AQSh Davlat kotibi Mike Pompeo bilan Davlat departamentida, 2018 yil 17 mayda.
Quyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat rahbari sifatida xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy tashriflari keltirilgan[8][9]:
#
|
Davlat
|
Tashrif sanasi
|
Sabab
|
39
|
Rossiya
|
23-24.06.2020
|
Gʻalabaning 75 yilligi[10]
|
38
|
Turkiya
|
19-22.02.2020
|
oʻzaro hamkorlik[11]
|
37
|
Yaponiya
|
16-18.12.2019
|
oʻzaro hamkorlik[12]
|
36
|
Ozarbayjon
|
13-15.10.2019
|
turkiyzabon davlat rahbarlari majlisi
|
35
|
Turkmaniston
|
10-11.10.2019
|
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlari majlisi
|
34
|
Belarus
|
31.07.2019
|
oʻzaro hamkorlik[13]
|
33
|
Qirgʻiziston
|
14-16.06.2019
|
Bishkekdagi ShHT sammiti (2019)
|
32
|
Xitoy
|
24-27.04.2019
|
oʻzaro hamkorlik
|
31
|
Birlashgan Arab Amirliklari
|
24-26.03.2019
|
oʻzaro hamkorlik
|
30
|
Germaniya
|
21-23.01.2019
|
oʻzaro hamkorlik
|
29
|
Hindiston
|
18.01.2019
|
Xalqaro investitsiya sammiti
|
28
|
Rossiya
|
06.12.2018
|
oʻzaro hamkorlik
|
27
|
Qozogʻiston
|
26-27.11.2018
|
Shanxay hamkorlik tashkiloti majlisi
|
26
|
Fransiya
|
9-10.10.2018
|
oʻzaro hamkorlik
|
25
|
Hindiston
|
02.10.2018
|
oʻzaro hamkorlik
|
24
|
Tojikiston
|
27-28.09.2018
|
MDH sammiti
|
23
|
Qirgʻiziston
|
03.09.2018
|
Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashi sammiti[14]
|
22
|
Turkmaniston
|
24-25.08.2018
|
Orol dengizi masalasidagi xalqaro anjuman[15]
|
21
|
Qozogʻiston
|
5-6.07.2018
|
oʻzaro hamkorlik[16]
|
20
|
Rossiya
|
14.06.2018
|
FIFA Jahon chempionati 2018 ochilish marosimi[17]
|
19
|
Xitoy
|
8-9.06.2018
|
Sindaodagi ShHT sammiti (2018)
|
18
|
AQSh
|
15-17.05.2018
|
oʻzaro hamkorlik[18][19]
|
17
|
Qozogʻiston
|
15-16.03.2018
|
oʻzaro hamkorlik[20]
|
16
|
Tojikiston
|
9-10.03.2018
|
oʻzaro hamkorlik
|
15
|
Koreya Respublikasi
|
22-25.11.2017
|
oʻzaro hamkorlik
|
14
|
Turkiya
|
25.10.2017
|
oʻzaro hamkorlik
|
13
|
Rossiya
|
9.10.2017
|
MDH sammiti
|
12
|
AQSh
|
19.09.2017
|
BMT sammiti
|
11
|
Turkmaniston
|
17.9.2017
|
V Osiyo oʻyinlari marosimi
|
10
|
Qozogʻiston
|
9.9.2017[21]
|
oʻzaro hamkorlik, Expo 2017
|
9
|
Qirgʻiziston
|
5.9.2017
|
oʻzaro hamkorlik, chegara masalalari
|
8
|
Qozogʻiston
|
9.6.2017
|
oʻzaro hamkorlik, Ostonadagi ShHT sammiti (2017)
|
7
|
Saudiya Arabistoni
|
22.05.2017
|
Islom konferensiyasi tashkiloti sammiti
|
6
|
Turkmaniston
|
20.05.2017
|
oʻzaro hamkorlik
|
5
|
Xitoy
|
13.05.2017
|
oʻzaro hamkorlik
|
4
|
Qozogʻiston
|
28.04.2017
|
oʻzaro hamkorlik
|
3
|
Rossiya
|
05.04.2017
|
oʻzaro hamkorlik
|
2
|
Qozogʻiston
|
23.03.2017
|
oʻzaro hamkorlik
|
1
|
Turkmaniston
|
06.03.2017
|
oʻzaro hamkorlik
| Tashriflar soni
Davlat
|
Tashriflar
|
Qozogʻiston
|
7
|
Rossiya
|
6
|
Turkmaniston
|
5
|
Xitoy
|
3
|
Qirgʻiziston
|
3
|
Tojikiston
|
3
|
AQSh
|
2
|
Hindiston
|
2
|
Turkiya
|
2
|
Saudiya Arabistoni
|
1
|
Koreya Respublikasi
|
1
|
Fransiya
|
1
|
Germaniya
|
1
|
Birlashgan Arab Amirliklari
|
1
|
Belarus
|
1
|
Ozarbayjon
|
1
|
13- MAVZU. YANGILANAYOTGAN ОʻZBEKISTON: MILLIY TIKLANISHDAN-MILLIY YUKSALISH SARI (2 SOAT).
Reja
Оʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bоʻyicha Harakatlar strategiyasining ahamiyati va zarurati.
Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish hamda ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar.
Qonun ustuvorligini ta’minlash – fuqarolar huquq va erkinliklarining muhim garovi.
Tadbirkorlikni rivojlantirishning zamonaviy prinsiplari va kоʻp tarmoqli fermer xоʻjaliklarini rivojlantirish mexanizmlari.
Tayanch sоʻz va iboralar:
Harakatlar strategiyasi, elektron hukumat, qonun ustuvorligi, ilm-fan, iqtisoiyotni liberallarshtirish, imkoniyati cheklanganlarni himoya qilish, agrar islohotlar, xalqaro hamkorlik.
1.Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda Оʻzbekistonning munosib оʻrin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Bosib оʻtilgan yоʻl va orttirilgan tajribani xolisona baholashdan, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda, oldimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifasi turgan edi.
Mazkur vazifani amalga oshirish yоʻlida aholining keng qatlamlari, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib borildi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy materiallari, ma’ruzalari, tavsiyalari va sharhlari оʻrganildi, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi.
Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga kоʻra, har bir xalq оʻz oldiga ulugʻ va istiqbol maqsadlarni qоʻyishi hamda uni amalga oshirish salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatida munosib оʻrin egallaydi. Bugun Оʻzbekiston ham оʻz tarixining ana shunday mas’uliyatli chorrahasida turibdi, desak, mubolagʻa bоʻlmaydi. Binobarin, Prezident SHavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi istiqbolimiz taqdirini hal etuvchi muhim va yangi davr bosqichini ifodalovchi milliy gʻoyaga aylanmoqda.
Strategiya — bu ta’limotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi bоʻlib, u izchillik bilan va tоʻliq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta’minlaydi.
Kelib tushgan takliflarni jamlash, chuqur оʻrganish hamda umumlashtirish asosida Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Оʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bоʻyicha Harakatlar strategiyasi tоʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi ishlab chiqilib, u bilan:
2017-2021-yillarda Оʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yоʻnalishi bоʻyicha Harakatlar strategiyasi va Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi.
Loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizgʻin muhokamalar olib borildi. Loyihalar muhokama uchun turli axborot maydonlariga joylashtirildi, ularning natijasida kоʻplab taklif va mulohazalar kelib tushdi. Fuqarolar siyosiy-huquqiy borada yuksak faollik kоʻrsatib, olib borilayotgan islohotlarga alohida qiziqish va daxldorlikni namoyon qildilar.
Xususan, loyihalarning “Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi” portalida yоʻlga qоʻyilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari bоʻyicha 1 310 ta taklif va mulohaza kelib tushib, ular asosida Davlat dasturining 41 ta bandi qayta kоʻrib chiqildi.
Harakatlar strategiyasiga Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chogʻida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi.
Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.
Xususan, mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yоʻnalishi belgilangan:
1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni ta’minlash, chuqur оʻylangan, оʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.
Mazkur yоʻnalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bоʻlimlardan iborat. Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish nazarda tutilmoqda, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bоʻyicha Davlat dasturi tasdiqlanadi.
Davlat dasturining “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish” deb nomlangan birinchi yоʻnalishini amalga oshirishda davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan yaxshilash, davlatning hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish nazarda tutilgan.
Davlat boshqaruvini takomillashtirish, eng avvalo davlat xizmatini isloh qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, davlat va xususiy sektorlarning оʻzaro foydali hamkorligining zamonaviy shakllarini, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bоʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Xalq bilan samarali muloqotni ta’minlash Davlat dasturining eng muhim va dolzarb vazifalaridan biri bоʻldi. SHu munosabat bilan jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish, shuningdek mahallaning jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish nazarda tutilmoqda.
Prezidentimizning 2019-yil 30 oktyabrdagi “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi faoliyatini qоʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari tоʻgʻrisida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirishning istiqbolli yоʻnalishlarini belgilab bergani bilan ahamiyatli bоʻldi.
Davlatimiz rahbari mamlakatimiz Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qоʻshma majlisida “Erkin va farovon, demokratik Оʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” mavzusida qilgan nutqida ham bu borada tоʻxtalib, “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” degan muhim tamoyilni amalga oshirishda biz, avvalo, ana shu ijtimoiy institutlarning kuch va imkoniyatlariga tayanamiz” deya alohida ta’kidlab оʻtgan edi. SHunga muvofiq mamlakatimizni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bоʻyicha ustuvor yоʻnalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017-2021-yillarda Оʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ustuvor yоʻnalishi bоʻyicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Ayni paytda Davlat dasturining “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish” yоʻnalishi ijrosi doirasida fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish hamda ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun davlat siyosati darajasida izchil, tizimli ishlar amalga oshirilayotganiga yaqqol dalildir.
Ma’lumki, kuchli va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish bоʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarni kompleks оʻrganish, tahlil qilish va baholashning yaxlit, mustaqil tizimini shakllantirish lozim. Qolaversa, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, ularni yanada rivojlantirishga oid takliflarni ishlab chiqish uchun ilmiy-amaliy maydon yaratish, Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bоʻyicha maslahat kengashining samarali faoliyatini ta’minlash bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim оʻringa ega. SHu ma’noda Prezidentimizning mazkur qarori bilan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti ta’sischilar kengashining institutni “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi” etib qayta tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik bildirilgani ayni muddao bоʻldi. SHuningdek, ushbu hujjat asosida markazning asosiy vazifalari va faoliyati yоʻnalishlari belgilab berildi. Mazkur yоʻnalishlarning har biri fuqarolik jamiyatida olib borilayotgan islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bоʻlimlardan iborat.
2016 yilda ilk bor mamlakat aholisi va hukumatning tоʻgʻridan-tоʻgʻri muloqoti yоʻlga qоʻyildi. Xalq bilan samarali muloqotni ta’minlash dolzarb vazifalardan biri bоʻldi. Ushbu qaror bilan endilikda bu borada olib borilayotgan ishlarni, xalq bilan muloqot holati va rivojlanishini оʻrganish, davlat organlari faoliyati ochiqligini tizimli tahlil qilish zarurligi yuklandi. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida ilmiy va ekspert doiralar ishtirokida amaliy tadqiqotlar оʻtkazish, ularning natijalarini umumlashtirish asosida kelajakda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning milliy modelini yanada takomillashtirish va strategik yоʻnalishlarini belgilash bоʻyicha takliflar ishlab chiqish vazifasi qоʻyildi.
Bu jarayonda yangi tashkil etilayotgan markaz tomonidan fuqarolik jamiyati rivojlanishining normativ-huquqiy tartibga solinishi holatini hamda ushbu sohada huquqni qоʻllash amaliyoti, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni оʻrganish, davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorligini yоʻlga qоʻyish, ularning faoliyatini qоʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, jamiyatda siyosiy partiyalar rolini oshirish, raqobatdosh kоʻp partiyali tizimning rivojlanish darajasini tahlil qilish va siyosiy partiyalar tomonidan оʻtkaziladigan tadbirlarning elektorat manfaatiga xizmat qilishini ta’minlovchi loyihalar joriy etiladi. Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokining muammolarini tizimli оʻrgangan holda fuqarolik jamiyatini tashvishga solayotgan dolzarb masalalar bоʻyicha ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va jamoatchilik eshituvlari оʻtkaziladi. E’tiborlisi, rivojlangan demokratik davlatlar tajribasi asosida davlat va jamiyat оʻrtasida ochiq muloqotni tashkil etib, fuqarolarning dolzarb muammolarini hal etishning optimal yondashuvlarini ishlab chiqish ham Markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Markazga fuqarolik jamiyati rivojlanishini, uning institutlarining davlat organlari va tashkilotlari bilan оʻzaro hamkorlik darajasini, ularning mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jihatdan rivojlantirishga, shu jumladan, 2030 yilgacha bоʻlgan davrda BMTning Barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish doirasida qоʻshgan hissasini baholash indikatorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilgan. Bu esa islohotlarning ilmiy va tahliliy jihatdan puxta ishlab chiqilishi va natijada mamlakatimizning kelajakda har tomonlama rivojlanishida muhim poydevor vazifasini оʻtaydi.
Mamlakatimiz tub оʻzgarishlarga yuz tutgan hozirgi paytda mazkur vazifalarni bajarishda davlat organlari rahbarlari Markazga har tomonlama kоʻmaklashadi, sоʻralgan ma’lumotlarni оʻz vaqtida taqdim etadi, undan olingan materiallar va tavsiyalarni kоʻrib chiqadi. Markaz оʻz vazifalarini bajarishi uchun shartnoma asosida etakchi, shu jumladan, xorijiy muassasalar ekspertlarini jalb etish huquqiga egadir. Aynan qarorda ilgʻor xalqaro tajribalarni оʻrganib, Оʻzbekiston sharoitida uni joriy etish uchun 2020-2022 yillarda Markaz xodimlarini fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga ixtisoslashgan etakchi xorijiy tadqiqot va tahliliy institutlariga ish оʻrganish uchun yuborish bоʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish zarurligi alohida belgilab qоʻyildi.
Bugungi axborot asrida har bir ish kоʻlami, uning sifati hamda samaradorligi oshib borishi targʻibot-tashviqot ishlariga bogʻliq. SHu boisdan hujjatda fuqarolik jamiyati rivojlanishini оʻrganish va tahlil qilish natijalari ommaviy axborot vositalarida, markaziy davlat telekanallarida, matbuot nashrlarida doimiy yoritilishi belgilab qоʻyildi. Bundan kоʻzlangan maqsad jamiyatdagi islohotlarda fuqarolarning faolligini oshirishdir.
Davlat dasturining ikkinchi yоʻnalishi qonun ustuvorligini va sudning chinakam mustaqilligini ta’minlash chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Jumladan, qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini ta’minlashi kerak bоʻlgan Oliy sud kengashini tuzish, professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
YUrtimizda sud-huquq tizimini demokratlashtirish, sudlar tomonidanfuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi vazifalarumume’tirof etilgan normalar asosida takomillashib bormoqda. Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yоʻnalishlaridan biri – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirish.Оʻtgan davr mobaynida sud-huquq tizimini isloh qilish va jinoyat qonunchiligini liberallashtirish borasida amalga oshirilgan islohotlar izchilligini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
Birinchi bosqich, 1991-2000 yillarni оʻz ichiga olib, bu davrda, yangi davlat va jamiyat barpo etishning oqilona strategiyasi ishlab chiqildi. Sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlashning huquqiy asoslari yaratilib, mamlakatimiz tarixida ilk bor Konstitutsiyaviy sud qaror topib, yangi mazmundagi umumiy yurisdiksiya sudlari, xоʻjalik sudlari joriy etildi. “Sudlartоʻgʻrisida”gi Qonun, Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi, odil sudlovga oid boshqa qonunchilik bazasi vujudga keldi.Fuqarolarning sud himoyasiga bоʻlgan konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlandi. 2000 yil 14 dekabrda “Sudlar tоʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi protsessual qonunchilikka sudlarda ish yuritishdatortishuvchilik prinsipini ta’minlash va amalga oshirish, jinoyat va fuqarolik tartibidagi ishlarni kоʻrishning barcha bosqichlarida prokurorhamda advokatning tengligini ta’minlash, odil sudlovni sifatli va tezkoramalga oshirish, sud qarorlari adolatliligini ta’minlash, yuqori turuvchisudlarni yakuniy qaror qabul qilishda mas’uliyatini kuchaytirishgaqaratilgan qator оʻzgartish hamda qоʻshimchalar kiritilishini belgilabberdi. Shu maqsadda ishlarni apellyasiya bosqichida kоʻrish tartibi joriyetilib, kassatsiya instansiyasi isloh qilindi. Natijada fuqarolik vajinoyat sudlarida birinchi instansiya va tergov organi tomonidan yоʻlqоʻyilgan xato kamchiliklarni tez hamda samarali ravishda bartaraf etishimkoniyati yuzaga keldi.
Ikkinchi bosqich, 2001-2009 yillarni оʻz ichiga olib, ushbu bosqich faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri bоʻlib,bunda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, siyosiy hayot, qonunchilik,sud-huquq tizimi va ijtimoiy sohalarni izchil isloh qilish ta’minlandi.Jinoiy jazolarni liberallashtirishning yangi bosqichi 2001 yil 29 avgustda “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilanОʻzbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamdaMamuriy javobgarlik tоʻgʻrisidagi kodeksga оʻzgartishlar va qоʻshimchalarkiritish haqida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan boshlandi. MazkurQonunga kоʻra:
- jinoyatlarning tasnifi оʻzgartirilib, ogʻir va оʻta ogʻir toifadagijinoyatlarning qariyb 75 foizi ijtimoiy xavfi katta bоʻlmagan va unchaogʻir bоʻlmagan jinoyatlar toifasiga оʻtkazildi;
- jinoiy jazo tizimidan insonparvarlik tamoyillariga mutlaqo zidbоʻlgan mol-mulkni musodara qilish tarzidagi jazo turi chiqarib tashlandi;
- iqtisodiyot sohasidagi jinoyat ishlari bоʻyicha qamoq va ozodlikdanmahrum etish jazolari оʻrniga jarima shaklidagi iqtisodiy sanksiyaniqоʻllash imkoniyati ancha kengaytirildi, 11 ta moddaga etkazilgan moddiyzararning оʻrni qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagijazo qоʻllanmasligi haqidagi qoidalar kiritildi;
- jinoyat qonunchiligiga оʻzbek xalqining rahmdillik va kechirimlilikkabi kоʻp asrlik an’analariga mos bоʻlgan yarashuv instituti kiritilib,оʻtgan yillar davomida yarashganlik munosabati bilan jinoiyjavobgarlikdan ozod qilish mumkin bоʻlgan jinoyatlar doirasi hamkengaytirib borildi. Respublikamiz bоʻyicha 2015 yilda 14.482 nafar shaxs,2016 yilda esa 14.843 nafar shaxsga nisbatan qоʻzgʻatilgan jinoyat ishitomonlarning yarashganligi munosabati bilan tugatilib, ushbu shaxslar“sudlangan” degan ijtimoiy-huquqiy oqibatdan xalos bоʻlgan;
- ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olishning bir yarim yildan оʻnoygacha qisqartirilishi, alohida hollarda esa, bir yilgacha muddatgauzaytirilishi mumkinligining belgilanishi, tuman va shaharprokurorlarining tergov va ayblanuvchini qamoqda saqlash muddatlarini
uzaytirish huquqlari bekor qilinishi odil sudlovni amalga oshirishga,sudga qadar ish yuritishning tezkorligi va sifatini oshirishga, ayblanuvchitariqasida jalb qilingan shaxslarni asossiz ravishda uzoq muddatdaqamoqda saqlanishining oldini olishga imkon berdi;
- jinoyat ishini sudda kоʻrishning 2 oylik muddatining belgilanishi vasudlarda ishni kоʻrish muddatini uzaytirish tartibining joriy etilishijinoyat ishlarini kоʻrishni asossiz ravishda kechiktirilishining oldiniolishga xizmat qildi.
Bu davr jinoiy jazolar tizimidagi оʻlim jazosini bekor qilinishibilan ham ahamiyatlidir. Favqulodda jazo chorasi hisoblanganоʻlim jazosi 2008 yil 1 yanvardan e’tiboran jinoiy jazolar tizimidan chiqarilib,оʻrniga ogʻirlashtiruvchi holatlarda qasddan odam оʻldirish va ogʻirlashtiruvchi holatlarda terrorizm jinoyatini sodir etganlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.
Mazkur bosqichning оʻziga xos xususiyati yana shundan iboratki, bunda
sud hokimiyati bosqichma-bosqich mustahkamlandi, sudlarning mustaqilligi ta’minlandi, bu esa оʻz navbatida sud tizimini ijro etuvchi hokimiyat organlari nazorati va ta’siridan chiqarish imkonini berdi. Jumladan, sudlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash, sudtizimi uchun kadrlar masalalari bilan shugʻullanish vazifasi maxsus organ –Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash valavozimlarga tavsiya etish bоʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuklatildi.
Оʻz navbatida, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlariniijro etish tоʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinishi natijasida sudhujjatlari majburiy ijro etilayotganda yuzaga keladigan mulkiy yokinomulkiy munosabatlarni tartibga solib, sudlar sud qarorlarini ijroetish kabi оʻzlariga xos bоʻlmagan vazifalardan ozod qilindi.SHuningdek, prokuratura organlarining sud jarayoniga aralashuvinicheklash, prokuratura vakolatlarining bir qismini sudlarga оʻtkazishmaqsadida 2005 yil 8 avgustdagi Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining“Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga оʻtkazish tоʻgʻrisida”giFarmoni qabul qilinib, mazkur tartib 2008 yil 1 yanvardan e’tiboranamalga oshirilishi belgilandi.
Ushbu bosqichda amalga oshirilgan islohotlar natijasida siyosiy,iqtisodiy, davlat-huquqiy munosabatlarning butun tizimi modernizatsiya
qilinib, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, inson huquq va erkinliklarini himoya etishning huquqiy asoslari yaratildi.
Uchinchi bosqich, 2010 yildan 2016 yilga qadar bоʻlgan davrni оʻzi ichigaolib, mazkur bosqichdagi sud-huquq islohotlari Оʻzbekiston RespublikasiPrezidentining 2010 yil 12 dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiva Senatining qоʻshma yigʻilishida sоʻzlagan “Mamlakatimizda demokratikislohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatinirivojlantirish Konsepsiyasi” bilan bogʻliq bоʻlib, unda kuchli fuqarolikjamiyatiga asoslangan huquqiy davlat barpo etishda sud-huquq tiziminiizchil isloh qilishning eng muhim jihatlari aks etdi.Natijada, Оʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2012 yil18 sentyabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish munosabati bilanОʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga оʻzgartish vaqоʻshimchalar kiritish tоʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq lavozimdanchetlashtirish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagiprotsessual majburlov choralarini sudyaning sanksiyasi asosida qоʻllashtartibi joriy etilib, jinoyat protsessida “Xabeas korpus” institutiniqоʻllash sohasini yanada kengaytirish imkonini berdi. Bundan tashqariushbu Qonunga muvofiq sudning jinoyat ishi qоʻzgʻatishga doir vakolati chiqarildi. Amaldagi qonunchilikda prokurorning sud majlisida ayblov xulosasini оʻqib eshittirish bоʻyicha majburiyati aniq belgilanmaganligi sudning maqsad va vazifalariga zid ravishda ayblov xulosasini sudyalar tomonidan оʻqib eshittirilishiga sabab bоʻlgan. YUqoridagi Qonunga kоʻra, Оʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 439-moddasiga оʻzgartish kiritilib, birinchi instansiya sudida ish bоʻyicha ayblov xulosasini оʻqib eshittirish majburiyati prokuror zimmasiga yuklatildi.
SHuningdek, jinoiy jazolarni liberallashtirish borasidagi islohotlar ham davom ettirilib, 2015 yil 11 avgustda “Оʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga оʻzgartish va qоʻshimchalar kiritish tоʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinishi natijasida jinoiy jazolar tizimig aozodlikdan mahrum qilish jazosiga muqobil bоʻlgan yangi jazo turi – ozodlikni cheklash jazosi kiritildi. YUrtimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning maqsaditadbirkorlik sub’ektlariga erkinliklar yaratish, ularni jadalrivojlantirishga qaratilgan bоʻlib, 2015 yil 20 avgustdagi “ОʻzbekistonRespublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni,tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga,ularni jadal rivojlantirish yоʻlidagi tоʻsiqlarni bartaraf etishgaqaratilgan оʻzgartish va qоʻshimchalar kiritish tоʻgʻrisida”gi Qonunga kоʻra,Jinoyat kodeksi 189-moddasining birinchi va ikkinchi qismlaridekriminalizatsiya qilinib, jinoiy qilmishlar doirasidan chiqarildi,shuningdek, 184-moddasi: “Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u
Soliq tekshiruvi materiallarini kоʻrib chiqish natijalari bоʻyicha davlat
Soliq xizmati organining qarorini olgan kundan e’tiboran оʻttiz kun ichida soliqlar va boshqa majburiy tоʻlovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga etkazilgan zararning оʻrnini tоʻliq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinadi”, degan beshinchi qism bilan tоʻldirildi.
Sud-huquq tizimini isloh qilishning tоʻrtinchi bosqichi 2016 yil sentyabr oyidan keyingi davr bоʻlib, ushbu bosqichda ОʻzbekistonRespublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “Sud-huquq tiziminiyanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchlihimoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida”giFarmoni, 2017-yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021yillarda Оʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvoryоʻnalishi bоʻyicha Harakatlar strategiyasi”, 2017-yil 20 fevraldagi“Оʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdantakomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlaritоʻgʻrisida”gi Farmonining qabul qilinishi bilan sifat jihatdan yangidavr boshlandi.
Qabul qilingan ushbu normativ hujjatlarda:
- sudlarning chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida sudyaliklavozimiga birinchi marotaba besh yil muddatga va keyin оʻn yil muddatga,
shundan sоʻng muddatsiz davrga tayinlash (saylash);
- Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlashva lavozimlarga tavsiya etish bоʻyicha oliy malaka komissiyasi tugatilib,uning оʻrniga Sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadigan vaОʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilliginingkonstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga kоʻmaklashadiganОʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etish;
Оʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sud hokimiyatining fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sudlov sohasida yagona oliy organi sifatida davr talablari asosida yangidan shakllantirilgani, odil sudlovning mazmun-mohiyatiga mutlaqo tоʻgʻri kelmaydigan holat – sudlar tomonidan jinoyat ishlarini qоʻshimcha tergovga qaytarish amaliyotiga chek qоʻyilgandi. Bugungi kunda xalqimiz kutayotgan adolatli qarorlar qabul qilishga har tomonlama qodir, irodasi mustahkam, yuksak kasb va ma’naviy fazilatlarga ega bоʻlgan sud xodimlari tarkibini shakllantirish eng muhim vazifa bоʻlib qolmoqda.
- 2017-yil 1 iyundan Оʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliyxоʻjalik sudini birlashtirish, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiysud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi –Оʻzbekiston Respublikasi Oliy sudini tashkil etish, ommaviy-huquqiymunosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolarni,shuningdek, ma’muriy huquqbuzarliklar tоʻgʻrisidagi ishlarni kоʻribchiqishga vakolatli bоʻlgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar vaToshkent shahar ma’muriy sudlarini, tuman (shahar) ma’muriy sudlarini
tashkil etish belgilandi.
3. Mazkur Farmon va Harakatlar strategiyasida qayd etilgan vazifalardan kelib chiqib, Оʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2017yil 29 aprelda “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishkafolatlarini ta’minlashga doir qоʻshimcha chora-tadbirlar qabulqilinganligi munosabati bilan Оʻzbekiston Respublikasi ayrim qonunhujjatlariga оʻzgartish va qоʻshimchalar kiritish tоʻgʻrisida”gi, 2017-yil6 aprelda “Оʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga оʻzgartishlar vaqоʻshimchalar kiritish tоʻgʻrisida”gi va “Оʻzbekiston Respublikasi Sudyalaroliy kengashi tоʻgʻrisida”gi Qonunlar qabul qilindi.Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash,fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoyaqilish kafolatlarini kuchaytirish, odil sudlovga erishish darajasinioshirish kabi vazifalar bu boradagi ishlarning asosini tashkil etadi.
2017-yilning 1 aprelidan jinoyat, jinoyat-protsessual, fuqarolikprotsessual va boshqa qonun hujjatlariga inson huquq va erkinliklariustuvorligini ta’minlash, sud muhokamasini adolatli va оʻz vaqtidaоʻtkazish, jazoning adolatli va insoniyligi kafolatlarini kuchaytirishniinobatga olgan holda odil sudlov samaradorligini oshirishga qaratilganbir qator оʻzgartishlar kiritilmoqda.Jumladan, qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilib, uning оʻrnigaozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq bоʻlmagan jazoning muqobilturlarini qоʻllash imkoniyati kengaytirilmoqda.YA’ni, jinoiy jazolar tizimidan nisbatan qattiq ta’sir choralaridanbiri chiqarilayotganligi jinoiy jazolarni liberallashtirishga,huquqbuzarlarga nisbatan tarbiyaviy-tuzatish ta’sir choralarining ilgʻorshakl va uslublarini keng qоʻllash bоʻyicha olib borilayotgan siyosatningmantiqiy davomi hisoblanadi.Jinoyat protsessida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoyaqilishning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, jinoyat ishlarini tergov
qilishning tezkorligini oshirish maqsadida jinoyat sodir etishda gumon
qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga, qamoqqa
olish va uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot choralarini qоʻllashning,shuningdek, jinoyat ishlari bоʻyicha dastlabki tergovning eng kоʻpmuddatlari 1 yildan 7 oyga qisqartirilmoqda.
SHuningdek, “Xabeas korpus” instituti qоʻllanish doirasini yanada
Kengaytirish ham kоʻzda tutilmoqda.Fuqarolik ishi bоʻyicha sud qarorini nazorat tartibida qayta kоʻrib chiqish imkoniyatini beruvchi muddatning 3 yildan 1 yilga qisqartirilishi fuqarolik huquqiy munosabatlarning barqarorligi,fuqarolik protsessi ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi. YArashuv institutini jinoyat protsessida qоʻllash doirasinikengaytirish, ijtimoiy xavfi katta bоʻlmagan ayrim turdagi jinoyattarkiblarini jinoyat toifasidan chiqarish, jabrlanuvchining arizasiasosida jinoyat ishi qоʻzgʻatilishi mumkin bоʻlgan jinoyat tarkiblarirоʻyxatini kengaytirish nazarda tutilmoqda.Bundan tashqari, qonuniylikni ta’minlash va mamlakatimizdaislohotlarni samarali rоʻyobga chiqarishda yuridik xizmatlar rolinioshirish maqsadida davlat organlarining yuridik xizmatlari faoliyatiniyanada takomillashtirishga doir aniq chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.Darhaqiqat, yurtimizda amalga oshirilayotgan sud-huquqislohotlarining tub mohiyati sud hokimiyatining chinakam mustaqilligi,fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash,shuningdek odil sudlovga erishish darajasini oshirishga xizmat qiladi82.
Ma’muriy sudlarni, xоʻjalik sudlari tizimida mintaqaviy apellyasiya sudlarini tuzish, sudya yordamchisi lavozimini ta’sis etish orqali sudlarni kelgusida ixtisoslashtirish va ularning devonini mustahkamlash nazarda tutilmoqda.
Sansalorlikka va ishlarning kоʻrib chiqilishi sudlar tomonidan asossiz chоʻzib yuborilishiga yоʻl qоʻymaslik maqsadida protsessual qonun hujjatlarini takomillashtirish, quyi instansiya sudlarining kamchiliklarini mustaqil bartaraf etish va uzil-kesil qaror qabul qilish yuzasidan yuqori sud instansiyalarining vakolatlarini kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Ushbu yоʻnalish doirasida barcha huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, davlat hamda xоʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining xalq bilan bevosita muloqotini yоʻlga qоʻyish chora-tadbirlarini rоʻyobga chiqarish, aholi ularga erkin murojaat eta olishini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda erkinliklari buzilganligi tоʻgʻrisidagi murojaatlarning, xabarlarning оʻz vaqtida olinishini ta’minlash nazarda tutilmoqda.
Huquqbuzarliklarning oldini olish tizimiga, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat tartibini saqlash bоʻyicha ichki ishlar organlarining faoliyatini tubdan takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
SHuningdek ushbu yоʻnalish 2018-2021-yillarda jinoyat va jinoyat-protsessual qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqishni, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari xodimlarini оʻqitish, tanlash va joy-joyiga qоʻyish tizimini takomillashtirishni, murojaatlarni muntazam tahlil qilishni hamda vaqti-vaqti bilan uning natijalarini e’lon qilib borishni, advokaturani rivojlantirishni, notariat tizimini va FHDYO organlarini isloh qilishni ham оʻz ichiga oladi.
2017-yil 13 iyun kuni Toshkent shahrida sud organlari tizimida odil sudlovni ta’minlash borasidagi ishlarning ahvoli, muammolar va istiqboldagi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi bоʻlib оʻtdi. Yigʻilishda Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq sоʻzladi. Davlatimiz rahbari adolat xalqimiz uchun azal-azaldan tinch va farovon hayot mezoni, barcha ezguliklar manbai bоʻlib kelgani, Sohibqiron Amir Temur bobomiz "Kuch – adolatda" degan hikmatga amal qilib, davlat boshqaruvini tashkil qilish, el-yurtning tinchligi va obodligini ta’minlashga erishganini qayd etib, bugungi kunda mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishda qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash eng muhim vazifa bоʻlib qolayotganini ta’kidladi. Bu borada davlat hokimiyatining mustaqil tarmogʻi bоʻlgan sud tizimining оʻrni va ahamiyati gʻoyat katta. Bu haqiqatni biz bugungi kunda, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga kоʻtarishga qaratilgan keng kоʻlamli islohotlar jarayonida tobora chuqur his etmoqdamiz, dedi Prezidentimiz83.
Istiqlol yillarida mamlakatimizda sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash va nufuzini oshirish, uni ilgarigi jazolovchi organdan inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qiladigan, jamiyatdagi demokratik оʻzgarishlarning muhim vositasi bоʻlgan institutga aylantirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jamoat tartibini saqlash, avvalambor, voyaga etmagan va yoshlar оʻrtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning buzgʻunchi tahdidlarni barvaqt aniqlash bоʻyicha yakdil harakatlarni, ularni hamkorlikda va sifatli bartaraf etilishini ta’minlash maqsadida 2018-yil 14 fevralda Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish tоʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga kоʻra taraqqiy etayotgan poytaxt xavfsizligining garovi sifatida harakatlar yakdilligi asosida barcha davlat organlari, fuqarolarning оʻzini оʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan оʻzaro hamkorlik qilishning amaliy mexanizmini joriy etish, «Jaholatga qarshi ma’rifat» ezgu gʻoyasi asosida har bir mahalla kesimida diniy-ekstremistik xususiyatga ega bоʻlgan huquqbuzarliklarni sodir etish sabab va shart-sharoitlarini barvaqt aniqlash va bartaraf etishga, birinchi navbatda, ekstremistik oqim mafkurasi ta’siri ostiga tushib qolgan shaxslarni tuzatishga alohida e’tibor qaratish, prokuratura organlari tomonidan kundalik asosda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga, shu jumladan, ish оʻrinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlashga amaliy yordam kоʻrsatish, shuningdek, aniqlangan qonunbuzarliklar, sun’iy tоʻsiq va gʻovlarni bartaraf etish bоʻyicha zarur choralar kоʻrish, jinoyatlarga choralar kоʻrish va ularni fosh etishda, birinchi navbatda, tezkorlik va muvofiqlashgan hamkorlikni ta’minlash maqsadida Toshkent shahar huquqni muhofaza qiluvchi organlarini «Xavfsiz shahar» apparat-dasturiy kompleksi imkoniyatlaridan keng foydalanishga yоʻnaltirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |