidan,   kompaniya   aksiyalarining   erkin   muomalasi   uning   boshqa
kompaniyalar   tomonidan   qo‘shib   olinishi   yoki   uning   ustidan   nazoratning
almashinuviga imkoniyat yaratadi.
Ettinchidan, ochiq bozorga chiqish katta miqdordagi xarajatlarni talab qiladi.
Aksiyalarni   birlamchi   ochiq   joylashtirish   (IPO)   to‘g‘risida   qaror   qabul   qilish
vaqtida   kompaniya   operatsiyani   o‘tkazish   rejalashtirilayotgan   birjaning   barcha
listing talablarini o‘rganishi shart.
Sakkizinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarida foydani ikki marta soliqqa tortish
kuzatiladi. Ya’ni hisobot davrida erishilgan foydadan yuridik shaxslar foyda solig‘i
(rivojlangan davlatlarda korporativ soliq) undiriladi. Shuningdek soliqlar


to‘langandan keyingi foyda aksiyadorlar o‘rtasida dividend tarzida taqsimlanganda
ikkinchi   marta   soliqqa   tortiladi.   Mazkur   jihat   jahon   amaliyotida   aksiyadorlik
jamiyatlari faoliyatidagi o‘ziga xos kamchilik sifatida tilga olinadi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish