Ro‘yxatga olindi” Korporativ boshqaruv fakulteti


-rasm. Qimmatli qog‘ozlar bozorining tarkibi2



Download 0,55 Mb.
bet6/13
Sana14.04.2022
Hajmi0,55 Mb.
#551065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abdurahmonov Dilshod

2-rasm. Qimmatli qog‘ozlar bozorining tarkibi2.


Hozirgi vaqtda mamlakatimizda fond bozorining tarkibiga “Toshkent” Respublika Fond birjasi, “Elsis – Savdo” birjadan tashqari elektron savdo tizimi, Respublika valyuta birjasining fond bo‘limi kiradi.
Biz bozor turlari orasidan moliya bozori va uning tarkibi bo‘yicha tasniflab chiqdik. SHu moliya bozori turlaridan biri bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bozori tarkibi bo‘yicha bazaviy ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Endi shu bozorning chuqurroq talqin qilish maqsadida biz qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.




3-rasm. Qimmatli qog‘ozlar bozorining ishtirokchilari.3


YUqoridagi chizmadan shuni ko‘rish mumkinki, qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi organlar bu Xususiylashtirish Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi, Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bosh boshqarmasi, Moliya vazirligi Markaziy bank va professional ishtirokchilar uyushmasi. Emitentlar sifatida esa Davlat, YUridik shaxslar, Fond birjalari va Xalqaro moliya tashkilotlari. Professional ishtirokchi sifatida esa investitsiya vositachisi, investitsiya maslahatchisi, investitsiya fondi, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi, depozitariy va marketmeykerlar. Qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlar sifatida davlat, yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar va xalqaro moliya tashkilotlari maydonga chiqadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlar va emitentlar o‘rtasidagi vaqtincha bo‘sh pul mablag‘lari xarakati, uning miqdori juda ko‘p omillarga bog‘liq.Ulardan asosiylari quyidagilar:

  • Qimmatli qog‘ozlar bozorining daromadlilik darajasi;

  • Qimmatli qog‘ozlar bozorining soliqqa tortilish darajasi;

  • Qimmatli qog‘ozlar bozorida kapital va u keltiradigan foydani yo‘qotilish xatari darajasi;

  • Qimmatli qog‘ozlar bozorida sarmoyadorlar xaq-xuquqlarini ximoya qilish darajasi;

  • Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘liq, aniq va oshkora ma’lumotlarning mavjudlik darajasi va boshqalar.

Bu ta’kidlab o‘tilgan omillar qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishiga yoki aksincha, uning inqirozga uchrashiga sabab bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlar bilan savdolar birja bozorida ham, birjadan tashqari bozorda ham mazkur bozor ishtirokchilarining o‘zlari ishlab chiqqan va qonuniy tartibda mustahkamlangan tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Bunday tamoyillarga quyidagilar kiradi:
-qimmatli qog‘ozlar bozorida tuziladigan bitimlarning ixtiyoriyligi;
-aniq yuzaga kelgan talab va taklif asosida narxlarni belgilash;
-qimmatli qog‘ozlar bozoriga oid qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilish;
-qimmatli qog‘ozlar, ularning emitentlari, narxlari, birja va birjadan tashqari bitimlar haqidagi axborotlarni majburiy ravishda oshkor etish;
-sarmoyadorlar xuquqlari va manfaatlarini himoyalash;
-qimmatli qog‘ozlar bozorida tovlamachilik va nayrangbozliklarning taqiqlanishi va ta’qib qilinishi.
Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi tartibsizlik, istalgan boshqa bozordagi kabi, uning ishtirokchilariga ham, davlatga ham juda qimmatga tushishi – qimmatli qog‘ozlarning mayda egalari tomonidan o‘z jamg‘armalarining yo‘qotilishidan tortib, to muqarrar iqtisodiy larzalar bilan birjaning barbod bo‘lishigacha olib kelishi mumkin. Mazkur salbiy jarayonlar extimolini eng kam (minimum) holatgacha tushirish, qimmatli qog‘ozlar doimiy aylanmasi, qo‘ldan–qo‘lga o‘tishi uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratish – bu fond bozorini tashkil qilish va tartibga solish jarayonida doimiy ravishda xal etiladigan asosiy vazifalardir.
Sobiq Sovet Ittifoqi iqtisodiy adabiyotlarida turli iqtisodiy vositalar va ularning iqtisodiyotga ta’sirini ko‘rib chiqishda an’anaviy tarzda fond birjasiga katta e’tibor qaratilardi. Faqat fond birjasi qimmatli qog‘ozlar bozoridan ajratilgan holda ko‘rib chiqilar edi. Qimmatli qog‘ozlar bozorining asosiy muassasasi sifatida fond birjasining roli bir tomonlama talqin qilindi va, odatda, yirik kapitalistlarning tanqislik davrida o‘rta va mayda kapitalistlar hisobidan boyib ketishi bilan, shuningdek, umuman iqtisodiyot uchun yuzaga kelgan salbiy oqibatlar bilan bog‘lanardi. Darvoqe, bunday nuqtai nazar to‘liq xaqiqatga mos kelmaydi, chunki fond birjasi faqat qimmatli qog‘ozlar bozori, deb nomlanuvchi tizimning (ahamiyatli bo‘lishiga qaramay) unsurlaridan biri hisoblanadi.
SHuni ta’kidlab o‘tish lozimki, qimmatli qog‘ozlar bozori u yoki bu davlatning iqtisodiyotiga turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin. U to‘g‘ri tashkil etilib, davlat tomonidan ustalik bilan tartibga solinsa, fond bozorining xalq xo‘jaligiga ta’siri ijobiy bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini iqtisodiyotdagi rolini yana ham aniqroq tushunish uchun bizda faqat bu bozor tarkibi va qatnashchilar, shu bilan birga uning bajaradigan vazifalarini o‘rganishni taqazo etadi. SHu sababli biz qimmatli qog‘ozlar bozorini vazifalarini ko‘rib chiqamiz. Qimmatli qog‘ozlar bozori boshqa bozorlar singari nafaqat umum bozor vazifalarni shu bilan birga maxsus vazifalarni ham bajaradi. Umumbozor vazifalari bu boshqa bozorlarga ham tegishli bo‘lgan vazifalar bo‘lsa maxsus vazifalar faqat qimmatli qog‘ozlar bozorini o‘ziga tegishli bo‘lgan vazifalar.
Quyidagi sanab o‘tiladigan vazifalar qimmatli qog‘ozlar bozorini umumbozor vazifalari qatoriga kiradi.
Tijorat vazifasi. Har bir bozorning iqtisodiyotdagi faoliyatining bosh maqsadi bu foyda olish hisoblanadi.
Axborot bilan ta’minlash vazifasi. Har bir bozor o‘z qatnashchilariga bozordagi savdo natijalari yoki o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar etkazib turadi.
Tashkil etish vazifasi ya’ni har bir bozor savdo sotiqni tashkillashtirish va olib borish uchun ma’lum joylarni tashkil etadi.
Tartibga solish vazifasi. Har bir bozor o‘z ishtirokchilari uchun savdoni tashkil etish tartib qoidalari va yo‘l–yo‘riqlarini ishlab chiqadi. Bunga qo‘shimcha ravishda shu bozorda yuzaga keladigan ikki tomonlama nizolarni bartaraf etish maqsadida tartib qoidalarni xam ishlab chiqadi va tatbiq etadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining umumbozor vazifalaridan tashqari quyidagi maxsus vazifalarni ham bajaradi:

  • mamlakat axolisining, korxonalarning va davlatning vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larining jamlanishi ta’minlanadi. Buning natijasida kapital istemolchilari kerakli miqdordagi pul mablag‘larini oladi va sarmoyadorlar o‘z mablag‘larini saqlash xamda ularni ko‘paytirish imkoniyatiga ega bo‘ladi;

  • qimmatli qog‘ozlar bozori kapitalning jamlanishi va markazlashuvi jarayonining tezlashishini ta’minlaydi. Bozor yordamida iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida kapitalning og‘ib o‘tishi amalga oshiriladi;

  • qimmatli qog‘ozlar bozori tarmoqlararo to‘siqlarni olib tashlashga xizmat qiladi. Iqtisodiyot tarmoqlaridagi vaqtincha bo‘sh pul mablag‘lari ishlab chiqarishni boshqa tarmoqlariga og‘ib o‘tadi. Kapitalning bu oqimi buyruq yoki ko‘rsatma asosida emas, balki aniq bir iqtisodiy manfaat munosabatlari asosida amalga oshiriladi. Vaqtincha bo‘sh pul mablag‘lari zamonaviy va daromad keltiruvchi ishlab chiqarish korxonalariga investitsiya qilinadi va shu asosda iqtisodiyot tarmoqlari tarkibida sifat siljishlari yuzaga keladi;

  • qimmatli qog‘ozlar bozori sarmoyadorlarining ya’ni mamlakat axolisining, korxonalarning va davlatning vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini jamlab, uni kapitalga aylantirib, bu kapitalning oqilona va samarali xarakatini ta’minlaydi;

  • qimmatli qog‘ozlar bozori qimmatli qog‘ozlarga bozorda shakllangan talab va taklif asosida xaqiqiy bozor baxosini belgilaydi. SHuning uchun fond birjasi mamlakat iqtisodiyotining barometri xisoblanadi;

  • qimmatli qog‘ozlar bozori aniq bir kapitalni (bank, savdo, sanoat) xarakatini faollashuviga imkoniyat yaratadi. Buning natijasida iqtisodiyotda u yoki bu muammolarni xal etish imkoniyati paydo bo‘ladi;

  • qimmatli qog‘ozlar bozori yordamida davlat byudjeti taqchilligi (defitsit) qoplanadi. SHuni ta’kidlash lozimki, bu jarayonda muomalaga qo‘shimcha pul massasi emissiya qilinmaydi va shu asosida mamlakatda inflyasiyani tartibga solib turish imkoniyati tug‘ildi;

  • qimmatli qog‘ozlar bozori mamlakatda yangi mulkdorlar sinfini shakllantiradi. Ulushli qimmatli qog‘oz (aksiyalar) xarid etib olgan aksiyador korxonaning mulkdoriga aylanadi. SHu asosda aksiyadorlar korxonaning samarador ishlashidan manfaatdor bo‘ladi, chunki korxonaning daromad topishi aksiyadorga dividend keltiradi. SHuning uchun aksiyadorlar korxonalarning boshqaruvida faol ishtirok etadilar.

YUqoridagi sanab o‘tilgan vazifalar qimmatli qog‘ozlar bozorini iqtisodiyotdagi rolini to‘laroq ko‘rsatib beradi. Agar bozor yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarni barchasini bajarsa bu bozorni iqtisodiyotdagi roli shunchalik axamiyatli bo‘lib boradi. Bugungi glabal iqtisodiy tizim sharoitida har bir bozorni barcha vazifalarini bir vaqtni o‘zida bajarishini taqozo qiladi va shu orqali bozor yuqori samaraga erisha oladi.
SHuni ham inobatga olish kerakki yuqoridagi sanab o‘tilgan vazifalar ochiq iqtisodiy tizimga hos bo‘lib unda xususiy mulkchilik tizimi asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Agar iqtisodiyotda bunday tizim mavjud bo‘lmasa yoki bo‘lsa ham yopiq iqtisodiyot bo‘lsa, bunday mamalakat qimmatli qog‘ozlari bozori yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar qimmatli qog‘ozlar bozoriga qaram bo‘lib qoladi.




  1. Download 0,55 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish