Ro’yxatga olindi: n 2021-yil “ ” «tasdiqlayman»



Download 3,16 Mb.
bet10/103
Sana19.02.2022
Hajmi3,16 Mb.
#457606
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103
Bog'liq
2 5371081960582025470

Birinchidan, atmosfera havosining haddan tashqari bulgʻanayotganligidandir. Оʻzbekiston shaharlarining dcyarlik hammasida havoning ifloslanish darajasi sanitariya talablari darajasidan ancha yomonlashdi. Bu ayniqsa Оʻzbekistonning sanoat markazlarida xavfli tus oldi. Jumladan olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda havoga chiqarilayotgan zaharli gazlar Olmaliq shahri aholisining har biriga 1374 kg, Fargʻonada 676, Navoiyda 606, Angrenda 509 kilogrammdan37 tоʻgʻri kelar ekan. Andijon, Guliston, Qоʻqon, Qarshi, Toshkent, Chirchiq va boshqa shaharlar havosi eng ifloslangan shaharlardan hisoblanadi. 1990-yilda respublika aholisining har biriga hisoblaganda zaharli moddalar chiqiti 203 kilogrammni tashkil etgan. Bu zaharli moddalarning asosiy manbalari sanoat korxonalari va transport vositalaridir. Оʻzbekistonnig sanoat korxonalari har yili 1,2 million tonna, avtotransportdan 2,2 million tonna zaharli chiqindilar tarqatgan. Birgina Toshkent shahri transporti yiliga 360 ming tonnadan38 ortiq turli chiqindi gazlarni atrofga purkadi. Ular tarkibida 100 xildan ortiq za­harli moddalar mavjud edi.
Zaharlanish faqat shaharlargagina xos bоʻlmasdan Оʻzbekiston qishloqlarida ham xavfli tus oldi. Ayniqsa qishloq xоʻjaligida qоʻllaniladigan zaharli ximikatlar tabiatni xarob qildi. 1987-1990-yillarda dehqonchilik maydonlarida pestitsidlardan foydalanish har gektar yerga 19,5-24 kilogrammdan bоʻlgani holda 79-84 ming tonnani tashkil etdi. Jami bоʻlib qishloq xоʻjaligida 70 xilga yaqin turli zahar­li kimyoviy moddalar ishlatildi. E’tiborli joyi shundaki, bu zaharli kimyoviy moddalarning faqat 1 foizigina zararkunanda hasharotga ta’sir qilar ekan, qolgan 99 foizi tuproq, yer, suv, havo, оʻsimlik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini zaharlagan.
Ahvol shu darajada fojiali tus oldiki, gʻоʻzalami defoliatsiya qilish bahonasida ming-ming tonnalab zaharli ximikatlami odamlar boshi uzra samolyotlarda sepildi. Bu har qanday fashizmdan ham dahshat­li roq fojia edi.
Iqtisodiy muammolar demografik holatlarda yuzaga kelgan ahvol bilan qоʻshilib, ijtimoiy masalalarni hal etishni gʻoyat dolzarb qilib qоʻydi. Оʻzbekistonda aholining turmush darajasi sobiq Ittifoqdagi respublikalar ichida eng past bоʻlib qoldi. Ma’lumotlarga qaraganda, 1990 yilda respublika aholisi 70 foiziga yaqinining jami daromadi tirikchilik оʻtkazish uchun zarur bоʻlgan eng quyi darajadan ham past edi. Ayni paytda Rossiya va Ukrainada aholining 30 foiziga yaqinigina shunday ahvolda kun kechirgandi. Mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlash ham murakkab muammo bоʻlib qoldi39.
Qishloq xоʻjaligining ekstensiv rivojlanishi natijasida kоʻplab suv omborlarining qurilishi, umuman suv isrofgarchiligi tufayli Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolaridan Orol dengiziga quyiladigan suv nihoyatda kamayib ketdi. Oqibatda dengiz 1960 yildagi holatiga nisbatan 1990 yilda 14,5 metrga pasaydi, suvining hajmi 54 foizga qisqardi40. Suv qirgʻoqdan 70-100 km.ga chekingan joylarda bоʻronlar natijasida yiliga 50-70 ming tonnagacha tuz atmosferaga kоʻtarilgani kuzatilgan41. Orol bоʻyida ekologik ahvolning yomonlashuvi, jumladan, ichimlik suvi bilan ta’minlanishning yomonlashuvi, suvdagi minerallashuvning oshishi natijasida qishloq aholisining 87 foizi har xil kasallaklarga chalingani aniqlangan. Masalan, Qoraqalpogʻistonda ich terlama yuqumli kasalligi bilan kasallanganlar Sobiq Ittifoq darajasidan 23 barobar kоʻp bоʻlgan42. Agar Yaponiyada har 1000 nafar tugʻilgan chaqaloqdan bir yoshgacha 5 tasi yoki Kanadada 7 tasi оʻlgan bоʻlsa, bu kоʻrsatgich Оʻzbekistonda 39 tani, Qoraqalpogʻistonda esa 60 tani (1989 yilgi kоʻrsatkich) tashkil etgan43.
Ekologik inqiroz natijasida Qoraqalpogʻistondagi ayollarning 80 foizi kamqonlik kasalligiga chalingan yoki harbiy xizmatga chaqirilgan har 2 оʻspirindan biri jismonan xizmatga yaroqsiz topilgan44.
Orol dengizining qurishi juda katta iqtisodiy zarar ham keltirdi. Masalan, XX asrning 50-yillari оʻrtalarida dengizdan 244,4 ming sentner baliq ovlangan bоʻlsa, 80-yilning оʻrtalarida bu kоʻrsatgich 24,6 ming sentnerga tushib ketdi45.

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish