Ro’yxatga olindi: n 2021-yil “ ” «tasdiqlayman»


Ming kishi hisobiga tоʻgʻri keladigan talabalar soni jihatidan Оʻzbekiston kоʻpgina rivojlangan mamlakatlardan oldinda turibdi



Download 3,16 Mb.
bet8/103
Sana19.02.2022
Hajmi3,16 Mb.
#457606
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   103
Bog'liq
2 5371081960582025470

Ming kishi hisobiga tоʻgʻri keladigan talabalar soni jihatidan Оʻzbekiston kоʻpgina rivojlangan mamlakatlardan oldinda turibdi.
Bu xulosalar mоʻ’tabar minbarlardan turib, dissertatsiyalarday raportlarda va ma’lumotnomalarda kоʻp takrorlangan. Xоʻsh, bu gaplarning zaminida qanday ma’no bor? Iqtisodiyotimiz biryoqlama tarzda, faqat xomashyo etishtiradigan holga tushib qolganini va kompleks rivojlanish yоʻliga, aholi ehtiyojlarini qondirishga оʻtkazilmaganini qayd etishga tоʻgʻri keladi. Sanoatda tayyor mahsulotning ulushi bor-yоʻgʻi 50 foizni tashkil etadi, qishloq xоʻjaligi mahsulotining 80 foizdan kоʻprogʻi mutlaqo qayta ishlanmasdan, respublika tashqarisiga chiqarilmokda. Respublikadan olib ketilayotgan mahsulotning uchdan ikki qismi xomashyo, materiallar va chala tayyor materiallar ekanligining оʻzi ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilishidagi chuqur nomutanosiblikdan darak beradi.
Respublikaga keltirilayotgan tovarlarning 60 foizi esa mashinalar, asbob-uskunalar, engil sanoat va oziq-ovqat sanoati mahsulotlaridir.
Gʻalati bir vaziyat vujudga kelmokda. Respublika juda qimmatli xomashyo - paxta, nitron, kaprolaktam ishlab chiqarayotgan bir paytda ularni qayta ishlashdagi sayozlik, texnologiya zanjiri nihoyasiga etkazilmagani oqibatida ayni shu xomashyodan ishlab chiqariladigan gazlama, sun’iy tola va tayyor mahsulotlarni chetdan keltirishga majbur bоʻlmoqda” 5.





2.3-rasm. Sobiq Ittifoq tarkibida Оʻzbekistonning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy kоʻrsatkichlari darajasi

Ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari: sogʻliqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha bolalar muassasalari juda ogʻir ahvolda bоʻlib, maktab va kasalxonalarning 60 foizi nobop binolarda joylashtirilgan. Bu esa оʻsha davrda insonning har tomonlama uygʻun kamol topishi, uning shaxs sifatida ma’naviy rivojlanishi u yoqda tursin, kоʻpincha yashash uchun kerak bоʻlgan eng oddiy narsalar ham etishmaganini kоʻrsatadi.


Bunday ogʻir ahvolning vujudga kelish sabablari sifatida quyidagilarni kоʻrsatish mumkin:
- 30-yillarning boshlarida iqtisodiyotga rahbarlik qilishning ma’muriy-buyruqbozlik usullariga zоʻr berilib, Оʻzbekistonni, uning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishga yaroqsiz yondashuvlarning tobora kuchayib borishi;
- respublikaga asosan xomashyo bazasi, Sobiq Markazdagi sanoat vazirliklari va idoralarining mоʻmay xomashyo manbai sifatida qarab kelinishi;
- оʻlkaning mahalliy, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga ba’zan etarlicha, ba’zan mutlaqo baho berilmagani, ba’zan esa bu xususiyatlarning pisand ham qilinmagani;
- iqtisodiy va ijtimoiy sohani kompleks, jadal rivojlantirishning, umumittifoq mehnat taqsimotida Оʻzbekistonning mavqei va оʻrnini оʻzgartirishning muqobil yоʻllari e’tiborga olinmagani.

2.Qatagʻonlikning navbatdagi yangi bosqichi 80-yillarga tоʻgʻri keldi. Bu qatagʻonlik sovetlar hukumatining yana bir navbatdagi nayrangi bоʻlib, «Оʻzbek ishi», «paxta ishi», «Оʻzbek mafiyasb», «qоʻshib yozish» kabi izohli lugʻatimizga mustamlakachilar tomo­nidan kiritilgan yangi sоʻzlar bilan bogʻliq. «Оʻzbek ishi,-deb yozadi Оʻtkir Hoshimov-30-va 50-yillardagi qatagʻonlarning mantiqiy davomidir. Sovet siyosati har 10-15-yilda kalla olib turmasa kоʻngli joyiga tushmagan. Tоʻgʻri, оʻsha paytlar Оʻzbekistonda qоʻshib yozishlar, poraxоʻrliklar bоʻlgan. Buni inkor qilmaymiz. Ammo bun­day harakatlar butun sobiq Ittifoqda avj olgan edi. Unday bоʻlsa, nima uchun markaz ayni Оʻzbekistonni tanladi, degan savol tugʻiladi. Bu­ning sababi oddiy. Biz anchagina loqaydmiz, darrov qovusha qolmaymiz»6.


Ittifoqda rahbarlik lavozimini YU.Andropov egallagan, davrda mamlakatda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qоʻyish siyosati qattiqqоʻllik bilan olib borildi. Kоʻp yillar DXQni boshqargan bu shaxs, оʻz tajribasidan kelib chiqqan holda, mamlakatda tobora chuqurlashayotgan inqiroz sabablarini rahbar kadrlar faoliyatiga bogʻladi. KPSS MQning 1983 yil iyundagi plenumining birinchi ish kunida KPSS MQning kotibi K.Chernenko qilgan ma’ruzada ham jamiyatdagi poraxоʻrlik illatlarining asosiy sabablarini “biron-bir xodimning xatolaridan, rivojlanishning aniq muammolaridan va qiyinchiliklaridan” qidirish lozimligi ta’kidlandi7. Bosh kotib Yu.Andropov ma’ruzasida esa ideologiya frontidagi asosiy vazifalar belgilab berildi.
Sobiq Ittifoq rahbarlari Sovet davlatini qamrab olgan inqiroz holatlarini mavjud tuzum negizida emas, balki yuzaga kelgan salbiy illatlarda deb, Оʻzbekistonni tajriba-sinov maydoni sifatida tanlab olib, tarixda “paxta ishi”, keyinchalik “оʻzbeklar ishi” deb nomlangan siyosiy kampaniyani boshlab, aslida butun yurtimiz xalqiga qarshi qatagʻonni amalga oshirishga kirishgani “Оʻzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobida kоʻplab dalillar orqali kоʻrsatib beriladi.
SSSR Fanlar akademiyasi olimlari оʻtkazgan hisob-kitoblarga kоʻra, aslida qоʻshib yozishlar butun mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotning 3 foiziga teng bоʻlgan. Xomashyo etkazish sohasida esa qоʻshib yozishlar 5 foizdan 25 foizgacha bоʻlgan8. Masalan, 1983 yilda Ozarbayjonda 667 ta sanoat korxonasi va qurilish tashkilotida qоʻshib yozishga yоʻl qоʻyilgan. Moldaviyada esa qоʻshib yozishlar nihoyatda avj olgan9.
1983 yil sentyabrda SSSR Bosh prokurori A.Rekunkov topshirigʻiga kоʻra, SSSR Prokuraturasining alohida muhim ishlar bоʻyicha tergovchisi T.Gdlyan boshchiligida mamlakatning turli mintaqalaridan tоʻplangan 200 kishidan iborat tergov guruhi tuzilib, Оʻzbekistonda faoliyat boshlaydi10.
«Оʻzbek ishi» degani nima оʻzi va qachon paydo bоʻldi. Bu «ish» aslida 80-yillarda Оʻzbekiston Davlat Xavfsizlik Qоʻmitasi (DXQ)ning raisi bоʻlib ish­lagan Melkumov (millati arman) bilan Оʻzbekiston KP MQning birinchi kotibi Sh.Rashidov оʻrtasidagi оʻzaro kelishmovchiliklardan boshlangan. Оʻsha kezlarda Buxoro viloyati BXSS boshligʻi Muzaffarov va Buxoro shahar savdo idorasining direktori Qudratovlarning poraxоʻrligiga taalluqli ma`lumotlar DXQda bo`lgan. Bu shaxslar Buxoro viloyati firqa qоʻmitasining birinchi kotibi A.Karimov himoyasida bo`lgan va unga «oshirib» turishgan. A.Karimov esa оʻz nav­banda Sh.Rashidov bilan yaqin aloqada bo`lgan. Shu bois Melkumov va uning gumashtalari оʻz oldilariga Muzaffarov va Qudratovni fosh qilish orqali A.Karimovga chiqish va sоʻngra u orqali Sh.Rashidovni «nishonga» olishni mоʻljallab harakat qilganlar. 1983-yilda Buxoroda ilgaridan оʻylab rejalashtirilgan va amalga oshirilgan «operatsiya» tu­fayli Muzaffarov va Qudratovlar qamoqqa olindilar. Ular xalqqa ma`lum bo`lgan birinchi оʻzbek millionerlari bоʻlib chiqdi. Bu ish darhol Moskvaga oshirildi va markazda ana shu tariqa «оʻzbek ishi» paydo bоʻldi.
SSSR Prokuraturasining tergov qismi boshligʻi G.P.Karakozov darhol tergov guruhi tuzib, unga boshqa bir armani-T.X.Gdlyanni rahbar qilib tayinladi. Tergovchilar guruhiga kiritilgan vakillarining deyarlik hammasi Gdlyan bilan yaqin va hamtovoq bo`lgan shaxslar edi.
«Paxta ishi», «qоʻshib yozishlar» masalasi ham aslida 1983-yilda boshlangan. ОʻzKompartiya MQning XVI plenumi va unda Inomjon Usmonxоʻjayevning Markazdan Оʻzbekistonga kadrlar bilan «yordam berish»ni sоʻrab qilgan murojaatidan sоʻng bu ish avj oldi. Оʻzbe­kistonga yuzlab, minglab kadrlar yuborildi. Bu «kadrlar desanti» tarkibida оʻzbek xalqi, turkiylar va musulmonlarga qalbida nafrat va shovinizm gʻoyalari burqsib turgan jallod-fashistlar kоʻp edi. Bular Anishev, Ogaryuk, Klepikov, Satin, Nesterenko, Buturlin, O.Gaydanov, E.Didorenko, Lyubimov, Ivanov, Galkin, Kartashyan va boshqalardir. «Paxta ishi» bоʻyicha juda kоʻp guruhlar tashkil qilindi. «Barcha Konstitutsiyaga kоʻra Оʻzbekiston suveren davlat sanalsa ham uning prokurori, respublika rahbariyati bilan maslahatlashilmagan holda SSSR Bosh prokurori tomonidan tayinlanardi».
Qisqa muddat ichida Оʻzbekiston SSR prokuraturasining eng yuqori, eng muhim lavozimlaridan tortib, oblast, rayon prokurorlarigacha Markazdan doimiy ishlashga yuborilgan vakillar bilan almashtirildi. Оʻzbekistonga tashlangan bu «sotsialistiq desant»ning soni esa yuzdan ortiq edi.
1984-yilda Оʻzbekiston SSR prokurori, uning muovinlaridan uchtasi, eng katta boshqarmalarning boshliqlari lavozimlariga Markazdan kelgan odamlar qоʻyildi. Bu bilan cheklanilmasdan, asta-sekin oblast darajasidagi prokurorlar-Buxoro oblasti prokurori (Matyushov G.N) Samarqand oblasti prokurori (Yeremenko V.I.), Xorazm oblasti prokurori (Titarenko A.D.), Navoiy oblasti prokurori (Suxaryev A.P.) Surxandaryo oblasti prokurori (Jetkov V.M), Qoraqalpogʻiston ASSR prokurori (Donsov V.V.) va Toshkent shahar prokurori (Fillipenkov G.P) ham Moskva tomonidan yuborildi. Keyingi bosqichda esa rayon prokurorlari lavozimi ham «mehmonlar» uchun bоʻshatildi11.
Ana shunday «mehmonlar» Respublika Ichki ishlariga ham joylashtiriladi. Оʻsha paytdagi Ichki ishlar vazirining оʻrinbosari general Gʻafur Rahimovnnig dalillariga kоʻra, vazirlik tarkibidagi 27 boshqarma va bоʻlimdan bor-yоʻgʻi ikkitasinigina оʻzbek millatiga mansub kishilar boshqargan. U ham bоʻlsa, xоʻjalik va tibbiyot boshqarmalari edi12.
Mahalliy xalqning «harakter va psixologiyasi»ni yaxshi bilgan jallodlar bu guruhlarga tub yerlik prokuror va tergovchilarni bosh qilib, ularga «yaxshi konsultatsiya»lar berdilar va shu tariqa оʻz sopini оʻzidan chiqardilar. Yuqori saviyada «maslahat va konsultatsiya» olgan guruh a’zolari amaliy ishga tushib ketdilar. Ular 70-80-yillarda mam­lakatda keng tus olgan qоʻshib yozishlar bоʻyicha jinoyatchilarni aniqlab berishlari kerak edi. Haqiqatdan ham shu yillarda paxta, chorva va boshqa sohalar bоʻyicha qоʻshib yozishlar davlat rejalarini sun’iy ravishda bajarish usuli bоʻlibgina qolmay, million sоʻmlab davlat va jamoat mablagʻlarini suiiste’mol qilish va talon-taroj etish bilan bogʻliq bоʻlib, hamma yerda poraxоʻrlik avjiga mingan edi. Bun­day qоʻshib yozishlar poraxоʻrliklarning asosiy ilhomchisi va tashkilotchisi Moskovning оʻzi bоʻlib, respublika, viloyat, tuman rahbar­lari, davlat xоʻjaligi direktorlari, jamoa xоʻjaligi raislari, paxta tay­yorlash korxonalari va paxta tozalash zavodlari rahbarlari bu ish bilan bogʻliq edilar. Ular asosli ravishda jinoiy javobgarlikka tortildilar va sudlandilar. Shu bilan bir qatorda, qоʻshib yozishlarga bevosita aloqador bоʻlmagan, bu ishga ongsiz suratda yoki tasodifan оʻralashib qolgan, rahbarlarning ta’siri va tazyiqi ostida qоʻshib yozishlarga, noiloj qоʻshilib qolgan, undan hech qanday moddiy manfaatdor bоʻlmagan yuzlab va minglab gunohsiz kishilar ham jabr kоʻrib, aziyat chekdilar. «Оʻzbeklar ishi», «Paxta ishi» bоʻyicha qancha odamning qamoqqa olinganligi tоʻgʻrisida turlicha ma’lumotlar bor. Ba’zi manbalarda 22 ming, boshqasida 30 ming, hatto 48 ming13 odam hibsga dinganligi kоʻrsatiladi. «Оʻzbeklar ishi» ayni quturgan va avjiga chiqqan paytda ОʻzKP MQning birinchi kotibi l.Usmonxоʻjayev, yozuvchilar bilan uchrashuvda respublikada qоʻshib yozish va porahоʻrlik avj olib ketgani tufayli yigirma uch ming kishi qamoqqa oling:anini aytgan edi. Shu damlarda Kompartiya fidoyisi оʻzining ham taqdiri yaqin kelajakda ne ahvollarga tushajagini albatta tasavvur ham qilia olmagan, albatta. Chunki l.Usmonxоʻjayev Qomfirqaning sоʻzsiz irtotkor qоʻgʻirchoq rahbari sifatida ОʻzKP MQning IV plenumida sоʻziab «1986-yilda rahbar xodimlardan salkam 750 kishi. shu jumladan 8 obkom sekretari, shahar, rayon partiya komitetlarining 10 sekretari, shahar rayon partiya komitetlarining 10 sekretari, shahar va rayon ijroiya komitetlarining 40 raisi, ministrliklar va idoralarning 18 rahbari.»ni almashtirganligi bilan kоʻkrak kergan edi. Xullas necha ming odam qamoqqa olinganligidan qat’i nazar оʻzbek xalqi boshiga 80-yillarda ommaviy kulfat tushgan edi. Gdlyan va Ivanovlar guruhi O`zbekistonda bilgan va bilmagan barcha noma’qulchiliklarni qildilar. 70-80-yillarda Оʻzbekistonda Kompartiya va sovetlar hukumatining I.Usmonxоʻjayev, Xudoyberdiyev, Aytmurotov, Salimov, R.Abdullayeva, Tursunov, Musaxonov, Yahyoyev, Norov, Sattorov, B.Rahimov. A.Karimov, X.Norbоʻtayev singari rahbarlari qamoqxonalarda mislsiz qiynoq va azoblarga solindilar.
Insoniylik qiyofasini yоʻqоʻlgan Gdlyan boshliq vahshiylar guruhi mahbuslarni sоʻroq qilish davomida hatto fashistlar ham yetti uxlab uishiga kirmagan dahshatli, eng qaltis va ta’sirli usullarni ishga solganlar: «Hozir bolalaringni qamoqqa tiqamiz, retsedevistlar xotiningni zоʻrlaydi, qizingni badnom qiladi, sen esa eshikdan tomosha qilib turasan» kabi. Yaxshisi mahbuslaming ba’zi bir deganlariga e’tibor qarataylik. Sobiq militsiya general-mayori (u Nijniy Tagil qamoqxonasida saqlangan) Xushvaqt Norbоʻtayevning arzonmasidan: «Hech natija chiqmaganidan keyin meni 3-hibsxonaga-оʻta xavfli jinoyatchi Sayfulin Shavkat, muttaham Gʻafurov Oqil (laqabi «Doktor»), qartaboz Igorlar ichiga qоʻshib qоʻyishdi. Odamiy qiyofani yоʻqоʻlgan bu unsurlar odam bolasi bardosh bera olmaydigan azob-uqubatli usullarni оʻylab topisharadi, bu haqorat, kaltaklashlar, hatto fashistlar оʻylab topmagan odamga оʻz axlatini yedirish, erkaklik nomusiga zоʻrlik qilish, ogʻzingdagi ovqatni tortib olish. Kimga nola qilasan, kimdan yordam sоʻraysan, xudodan boshqa. Bu aytganlarimga, ehtimol, ishonishmas, lekin baribir hammasi rost, hammasi shunday bоʻlgan, 90 yoshga kirgan otam bolalarim haqqi-hurmati, hammasi rost.
Yana bir kuni Gdlyan ovi baroridan kelgan yirtqichdek xursand bоʻlib, ikki qоʻlini ishqalar ekan: «Bilishimcha qizing juda ketvorgan emish, Qarshilik bezorilarga «hadya» etsam mendan hursand bоʻlishar-a, nima deysan» dedi. Bunday tahqirlarga qanday ota bardosh bera oladi-ua!»14. Birgina Inomjon Buzrukovichning ishi yuzasidan uning qarindosb-urugʻlaridan 23 kishi qamoqqa olingan. U bunday deydi: «Urishganda mayliydi. Lekin, qarindosh-urugʻ, xotin, bola-chaqaga azob berishsa qiyin bоʻlar ekan»15.
Inomjon Usmonxоʻjayev sovetlar sudlov organlari ishining naqadar chirkin, adolatsiz va dahshatli ekanligini fosh etib, quyidagilarni yozadi: «Tergov ham, sud ham nohaqlikdan iborat bоʻldi. Odam qiyofasidagi vahshiy tergovchilar tirik jonni emas, balki temirni ham eritishga va singdirishga qodir ekanliklarini оʻz boshimdan kechirdim. Men mana shunda birinchi bor sovet tuzumi naqadar aldoqchi ekan­ligini, uning tergov organlari оʻz muddaosi uchun har qanday vahshiylik ham qilishi mumkinligini his qildim. His qildim-u, butun umr mana shu tuzum, mana shu jamiyat, mana shu partiya uchun e’tiqod qоʻyganimga, bor hayotimni shu yоʻlda baxshida qilganimga achinib оʻkinib-оʻkinib yigʻladim. Kaltakdan bir joyingiz sinsa, buning azobi оʻtib ketadi. Lekin bir umrlik e’tiqodingiz sinsa, bunga chidab bоʻlmas ekan. Ular bilan uchrashib suhbatdosh bоʻlmagan odam buni tasavvur eta olmaydi».
Mahbuslarni tergov chogʻida kоʻz kоʻrib quloq eshitmagan qiynoq usullariga solish va vahshiyliklar qilishda SSSR prokuraturasining mas’ul xodimi Viktor llyuxinning yozishicha Kartashyan va Pirsxalava kabi tergovchilariga teng keladigani bоʻlmagan. Pirsxalava ayniqsa dahshatli bоʻlgan ekan. U Gdlyanning eng suyukli shogirdi bоʻlgan va qilgan «xizmatlari» evaziga uning yordamida amal pillapoyasidan shiddat bilan kоʻtarilib borgan. Ammo SSSR prokuraturasi «оʻzbeklar ishi» masalasini qaytadan kоʻrib, Pirsxalavani qamoqqa olish haqida hukm chiqarganida Gurjistondan xat va telegrammalar yogʻilib ketgan. Hatto Gdlyan va Pirsxalavalarni himoya qiluvchi mahsus guruhlar tuzilgan. Oxir-oqibatda Gruziya prokurori ham SSSR Prokuraturasiga norozilik maktubi yоʻllagan. Xatda prokuraturada xodimlarning majlisi bоʻlganligi va bu majlisda quyidagi qaror qabul qilinganligi aytilgan edi:
«1. SSSR Bosh Prokurori oldiga SSSR Bosh Prokurori оʻrinbosari l.l.Abramovni va boshqarma boshligʻi V.l.llyuxinni Gruziya SSR Prokuraturasi Jamoasi bilan uchrashish uchun xizmat safariga yuborish masalasi qоʻyilsin.

  1. K.A.Pirsxalava zudlik bilan qamoqdan ozod qilinsin, unga nis­batan qilayotgan jinoiy ta’qbirlar tоʻxta’lilsin.

  2. SSSR Prokuraturasi kollegiyasidan Gruziya SSR Prokura­turasining ushbu talablarini muhokama etish sоʻralsin. Bunda keltirilgan talablarning rad etilishi respublikadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni jiddiylashtiribgina qolmasdan, balki Gruziya SSR Prokuraturasi Jamoasi yigʻilishida ta’kidlanganidek, bu hoi respublika huquqni hi­moya qilish organlari tomonidan SSSR Prokuraturasi rahbarligiga qarshi bir qator norozilik harakatlarining boshlanishiga sabab bоʻlishi ham nazarda tutilsin»16.

V.Ilyuxin ushbu ma’lumotni keltirar ekan, qonuniy va haqli savolni qоʻyadi. Gurji xalq bоʻlganida оʻzbek xalqi xalq emasmi? Nima sababdan оʻn minglab, оʻttiz, qirq minglab оʻzbekni qamoqqa olishsalarda bu xalqning nafasi chiqmaydi? Buning sababi shundaki, sovetlar saltanati yillarida оʻzbeklarda millat, milliy ong, milliy vijdon, milliy birlik tushunchalari sоʻnib ketdi. «Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun» degan tushunchalardan begonalashdik, «оʻzingni bil оʻzgani qоʻy» asosiy shiorimiz bоʻldi. Faqat jigʻildonni, оʻz chоʻntagimizni оʻylaydigan bоʻlib qoldik, Оʻzbekiston hukumatichi, fuqarolarning insoniy haq-huquqlarini himoya qilish lozim bo`lgan davlat organlari, ularning rahbarlarichi? Nega ular ham Gurjiston Prokuraturasi xodimlari singari оʻz fuqarolari tоʻgʻrisida оʻylamadilar. Albatta Оʻzbekiston rahbarlari ham оʻyladilar. Faqat ular оʻz shaxsiy manfaatlarini оʻyladilar, оʻzlarining mansablari va lavozimlaridan ketib qolishdan qоʻrqib, Gdlyan va Ivanovlar singari gazandalarning kоʻnglini olishni оʻyladilar. Ularga baribir edi. Necha ming odam hibsga olinib, qirilib qatagʻon qilinsada ularning оʻzlari mansab kursisida omon qolsalar bоʻlgani, Chunki rahbar ham оʻz xalqiga munosib bоʻladi. «Qozi muttaham bоʻlsa, оʻgʻri peshgir bоʻladi», degan xalq maqoli juda tоʻgʻri aytilgan. «Argumentы i faktы» haftanomasining 1988-yil, 30-sentabr sonida bosilgan Оʻzbekiston KP MQning birinchi kotibi R.N.Nishonovning quyidagi qarorini оʻqigan har bir kimsa yuqorida qоʻyilgan qonuniy savollarga aniq javob topa oladi. Оʻzbekiston taqdiri, millat va xalq taqdiri uning qоʻliga ishonib topshirilgan mamlakatning birinchi odami nimalar bilan «faxrlangan» ekan? «Respublikada jamiyat hayotining barcha jabhalarini sogʻlomlashtirish uchun turgʻunlik davri merosiga qarshi qattiq, ogʻir kurash ketmoqda. KPSS Markaziy Komiteti keyingi tоʻrt yilda Оʻzbekistonga yuzlab tajribali kadrlar yubordi. Avvalo respublikaga shunday kоʻlamli yordam keyingi 30 yil mobaynida birinchi marta amalga oshirilganini ta’kidlamoqchiman. Yangi xodimlarning kelishi bizning chinakam baxtimiz bоʻldi. Respubhkada sоʻnggi tоʻrt yil ichida 58 ming mas’ul xodim vazifasidan bоʻshatildi. Men оʻzim shaxsan Telman Xoreonovich Gdlyan gruppasining ishini gʻoyatda ijobiy baholayman. Biz SSSR Prokuraturasining xodimlari bilan qоʻlni qоʻlga berib ish olib bormoqdamiz, ular Respublikada adolat оʻrnatish, Rashidov atrofidagi yaqin odamlarni javobgarlikka tortishda jon kuydirib ishlamoqdalar. Keskin kurash keftnoqda. Shuni rоʻy-rost aytishim kerakki, Gdlyan gmppasi respublika partiya organlari tomonidan qattiq qоʻllab-quvvatlanmaganida va har tomonlama yordam kоʻrsatmaganida edi, ular bu qadar samarali ishlay olmasdilar, albatta».
Bu misol «Оʻzbeklar ishi» Moskvaning topshirigʻi va kоʻrgazmasi bilan amalga oshirilgan bоʻlsada, uning asosiy jaholat izi va оʻzagi Оʻzbekistonning оʻzida bоʻlganligini aniq isbotlaydi.
«Оʻzbeklar ishi» kampaniyasi davrida Оʻzbekistonda xalqni talab olib ketilgan summa miqdori tоʻgʻrisida ham turlicha raqamlar tilga olingan. Jumladan Gdlyanning оʻzi Оʻzbekistondan 140 million sоʻm topdik, deb maqtangan. Keyinchalik «100» raqami noma’lum sabablarga kоʻra 40 millionga tushirilgan. Biroq bu pullar sinchiklab tekshirilganda xalqdan оʻmarilgan pul atigi 15 million sоʻm chiqqan, xolos. Qolgan pullar Оʻzbekistonda «samarali» ishlaganlarning оʻpqonlariga tushib ketgan bоʻlsa ne ajab? 80-yillarda «desantchilar guruhi» Оʻzbekistonda «paxta ishi», «оʻzbeklar ishi» bahonasida ijtimoiy hayotning deyarlik barcha sohalanga оʻz burinlarini tiqib «poklik» va «adolat» оʻrnatmoqchi bоʻldilar. Hatto ular Оʻzbekiston fani rivojiga ham «munosib hissa» qоʻshganlar. Akademik Vosil Kobulov ma’lumotlariga qaraganda Оʻzbekiston birinchi rahbarlarining yоʻl qоʻyib berganligidan foydalangan «desantchilar» respublika Markaziy Qоʻmitasida «pinhona kabinet» tuzib olgan edilar va shu kabinet tavsiyasi bilan FAning «Kibernetika birlashmasi»ni 80-yillarda tekshiraverib ilma-teshik qilib yubordilar. Tekshirish uchun esa birlashmada «iqtisodiy samara», «qoloq loyiha» va «uyemakxona» (kormush­ka) kabi masalalar asos qilib olindi. Birinchi va ikkinchi masalalardan ish chiqmadi. «Yemakxona»ning asosi ham topildi. Bu tekshirish boshlanganga qadar «Kibernetika birlashmasi»da 628 kishining17 doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilganliklari va ular aksariyatining yerli millat vakillari bоʻlganida edi. Shovinist va alchoq Anishev bilan Ogaryok akademik V.Kobulovning bunday «shakkokligi» uchun uning «kоʻzini ochib» qоʻymoqchi bоʻlganlar.
Qatagʻonlik yillarida Оʻzbekistonda sodir etilgan bunday dah­shatli vovuzliklar, adoiatsizlik va bedodliklarm оʻz kоʻzi bilan kоʻrib, unga guvoh bоʻlgan jurnalist va publitsist Komil Holmuhammad taryod soladi, qalamidan оʻt chaqnab mamlakatda bоʻlayotgan vo-qealarga оʻz munosabatini izhor etib yozadi: «tarixchilar оʻn yillardan keyin 1980-yillarning ikkinchi yarmida Оʻzbekiston jumhuriyatida yana 50-yillarning sovuq dahshatli qora kоʻlankasi kezib yurganliginu jur’at etib yozishar, lekin shu narsa aniqki, 1983-yilning sentabridan Оʻzbekistonda ish boshlagan va had-hududsiz vakolat bilan SSSR Bosh Prokurori nomidan kelgan Gdlyan va Ivanovlar оʻzbek xalqi farzandlanni, milliy kadrlarimizni qirib tashlashni asosiy maqsad qilib olishgan. Xоʻsh, butun bir xalqning taqdirini belgilashga ularga kim bunchalik huquq berdi. Axir, Оʻzbekiston Sovet Sotsialistiq Respublikasi «mustaqil suveren» respublikami оʻzi?18 Ha, hamma gap, balo va fojia yolgʻonchi Konstitutsiyada Оʻzbekistonning mustaqil, suveren respublika, amalda esa u ilgarigidek Rossiyaning hech qanday huquqqa ega bоʻlmagan mustamlaka оʻlkasi bоʻlib qolayotganligida edi. Bu nohaq berilgan qurbonlar, ona xalqimizning gunohsiz farzandlari boshlari uzra оʻynagan azob va jahannam gurzilari uchun tarix oldida, Ollohu Karim oldida kimlardir ertadir-kechdir javob berishlari kerak-ku. Оʻzbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov: «O`zbekiston jamoatchiligi оʻzining eng yaqin tarixidagi Gorbachyov, Ligachyov komandasi xalqni jilovda tutib turish, uning оʻsib kelayotgan milliy va siyosiy ongini bоʻgʻish niyatida «paxta ishi», «оʻzbeklar ishi» deb atalmish tuhmatlarni tоʻqib chiqargan, biz оʻzbeklarga turli-tuman sharmandali tamgʻalar yopishtirilgan fojiali sahifalarni hech qachon unutmaydi»19, degan edi. Xullas, ona tariximiz оʻtmishining sovetlar saltanati davri, xususan 80-yilIardagi qatagʻonlik yillari dardli, alam va motamsaro voqealarga tоʻla xal­qimizning millat sifatida qaddi bukilgan, xоʻrlangan va oyoqosti qilin­gan davridir. Kelajakdan umidi bоʻlgan inson va millat sifatida yashayman degan avlodlarimiz tariximizning yaqin оʻtmishdagi achchiq saboqlaridan hayotiy xulosalar chiqarmoqlari ham qarz ham farzdir.

Ma’lumki, оʻtgan asrning 80-yillari оʻrtalariga kelib SSSRda kuchaygan tanglik holati mamlakat hayotining barcha sohalarini qamrab oldi. KPSSning kutilayotgan natijalarni bermayotgan iqtisodiy siyosati butun ijtimoiy-siyosiy tizimning inqiroziga sabab bоʻldi20. Xalq xоʻjaligidagi tanglik holatlarining keskin suratda va shitob bilan kuchayib borishi sotsialistik tizimning tayanch negizlariga tahdid soluvchi xatarli siyosiy tanglikka оʻsib оʻtdi. Butun jamiyatda keskin, tub оʻzgarishlar qilish zarurati paydo bоʻldi. Kirib qolingan boshi berk kоʻchadan chiqib ketish yоʻllari izlandi. Nihoyat, 1985 yilning bahorida KPSS Markaziy Qоʻmitasining aprel plenumi sovet jamiyatini qayta qurish, uning barcha sohalarida tub yangilanishlar va оʻzgarishlar yasash yоʻlini e’lon qildi. Qayta qurish sovet jamiyatini rivojlantirishning ob’ektiv ehtiyoji sifatida baholandi. Qayta qurish sotsialistik jamiyat rivojining chuqur jarayonlaridan оʻsib chiqqan zarurat sifatida ta’riflandi. Qayta qurishning tarkibiy qismi jamiyat hayotini demokratlashtirish ekani belgilandi.


Lekin bularning barchasi quruq ritorika va deklaratsiya bоʻlib, hech qanday amaliy natija bermadi. Aksincha, ular sovet jamiyatining tub asoslari adolatsizlik negiziga qurilganini rivojlanishga noqobil ekanini oshkor etib qоʻydi. Agarki sovet sud-huquq tizimini oladigan bоʻlsak, u insonni himoya qiluvchi organ emas, aksincha mustabid tuzum qоʻlidagi insonlar va xalqlarni ezish quroli, repressiv mashinaga aylanib qolgan edi. Uning bunday gʻayriinsoniy mohiyati ayniqsa 80-yillarning ikkinchi yarmida Оʻzbekiston va uning xalqiga nisbatan avj oldirilgan qatagʻon kampaniyalari davrida yaqqol namoyon bоʻldi. Оʻzbekistonda paxtani terish va qayta ishlashdagi sun’iy ravishda оʻylab topilgan “оʻgʻirlik”, “qоʻshib yozish” holatlarini tergov qilish bilan markaziy prokuratura va ichki ishlar organlari maxsus shugʻullandi. “Paxta ishi” eng shov-shuvli ish sifatida butun Ittifoqqa namoyish qilindi21. Bir qator Rossiya gazetalarining zоʻr berishi tufayli “paxta ishi” “оʻzbeklar ishi”ga aylantirildi22. Оʻzbekistonga va оʻzbek xalqiga nisbatan qilingan bu adolatsizlik xalq ommasining sovetlar rejimiga nisbatan nafratini oshirdi, munosabatini оʻzgartirdi23.
3.Ittifoq tarkibiga kirgan respublikalarda оʻzlikni anglash, til, madaniyat, tarix va kelajakka teran nazar solish, inson huquq va erkinliklarini har narsadan ustun qоʻyishga bоʻlgan intilish kuchayib bordi. Xususan, Оʻzbekistonda keng munozaralarga sabab bоʻlgan muammolardan biri оʻzbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi bоʻldi. Bu muammo yuzasidan boshlangan harakat qudratli tus oldi, unda ziyolilar, talabalar va yoshlar faol ishtirok etdi. I.A.Karimov boshchiligidagi yangi rahbariyat bu masalani amaliy hal qilishga jasorat bilan kirishdi. Natijada оʻn birinchi chaqiriq Оʻzbekiston SSR Oliy Sovetining оʻn birinchi sessiyasida 1989 yil 21 oktyabrda “Оʻzbekiston SSRning Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi24. Qonunning 1-moddasining 1-qismida “Оʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat tili оʻzbek tilidir”,25 deb yozib qоʻyildi. SHunday qilib, оʻzbek tili davlat tili maqomini oldi.





Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish