Ro’yxatga olindi” Korporativ boshqaruv fakulteti


Muhojirlar duch kelayotgan asosiy muammo va xatolar.10



Download 1,09 Mb.
bet9/11
Sana04.04.2023
Hajmi1,09 Mb.
#924830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv fa

Muhojirlar duch kelayotgan asosiy muammo va xatolar.10

Yana bir tomondan mehnat muhojirlarining moliyaviy tang vaziyatga tushib qolishi ular tomondan yuborilayotgan pul o’tkazmalari hajmiga ham salbiy ta’sir qilishi turgan gap. Jahon banki hisob-kitoblariga ko’ra, rivojlanayotgan mamlakatlarga pul o’tkazmalari 2020 yilda o’rtacha 19,9%ga kamayadi (2-jadval). Xalqaro pul o’tkazmalarining pasayishi Yevropa va Markaziy Osiyo hududida eng sezilarli bo’lib, o’tgan yilga nisbatan -27,5%ni tashkil etishi prognoz qilingan.
4-jadval
Kam va o’rta daromadli malakatlarga yuborilayotgan pul o’tkazmalari hajmining o’zgarishi.11

Muhojirlar tomonidan chet elda ishlab topilgan pul mablag’lari vatanga qaytganida kredit cheklovlarini yengib o’tish va biznesni yo’lga qo’yish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, inson kapitaliga sarmoya kiritgan muhojirlar ichki mehnat bozori talablarini o’zgartirishi mumkin.
Ammo, shuni unutmaslik kerakki, pandemiya tufayli aksariyat muhojirlarning rejalari o’zgarib ketdi. Soddaroq qilib aytganda, ular rejalashtirgan mablag’ni to’play olmadi, ko’zlangan kasb malakalarni o’rgana olmadi. Umuman, muhojirlar o’z xohishi bilan emas, majburlikdan vatanga qaytishiga to’g’ri kelmoqda. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar davomida pandemiya paytida vatanga qaytgan muhojirlarning 5% ko’zlagan jamg’armasini yig’ganligi tufayli vatanga qaytgani aniqlandi.
Bunday holatda, muhojirlarning vatanga qaytishidan jamiyat a’zolarining maksimal darajada naf ko’rishi vatanda ularning mavjud malakasi va investitsiyalaridan foydalanishni rag’batlantiruvchi institutlarga bog’liq. Bunda, ularning investitsiya kiritishga va mehnat bozorida reintegratsiyasi qilishiga rag’bat yaratuvchi tizimni shakllantirish juda muhim.
Pandemiya va o’zbekistonlik mehnat muhojirlari. O’zbekiston tashqi mehnat migratsiyasi jarayoni asosan muddatli va mavsumiy xarakterga ega va muhojirlarning aksariyati bahor va yoz oylarida chet elda ishlab, qishki mavsumda vatanga qaytadi. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi ma’lumotiga ko’ra, 2019 yil holatida 3 millionga yaqin o’zbekistonlik chet elda mehnat faoliyatini olib boradi va ularning aksariyati Rossiya va Qozog’iston hududida malaka talab qilinmaydigan sohalarda ish bilan band hisoblanadi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar davomida ushbu davlatlarga asosan kam ta’minlangan oila a’zolarining borishi, daromadi yuqori uy-xo’jaliklari vakillari esa ko’proq Turkiya, Janubiy Koreya va AQShga yo’l olishi aniqlangan.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko’ra, 2019 yilda mehnat muhojirlari tomonidan O’zbekistonga yuborilgan pul o’tkazmalari hajmi 6 mlrd. dollarni tashkil qilgan. Xususan, MDH a’zo davlatlaridan 5 mlrd. jo’natilgan bo’lib, uning 98% Rossiya va Qozog’istondagi muhojirlar hissasiga to’g’ri keladi. Shuni ta’kidlash kerakki, so’nggi yillarda O’zbekiston Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan solishtirganda eng ko’p pul jo’natmalari qabul qiluvchi mamlakat bo’lib kelmoqda.
Chegaralarning yopilishi va qattiq karantin choralari chet elda mehnat qilayotgan o’zbekistonlik fuqarolarga ham salbiy ta’sirini ko’rsatmay qolmadi. Xususan, turli manbalarga ko’ra, qish mavsumi davrida uyiga qaytgan 500 mingga yaqin fuqarolar ko’zlangan manziliga qaytib keta olmadi. Bundan tashqari, O’zbekiston fuqarolarining asosiy manzili hisoblangan Rossiya Federatsiyasida har ikkinchi muhojir ishsiz qoldi. Ijara va oziq-ovqat xarajatlari tufayli muhojirlar ahvoli yanada og’irlashdi. Natijada, iyun oyidagi tiklanishga (o’tgan yilning mos davriga nisbatan 9%ga o’sish) qaramay, joriy yilning birinchi yarim yilligida O’zbekistonga yuborilgan transchegaraviy pul o’tkazmalarining umumiy hajmi o’tgan yilning mos davriga nisbatan 6%ga kamaydi (8-rasm).

8-rasm. O’zbekistonga/dan jo’natilgan transchegaraviy pul o’tkazmalari hajmi (mln. AQSh dollarida)12
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hamda BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda mahallalar darajasida o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, mehnat muhojirlari pandemiyadan eng ko’p jabr ko’rgan aholi qatlarnlaridan biri ekanligi aniqlandi. Xususan, 43% mahallalarda respublikaga qaytgan fuqarolarning soni oshgan, eng yuqori o’sish Namangan, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatilgan. Qaytgan muhojirlar asosan ish bilan ta’minlash (54%), moliyaviy yordam (27%) va oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyoj sezayotganligi aniqlandi.
Nazariyaga ko’ra, ishchi kuchining ortiqcha cheklovlarsiz erkin harakati xalqaro migratsiyaning barcha ishtirokchilariga birdek foyda keltiradi. Ammo, deyarli barcha rivojlangan davlatlar viza, patent, sug’urta va shu kabi boshqa cheklovlar orqali migrantlar oqimini nazorat qiladi. Mahalliy mehnat bozorini rag’batlantirish, byudjet mablag’larini qayta taqsimlash va davlat tomonidan ko’rsatiladigan ijtimoiy yordamni avvalarnbor o’z fuqarolariga yo’naltirish, mazkur cheklovlarning asosiy sabablari hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, xalqaro migratsiya jarayonining o’yin qoidalarini mehnat resurslarini qabul qiluvchi mamlakat ishlab chiqadi. Pandemiya paytida mazkur cheklovlarning ahamiyati yanada oshgani qabul qiluvchi mamlakatlarni qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarning huquqlarini mustahkamlash maqsadida qo’shimcha chora-tadbirlar ko’rishga undadi.
Xususan: Filippin va Xitoy tajribasi. Filippin iqtisodiyotida chet elda mehnat qiluvchi muhojirlarning o’rni muhim hisoblanadi. 2019 yilda muhojirlar tomonidan mamlakatga yuborilgan pul o’tkazmalari hajmi 30 milliard dollarni tashkil qilgan va bu mamlakat YaIMning 10%ga teng. Har yili 1 millionga yaqin filippinlik ish topish maqsadida chet elga ketadi, turli hisob-kitoblarga ko’ra, dunyo bo’ylab 10 millionga yaqin filippinlik mehnat muhojiri mavjud.
Filippin hukumati mehnat muhojirlariga turli ko’rinishda ijtimoiy-iqtisodiy yordam berib kelmoqda. Xususan, Xitoy hukumati bilan erishilgan kelishuvga binoan muhojirlar va ish beruvchilar o’rtasida uzviy ma’lumotlar almashinuvini ta’minlovchi ma’lumotlar platformasi yaratildi.
Bundan tashqari, pandemiya davrida «Muhojirlar farovonligi jamg’armalari» tomonidan muhojirlarning ma’lum qatlarnlariga moddiy va ma’naviy ko’mak ko’rsatildi. Mazkur jamg’armalar migratsiya jarayonidagi qiyinchiliklarni bartaraf etish, jarayonni soddalashtirish va muhojirlarga ko’mak berish maqsadida asos solingan bo’lib, muhojirlarning o’zlari, xususiy bandlik agentliklari, ish beruvchilar va hukumat tomonidan qisman moliyalashtiriladi.
Shri-Lanka tajribasi. Turli hisob-kitoblarga ko’ra, dunyo bo’ylab shri-lankalik mehnat muhojirlarining soni 1 milliondan ortiq bo’lib, har yili 200 ming nafar fuqaro ishlash maqsadida chet elga yo’l oladi. Muhojirlar vataniga har yili 5-7 milliard AQSh dollari atrofida pul o’tkazmalari jo’natadi. Xususan, 2018 yilda mamlakatga yuborilgan pul o’tkazmalari hajmi 7 milliard dollardan ko’pni tashkil qilgan bo’lib, bu mamlakat YaIMning 8%ga teng hisoblanadi.
Pandemiya paytida Shri-Lanka hukumati tomonidan muhojirlar muammolarini eshitish va unga yechim topish maqsadida virtual platforma yaratildi. Og’ir ahvolga tushib qolgan muhojirlarga yordam berish maqsadida O’rta sharq mamlakatlari bilan hamkorlikda migratsiya qonunchiligi soddalashtirildi. Xususan, Qatar va Saudiya Arabistoni hududidagi muhojirlarga pandemiya bilan bog’liq shikoyatlar yuzaga kelganda mamlakat sog’liqni saqlash tizimidan bepul foydalanish huquqi berilib, vaziyat yaxshilangunga qadar turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanadigan bo’ldi. Bundan tashqari Shri-Lanka hukumati muhojirlar tomonidan mamlakatga jo’natilgan pul o’tkazmalarini qabul qilish bo’yicha bir qator yengilliklar joriy qildi.
Bangladesh tajribasi. Bangladesh mehnat resurslari va ularni qayta tayyorlash byurosi ma’lumotlariga ko’ra, har yili 500 mingga yaqin fuqaro chet elga ish topish maqsadida jo’nab ketadi. Ularning aksariyati Ko’rfaz hamkorlik tashkiloti mamlakatlari va Hindistonga yo’l olib, asosan malaka talab qilmaydigan sohalarda faoliyat yuritadi.
Pandemiya davrida hukumat vatanga qaytgan muhojirlarning reintegratsiya jarayonlarini yengillashtirish maqsadida ularga tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishlari uchun maxsus kredit liniyalari ajratib, mehnat bozorida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ortiqcha mehnat resurslari bosimini kamaytirishga harakat qilmoqda. Qo’shimcha tarzda, ish beruvchilarni qulay axborot bilan ta’minlash maqsadida qaytgan fuqarolarning malaka va ko’nikmalari bo’yicha ma’lumotlar bazasi yaratilmoqda.
O’zbekiston tajribasi. Pandemiya inqirozi natijasida chet elda qiyinchilikka uchragan va respublikaga qaytgan mehnat muhojirlariga ijtimoiy-iqtisodiy yordam berish maqsadida hukumat tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, iyul oyining oxiriga qadar 200 mingdan ortiq xorijdagi vatandoshlar charter reyslari va chegaralar orqali O’zbekistonga kirib keldi, respublikaning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan xorijda qiyin ahvolga duch kelgan fuqarolar oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlandi.13



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish