jadval 1984-1985 yillarda Оʻzbekistonda bolalar оʻlimi46 (Har 1000 nafar tugʻilgan chaqaloqdan bir yoshgacha оʻlgani)
Viloyatlar
1984 yil
1985 yil
Qoraqalpogʻiston ASSR
51,0
62,5
Andijon
41,6
42,6
Buxoro
51,2
49,2
Jizzax
41,7
46,7
Qashqadaryo
39,5
40,6
Navoiy
45,7
44,9
Namangan
44,1
43,3
Samarqand
52,3
50,3
Surxondaryo
56,6
55,2
Sirdaryo
37,9
41,6
Toshkent viloyati
35,3
36,4
Fargʻona
44,9
50,1
Xorazm
55,9
50,4
Toshkent shahri
31,9
33,1
Respublika bоʻyicha
45,1
46,2
1990-yil, fevral-aprel oylarida Оʻzbekiston Oliy Kengashi va Mahalliy Kengashlariga saylovlar bоʻlib оʻtdi. Bu saylovlarning ilgarigi davrdagi saylovlardan farqi shunda ediki, mamlakat tarixida birinchi marta kоʻpgina okruglarda saylovlar bir necha nomzodlar davogarligida оʻtkazildi. Ammo Оʻzbekiston Oliy Kengashiga nomzod kоʻrsatgan 500 okrugdan 174 tasida muqobil nomzodlar kоʻrsatilmadi. Saylovni tashkil etish va оʻtkazish jarayoni demokratik talablar darajasida bоʻldi, deb aytolmaymiz, nomzodi kоʻrsatilgan vakillarning hammasiga bir xil sharoit va imkoniyatlar yaratilmadi. Bu va bosha sabablar taqozosiga kоʻra saylangan nomzodlarning 95 foizini kommunistiq firqa a’zolari tashkil etdilar.
6.“Davlat tili tоʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinganidan sоʻng milliy оʻzlikni anglash, milliy davlatchilikni tiklash yоʻlida respublikada yana bir tarixiy ahamiyatga ega bоʻlgan muhim siyosiy qadam qоʻyildi. Оʻn ikkinchi chaqiriq Оʻzbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi muhim siyosiy-huquqiy hujjatni – Оʻzbekistonda prezidentlik boshqaruvini ta’sis etish tоʻgʻrisidagi qarorni qabul qildi. Shunday qilib, Оʻzbekistonda Prezident lavozimi 1990 yil 24 martda Oliy Kengashning birinchi sessiyasida ta’sis etildi. Оʻsha kuni Оʻzbekiston SSR Oliy Sovetining deputatlari respublika Kompartiyasi Markaziy Qоʻmitasining Birinchi kotibi Islom Abdugʻanievich Karimovni Оʻzbekiston SSRning birinchi Prezidenti etib sayladilar. SSSR respublikalari ichida birinchi bоʻlib Оʻzbekistonda prezidentlik boshqaruvi joriy etildi. Bu vaqtda SSSR hududida faqat SSSR Prezidenti lavozimi mavjud edi47.
1990 yil 24 mart kuni оʻn ikkinchi chaqiriq Оʻzbekiston SSR Oliy Kengashining birinchi ses-siyasida ittifokdosh respublikalar orasida birin-chi bоʻlib Оʻzbekistonda respublika Prezidenti lavozimi joriy etildi. Bu оʻrinda shuni aytish jo-izki, bundan bir necha kun oldin, ya’ni 14 mart kuni SSSR xalq deputatlarining navbatdan tashqari uchinchi s’ezdida SSSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish tоʻgʻrisidagi qonun qabul qilinib, M. Gorbachev bu vazifaga saylangan edi. Bepoyon Ittifoq hududida ikkinchi bir Prezi-dentning paydo bоʻlishini Markaz va uning rahba-riyati qanday qahr-gʻazab va ichiqoralik bilan qabul qilganini tasavvur qilish qiyin emas, albatta. Binobarin, оʻlkamizda Prezidentlik institutining joriy etilishi YUrtboshimiz tomonidan Оʻzbekistonning davlat suvereniteti va mustaqilligiga erishish yоʻlida qоʻyilgan nafaqat tarixiy qadam, balki china-kam siyosiy va ma’naviy jasorat namunasi bоʻlganini izohlab оʻtirishga hojat bоʻlmasa kerak.48 Оʻzbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov KPSS Markaziy Komitetining 1990 yil fevral va mart plenumlarining yakunlari hamda KPSS XXVIII s’ezdiga va Оʻzbekiston Kompartiyasi XXII s’ezdiga tayyorgarlik kоʻrish yuzasidan respublika partiya tashkilotlarining vazifalari tоʻgʻrisida qilgan ma’ruzasida ta’kidlaganidek, “eng muhimi shundan iboratki, Prezident institutining joriy etilishi – respublikamiz uchun suverenitet va davlatchilikda prinsip jihatdan yangi bosqichga оʻtilishini bildiradi”49. Islom Karimov оʻn ikkinchi chaqiriq Оʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 1990 yil 24 martda bоʻlib оʻtgan birinchi sessiyasida sоʻzlagan nutqida ham Prezident boshqaruvining joriy etilishi hayot taqozosi ekanini uqtirib, bunday degan edi: “Prezident boshqaruvini hayotning оʻzi, qayta qurishning mantiqi, mohiyati, uning murakkab va ziddiyatli jarayonlari taqozo etyapti”50. Оʻzbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, mamlakatda davlatni idora etishning zamonaviy va samarali shakli – prezidentlik tizimi qaror topa boshladi. Dunyo davlatchiligi taraqqiyotida davlat boshqaruvining asosan ikki shakli – monarxiya va respublika shakllari mavjud. Respublika, оʻz navbatida, parlamentar respublika va prezidentlik respublikasi kоʻrinishlariga ega. Prezidentlik respublikasi hozirgi kunda eng kоʻp tarqalgan davlat boshqaruvi shaklidir. BMTga a’zo 192 davlatdan 142 tasida Prezident51 lavozimi mavjud bоʻlib, ularning aksariyati prezidentlik respublikasidir52.
Оʻzbekiston xalqining manfaatlarini kоʻzlab I.A.Karimov tashabbusi bilan amalga oshirilgan dastlabki tadbirlarning оʻziyoq prezidentlik boshqaruvining оʻz vaqtida ta’sis etilganidan dalolat beradi. 1990 yil 20 iyunda respublika Oliy Soveti tomonidan qabul qilingan Mustaqillik deklaratsiyasi ana shunday tadbirlardan edi. Оʻn ikkinchi chaqiriq Оʻzbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan va jiddiy ahamiyatiga molik bоʻlgan mazkur hujjat deputatlar tomonidan moddama-modda, bandma-band muhokama qilindi. Mustaqillik deklaratsiyasining kirish qismida Оʻzbekistonning davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan an’analari, har bir millat оʻz taqdirini оʻzi belgilash huquqiga ega ekani ta’kidlandi. Mustaqillik deklaratsiyasi Оʻzbekistonning mustaqillikka erishishida qоʻyilgan navbatdagi muhim odimlardan biri bоʻldi.
Оʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdugʻanievich Karimov Oliy Kengashda tantanali qasamyod qildi: «Оʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidenti lavozimida ish boshlar ekanman, Оʻzbekiston xalqlariga sadoqat bilan xizmat qilishga, grajdanlar huquq va erkinliklariga kafolat berishga, Оʻzbekiston Konstitutsiyasiga qat’iy rioya etishga, zimmamga yuklangan yuksak vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman».
Оʻzbekistonda prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi tasodifiy emasdi. Chunki Оʻzbekistonda va Ittifoqning boshqa jumhuriyatlarida 80-yillarning oxirlarida kuchayib ketgan milliy uygʻonish oxir-oqibatda dunyoning eng yirik va sоʻnggi mustamlakachi saltanatlaridan biri SSSRning parchalanish jarayonini boshlab berdi. Bu borada Boltiqbоʻyi jumhuriyatlari yalovbardorlik qildilar. Markaziy Osiyo respublikalaridan farqli оʻlaroq bu jumhuriyatlarda mustaqillik masalasida kompartiya rahbariyati bilan xalq ommasi оʻrtasida mushtarak birlik qaror topdi. Bu hol albatta boshqa jumhuriyatlarga ham ta’sir kоʻrsatdi va ular birin-ketin оʻz mustaqilliklarini e’lon qila boshladilar.
7.1990 yil 21 iyulda Оʻzbekiston Oliy Kengashining 2-majlisi mamlakatning istiqboldagi taqdiri uchun gʻoyatda muhim bоʻlgan tarixiy hujjatni-Mustaqillik Deklaratsiyasini qabul qildi. Bu tarixiy hujjatda shunday yozilgan edi: «Оʻzbekiston bugun оʻz hududiga mutloq ega va unda yagona hukmron emasligini tan olib, tashqi muloqotlarda mustaqillik huquqidan mahrum ekanligini e’tirof etib, jumhuriyat xalqining tub manfaatlari, uning erki va irodasini ifodalab, hokimiyat manbai xalq ekanligini e’tirof etib, xalq taqdiri va mulkiga egalik huquqi faqat uning оʻzigagina berilganligini qayd etib taraqqiyot yоʻlini tanlash faqat xalqning ixtiyorida ekanligini ta’kidlab, xalqaro huquq qoidalari, umuminsoniy qadriyatlar va demokratik printsiplariga asoslanib, Jumhuriyat Oliy Kengashi Оʻzbekistonni suveren davlat deb e’lon qiladi:»
Оʻzbekiston suveren davlati
-оʻz hududining barcha tarkibiy qismlari-er, suv, havo, er usti, er osti boyliklariga va ulardan olinadigan barcha mahsulotlariga mutloq egadir;
-оʻz hududining barcha tarkibiy qismlarida-er osti va er ustida, suvda, havoda-mutloq hukmrondir:
-siyosiy va iqtisodiy sistemalarining tarkibi va tuzilishini xalq manfaati va ehtiyojidan kelib chiqib-оʻzi belgilaydi;
-suveren huquqlarini amalga oshirish uchun zarur bоʻlgan barcha qonun va farmonlarni оʻzi ishlab chiqadi va ularning ijrosini оʻzi tashkil qiladi;
-barcha tashqi aloqalarni оʻzi оʻrnatadi;
-fuqarolik masalalariga oid qonunchilikni оʻzi aniqlaydi;
-aholisi tarkibidagi millatlar va elatlar bilan munosabatda ularning teng huquqliligi va оʻz taqdirini оʻzi belgilashi printsipiga amal qiladi».
Albatta Оʻzbekistonda Prezidentlik boshqaruvining joriy qilinishi, kоʻp vaqt оʻtar-оʻtmas Mustaqillik Deklaratsiyasining e’lon qilinishi respublika hayotida mislsiz tarixiy voqealar edi, amalda bu bizdagi ma’naviy mustaqillikni bildirdi. Оʻzbekistonda kechayotgan bunday voqealarga Markaz M.S.Gorbachyov boshchiligida albatta befarq qaramasligi har kimsaga ham ayyon edi. Binobarin Moskva Оʻzbekistondagi bunday «оʻzboshimchalik»lardan tashvishda edi va uni tezda «jilovlab» qоʻyish chorasini izlamoqda edi. Vaziyat shu darajada keskin tus oldiki, M.S.Gorbachyov Оʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovni «оʻtaketgan amalparast» deb atadi va undan qutilish uchun taz’yiq оʻtkazishning barcha choralarini ishga soldi. Islom Karimovning оʻzi bu haqa shunday degan edi: «1990 yilning 26 martida Оʻzbekiston Oliy Soveti Prezidentlikni joriy etdi va meni shu lavozimga sayladi. Shundan sоʻng men Moskvaga SSSR Davlat Kengashi yigʻilishiga keldim. Gorbachyov meni Оʻzbekiston Prezidenti deya piching, haqoratomuz sоʻzlar bilan Kengash a’zolariga tanishtirdi va tartibga solib qоʻyishga va’da berdi. Bu erda u prezidentlikni bekor qilishni nazarda tutdi. Men unga shunday javob berdim: «Agar suhbat shunday davom etadigan bоʻlsa, men Kengashni tashlab ketaman. Sоʻng Moskva har qanday yоʻl bilan bоʻlsa ham meni olib tashlashga urindi, ammo hech narsaga erisha olmadi. Kuchlar endi boshqacha edi. Meni qоʻllab-quvvatlagan xalq ham boshqacha fikrlay boshlagandi»1.
Markaziy Hukumat Оʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga harakat qildi, bu mintaqada ham Ozorbayjon va Armaniston, Gurjiston va Abxaziya, Moldova va Pridnistrovedagi qonli fojealarni keltirib chiqarmoqchi bоʻldi. Qirgʻizistonning Оʻsh, Оʻzgan va Jalolobod muzofotlaridagi millatlararo qonli nizolar bu fikrni ochiq-oydin tasdiqladi. Faqat Оʻzbekiston rahbariyatining, birinchi navbatda Prezident Islom Karimovning siyosiy jasorati, kurashchanligi, оʻta tadbirkorligi, оʻzbek xalqining donoligi, sabr-toqati, va andishaliligi, bu qonli voqealarning davlatlararo fojea alangasi tusini olishiga yоʻl bermadi, mustamlakachilarning qora va razil niyatlari amalga oshmadi.
Оʻzbekiston hukumati Mustaqillik Deklaratsiyasi asosida 1990 yilda dadillik bilan respublika manfaatlaridan kelib chiqqan holda bir qator tadbirlar majmuasini amalga oshirdi. «Оʻzbekiston SSRdagi ijro etuvchi va farmoyish beruvchi hokimiyat tuzilmasini takomillashtirish va Оʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy qonuni)ga оʻzgartirishlar va qоʻshimchalar kiritish tоʻgʻrisida» (noyabr)gi qonun, «Er tоʻgʻrisida»gi (iyul) qonun, Оʻzbekiston Prezidentining respublika fuqarolariga yakka tartibda turar-joy qurish va shaxsiy tomorqa xоʻjaliklari uchun er uchastkalari ajratish tоʻgʻrisidagi, ahaoli punktlarini gazlashtirish, maktablar, hunar- texnika оʻquv yurtlari, keyinchalik esa, oliy оʻquv yurtlari talabalarining ovqatlanish uchun beriladigan imtiyozlarni saqlab qolish tоʻgʻrisidagi farmonlari, Vazirlar Mahkamasining paxta hom ashyosi, boshqa turdagi dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining xarid narxlarini kоʻp martalab oshirish tоʻgʻrisidagi, shuningdek qishloq xоʻjaligidagi mehnatga tоʻlanadigan haqni oshirish tоʻgʻrisidagi qarorlari va boshqalar ana shular jumlasiga kiradi.
8.1991 yilga kelib sobiq Ittifoqda millatlararo munosabatlar shu darajada keskin tus oldiki, SSSR batamom parchalanish xavfi kоʻzga yaqqol tashlanib qoldi. Bu davrda Litva, Latviya, Estoniyadan sоʻng Gruziya va Ozarbayjon xalqi оʻz davlat mustaqilligini e’lon qilgan edi. Mana shunday ogʻir bir paytda markaz SSSR saqlab qolish niyatida ayyorlik bilan turli xildagi tuzoqlarni ishlab chiqmoqda edi. Ana shunday tuzoqlardan biri 1991 yil aprelida Moskvaga yaqin-Novo-Ogorova degan joyda SSSR Prezidenti va 9 ta ittifoqchi jumhuriyatlar rahbarlari imzolagan bitim edi. Bu bitim «mamlaktdagi vaziyatni barqarorlashtirish va inqirozni engishga doir kechiktirib bоʻlmaydigan chora-tadbirlar tоʻgʻrisida qоʻshma bayonot» deb ataladi. Bu bayonot «9+1» (tоʻqqizta respublika va 1markaz) degan nom oldi. Ammo bu bayonot ham bajarilmadi va quruq qogʻozda qolib ketdi. Mana shunday sharoitda KPSS Markaziy Komiteti va Sovetlar hukumatining bir guruh rahbarlari 1991 yil 19-21 avgustda Moskvada davlat tоʻntarishi tayyorladilar. Ularning asl maqsad-muddaolari mamlaktda harbiy diktatura оʻrnatish va zоʻrlik vositasi bilan SSSRni saqlab qolishdan iborat edi. Natija esa teskari yakunga olib keldi. Tarixga GKChP nomi bilan kirgan davlat tоʻntarishi voqeasi dоʻnyodagi sоʻnggi mustamlakachi saltanat-SSSRning batamom parchalanishini tezlashtirgan asosiy omil sifatida xizmat qildi.Shunday qilib 74 yil umr kоʻrgan qizil mustamlakachi saltanat erk va milliy ozodlik kurashlari ta’siri ostida parchalandi va tarix sahnasidan tushib ketdi.
Mustaqil Davlatlar Ittifoqini tuzishga intilish. 1991-yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S. Gorbachovning 9 respublika – RSFSR, Ukraina, Belorussiya, Оʻzbekiston, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston rahbarlari bilan uchrashuvi bоʻldi. Ishtirokchilar tomonidan «Mamlakatdagi vaziyatni va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bоʻlmaydigan choralar tоʻgʻrisida» qоʻshma Bayonot imzolandi. Bu hujjat «9+1» (9 respublika + Markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kievda bildirilgan fikr-mulohazalarga rozi bоʻlganini kоʻrsatadi. 1991-yil 3-iyunda Novo-Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari оʻrtasida uchrashuv bоʻldi. Uchrashuvda Mustaqil Davlatlar Ittifoqi (MDI) tuzish masalasi muhokama qilindi.
Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi tоʻgʻrisida keskin munozara bоʻldi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosan inobatga olingan «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi tоʻgʻrisida shartnoma» loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha barcha Respublikalar Oliy Sovetlariga muhokama uchun jоʻnatildi. Mazkur shartnoma loyihasi Оʻzbekiston Oliy Sovetida 1991-yil 14-iyunda muhokama qilindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil Davlatlar Ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. SHu bilan birga, Respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.
1991-yil iyul oyining oxirlarida Novo-Ogoryovoda yangi shartnoma loyihasini uzil-kesil tayyorlash uchun markaz vakillari va respublikalar rahbarlarining uchrashuvi bоʻldi. Markazni ham, respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi tоʻgʻrisida shartnoma» loyihasi tayyorlandi. Ammo hamma rozi bоʻlgani holda «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi tоʻgʻrisidagi shartnoma»ni imzolash 1991-yil 20-avgust kuniga qoldirildi. SSSR Prezidenti M.S. Gorbachov Foros (Qrim)ga dam olish uchun jоʻnab ketdi.
1991-yil 17–19-avgust kunlari Оʻzbekiston Prezidenti I. Karimovning Hindiston Respublikasiga Davlat rahbari sifatida ilk mustaqil rasmiy tashrifi bоʻldi. Tashrif doirasida Оʻzbekiston bilan Hindiston оʻrtasida iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy hamda madaniyat, ta’lim, fan, turizm, sport va ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik qilish tоʻgʻrisida bitimlar imzolandi. Natijada mamlakatimiz mustaqil tashqi siyosatining dastlabki tamal toshi qоʻyildi.
1991-yil avgust voqealari. Markaziy hokimiyatni SSSRni saqlab qolish, respublikalarga mustaqillik bermaslik payida yurganlar uchun qandaydir bir «imkoniyat» vujudga kelgan edi. Ana shu kuchlar tomonidan 1991-yil 18-avgustda markaziy hokimiyatni avvalgi maqomida saqlab qolish maqsadida fitna tayyorlandi va SSSRda Favqulodda holat davlat Qоʻmitasi (FHDQ) tuzildi. Uning boshliqlari G.I. YAnaev – SSSR vitse-prezidenti, O.D. Baklanov – SSSR Mudofaa Kengashi raisining birinchi оʻrinbosari, V.A. Kryuchkov – SSSR Davlat Xavfsizligi qоʻmitasi raisi, V.S. Pavlov – SSSR Bosh vaziri, B.K. Pugo – SSSR Ichki ishlar vaziri, D.T. YAzov – SSSR Mudofaa vaziri, V.A. Starodubsev – SSSR Dehqonlar uyushmasi raisi, I. Tizyakov – SSSR Sanoat, qurilish, transport va aloqa davlat korxonalari hamda inshootlari uyushmasining prezidenti kabi Markaziy hokimiyatning rahbarlari edi. G.I. YAnaev оʻzini M.S.Gorbachovning salomatligi yomonligi sababli 19-avgustdan boshlab SSSR Prezidenti vazifasini ijro etuvchi deb e’lon qildi.
Shu tariqa, fitnachilar M.S. Gorbachovni noqonuniy yоʻl bilan hokimiyatdan chetlashtirib, оʻzlari hokimiyatni egallab oldilar. Mazkur qоʻmita Sovet rahbariyatining Bayonoti, sovet xalqiga Murojaatnoma, Davlatlar va hukumatlarning boshliqlariga hamda BMT Bosh kotibiga Murojaat va boshqa qarorlarni e’lon qildi. Butunittifoq doirasida mоʻrtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi. Mamlakatdagi siyosiy kuchlar vaziyatga turlicha munosabat bildirdilar.
Qaltis vaziyatda 1991-yil 19-avgustda Оʻzbekiston Prezidenti I. A. Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifdan qaytib keldi va Toshkent shahri faollari bilan uchrashuv оʻtkazdi. Uchrashuvda Prezident Оʻzbekistonning nuqtayi nazarini bildirib, respublikamizda favqulodda holat joriy etishga hojat yоʻqligi, Оʻzbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof kоʻrsatmalar bajarilmasligini qat’iy ta’kidladi.
1991-yil 20-avgust kuni Toshkentda Оʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va Оʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qоʻshma majlisi bоʻlib оʻtdi. Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokoma qilib, Bayonot qabul qildi. Bayonotda Оʻzbekiston Respublikasining tinch vaqtda kuch, avvalo, harbiy kuch ishlatishga qarshi ekanligi ta’kidlandi. Unda tinchlik, osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, har qanday igʻvogarona harakatlarning oldini olish, hamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash, mishmishlar va ehtiroslarga berilmaslik vazifalari ilgari surildi. Bayonotda Оʻzbekiston «Davlat mustaqilligi tоʻgʻrisidagi Deklaratsiya» qoidalarini ogʻishmay va izchil amalga oshirish yоʻlidan boraveradi, deb kоʻrsatildi.
1991-yil 21-avgustda Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti оʻz farmoni bilan Оʻzbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va Оʻzbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga, Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga sоʻzsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qоʻydi. Farmonda SSSRda Favqulodda Holat Davlat Qоʻmitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, Оʻz bekiston SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb belgilab qоʻyildi.
Fitnachilarning qonunga xilof ravishda urinishlari natijasida 1991-yil 19–21-avgust kunlari Moskvada fojiali hodisalar rоʻy berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnachilar qamoqqa olindi. M.S. Gorbachov prezidentlik lavozimiga qaytib keldi. Biroq mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang ahvolga tushib qoldi.
Markaziy hokimiyat falaj bоʻlib, harakatsiz qolgan edi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi. 1991-yil 25-avgustda Оʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Farmoni e’lon qilindi. Farmonga binoan SSSRda vujudga kelgan ahvolni e’tiborga olib, Оʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish maqsadida Respublika Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi komiteti Оʻzbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Mazkur idoralar zimmasiga, birinchi navbatda, Оʻzbekiston va uning fuqorolari xavfsizligini, manfaatlarini muhofaza qilish topshirildi. Mazkur farmonga binoan Оʻzbekiston hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligining ichki qоʻshinlari bevosita Оʻzbekiston SSR Prezidentiga bоʻysundirildi. Respublika Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qоʻmitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qоʻshinlar, Turkiston Harbiy okrugi qismlari va qоʻshinlari partiyadan butunlay xolis qilindi.
Mazkur farmonda Оʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosatiga juda qisqa muddatda Respublikaning Davlat mustaqilligi tоʻgʻrisidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Оʻzbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etish taklif qilindi. Mazkur Farmon imzolangan kun – 1991-yil 25-avgustda kuchga kirdi.
Xulosa qilib aytganda, Prezident Islom Karimovning kuch-gʻayrati, oqilona siyosati, tashabbusi natijasida jonajon Vatanimiz – Оʻzbekistonning Davlat mustaqilligiga tinchlik va qonuniy asosda erishish imkoniyati yaratildi.