Ro‘yxatga olindi” Korporativ boshqaruv fakulteti


Xulosa……………………………………………………………33



Download 0,55 Mb.
bet2/13
Sana14.04.2022
Hajmi0,55 Mb.
#551065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abdurahmonov Dilshod

Xulosa……………………………………………………………33

  • Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………..35



    Kirish
    Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va innovatsion rivojlantirish yirik hajmdagi investitsiyalarni talab etadi. Ushbu jarayonda moliya bozorlari, xususan, qimmatli qog‘ozlar bozori muhim rol o‘ynaydi. Qimmatli qog‘ozlar bozorining taraqqiy etish darajasi mamlakat moliya bozori rivojlanishini belgilab beruvchi muhim bo‘g‘inlardan biridir. Tizim rivojida uning tarkibidagi savdo tuzilmalarining kapitallashuv darajasi, aylanma hajmi yuqoriligi, qimmatli qog‘ozlarning daromadlilik darajasi hamda muomaladagi instru­mentlar likvidligi asosiy ahamiyatga ega.
    Bundan tashqari, qim­matli qog‘ozlar bozorining rivojlanishi va xalqaro integratsiyalashuvi mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga ko‘maklashuvchi muhim omildir. SHu bois ham, iqtisodiyoti taraqqiy etgan barcha mamlakatlarda qimmatli qog‘ozlar bozori rivojiga alohida e’tibor qaratiladi.
    So‘nggi yillarda mamlakatimiz qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish yo‘lida ko‘plab ezgu islohotlar amalga oshirildi. Bugun sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish borasida bir necha me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha izchil sa’y-harakatlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, tizimda echimini kutayotgan muammolar ham yo‘q emas. Quyida mazkur sohaga oid asosiy ko‘rsatkich­larni tahlil qi­lish orqali mamlakatimiz qimmatli qo­g‘ozlar bozori rivojlanishi darajasi va muammolariga to‘xtalamiz.
    Mam­la­katimiz qimmatli qog‘ozlar bozori aylanmasining 2009-2015 yillardagi rivoj­la­nish ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Qayd etil­gan 2009 yil­da qimmatli qog‘oz­lar bozori aylanmasi 749,6 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilga kelib, maz­kur ko‘rsatkich 2093,5 mlrd. so‘mga oshgan. Qimmatli qog‘ozlar bozori aylanmasi 2013 yil­ga kelib 977,4 mlrd. so‘mga pasaygan. 2014 yil ushbu ko‘rsatkich 1327 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Mazkur ko‘rsatkich 2015 yilga kelib keskin o‘zgargan, 264,4 %ga o‘sib, 3508 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Tabiiyki, bu holat qimmatli qog‘ozlar bozorida likvidli qimmatli qog‘ozlar muomalasini yanada oshirish uchun kerakli chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini anglatadi.
    Rivojlangan mamlakatlarda qimmatli qog‘ozlar bozori yoki fond birjasi kapitalizatsiyasining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi (QQB/YAIM ko‘rsatkichi) juda yuqori bo‘lib, bu ko‘rsatkich Nyu-York va Tokio fond birjalarida 70-90 foizni, Koreya va London fond birjasida 100-120 foizni, Gonkong fond birjasida 1000-1200 foizni tashkil etadi.
    So‘nggi yillarda mamlakatimiz qimmatli qog‘ozlar bozorining yalpi ichki mah­sulotdagi ulushi 1 foiz­ga ham etmay kelyapti. Faqatgina o‘tgan 2015 yilda ushbu ko‘rsatkich 2,04 foizni tashkil etdi. Ushbu raqamlar qimmatli qog‘ozlar bozori mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda etarlicha o‘ringa ega emasligini ko‘rsatadi.
    Qimmatli qog‘ozlar bozori taraqqiy etishida ikkilamchi bozorning rivojlanganlik darajasi va barqaror amal qilishi muhim o‘rin tutadi.
    2009-2015 yillarda umumiy qimmatli qog‘ozlar bozorining juda katta qismi birlamchi bozor hissasiga to‘g‘ri kelgan. Faqatgina 2011 yilda umumiy qimmatli qog‘ozlar bozorida ikkilamchi bozorning ustunligi kuzatilgan. So‘nggi yillarda ikkilamchi bozorning hissasi keskin pasayib, umumiy qimmatli qog‘ozlar bozoridagi ulushi 2013 yilda 16,9 foiz, 2014 yilda 9,1 foiz va o‘tgan 2015 yilda 7,5 foizni tashkil etgan. Bu holat fond bozorida muomalada mavjud bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning daromadlilik darajasi va likvidligi past­ligini ko‘rsatadi. Qimmatli qog‘ozlarning daromadlilik darajasi va likvidligi pastligi investorlar qiziqishini kamaytiradi, natijada, fond bozorining jalb etish xususiyati kamayadi.
    2009-2015 yillarda qimmatli qog‘ozlar bozorining umumiy aylanmasida uyushmagan bozor mutlaq ustunlikka ega bo‘lgan. Uyushmagan bozorda uyushgan bozor («Toshkent» Respublika fond birjasi va «Elsis-savdo» birjadan tashqari uyushgan bozori) ga nisbatan savdo hajmi yuqoriligining asosiy sababi, davlatga tegishli korxonalar aksiyalari xususiylash­tirish yo‘li bilan bozorga chiqarilganligi jarayoni bilan bog‘liq. Uyushmagan bozorning umumiy bozor hajmida uyushgan bozorga nisbatan gipertrofirlashgan darajada ustunligining yana bir sababi uyushmagan bozorda transaksion (komission) xarajatlar minimal darajada ekanligi va ularni rasmiylashtirish osonligidir.
    2009-2015 yillarda qimmatli qog‘ozlar bozori umumiy aylanmasi hajmida aksiyalar bozori obligatsiyalar bozoriga nisbatan juda katta farq bilan ustunlik qilgan. So‘nggi yillarda obligatsiyalar bozori aylanmasida keskin pasayish kuzatilib, bu holat uning umumiy bozor hajmidagi ulushi tushib ketishiga olib keldi.
    Umumiy qimmatli qog‘ozlar bozorida aksiyalar bozorining hajmi tahlil qilingan so‘nggi ikki yilda 99 foizni tashkil etgan. Aksiyalar bozorining obligatsiyalar bozoriga nisbatan ustunligi umumiy qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanish darajasi yuqori ekanligini anglatmaydi.
    YUqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 2015 yilda hududlarda sotilgan aksiya­larning aksariyat qismi birlamchi bozor hissasiga to‘g‘ri kelgan. Buxoro va Samarqand viloyatlari bundan mustasno bo‘lib, ushbu hududlarda ikkilamchi bozor birlamchi aksiyalar bozoriga nisbatan yuqoriroq ko‘rsatkich­ga ega. Jadval ma’lumotlaridan esa Qashqadaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2015 yili aksiyalarning birlamchi savdosi umuman amalga oshirilmaganligini ko‘rishimiz mumkin.
    Respublikamiz hudud­la­rida amalga oshirilgan umumiy aksiyalar savdosi tahlili birlamchi aksiyalar bozorining ulushi 92,7 foizni tashkil etganligini ko‘rsatib turibdi. Hududlardagi aksiyalar birlamchi savdosida Toshkent shahrining ulushi 82 foizni tashkil etgan bo‘lsa, qolgan 18 foizi boshqa viloyatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Hududlar kesimida aksiyalar ikkilamchi savdosining tahlili ham Toshkent shahrining ulushi 86 foizni tashkil etganligini ko‘rsatmoqda. Bu esa aksiyalar birlamchi va ikkilamchi savdolarining asosan, Toshkent shahrida amalga oshirilayotganligi va hududlar bilan taqqoslaganda juda katta nomuvofiqlik (disbalans) mavjudligini ko‘rsatayapti. Hududlardagi qimmatli qog‘ozlarning asosiy savdo aylanmasi ham aksiyalar hissasiga to‘g‘ri kelib, obligatsiya va boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlar savdosi deyarli mavjud emas.
    Umuman olganda, muomalada faqatgina aksiyalar va obligatsiyalarning mavjudligi mamlakatimiz qimmatli qog‘ozlar bozori moliyaviy instrument turlari va xilma-xillik nuqtai nazaridan u qadar boy emasligini ko‘rsatadi. Bu esa investorga instrumentlar jihatidan diversifikatsiya qilish imkonini bermaydi. Yuqoridagi muammolarni hal qilishning eng asosiy yo‘li – bu mamlakatimiz iqtisodiyotida yuqori ulushga ega bo‘lgan yirik korxonalarning davlat ulushi sifatida turgan qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish (hech bo‘lmaganda bir qismini) va investorlarga erkin sotish hisoblanadi. Muhimi, bu jarayon allaqachon boshlab yuborilgan.
    Yuqorida tilga olingan masalalarning hal etilishi likvidli instrumentlar tak­lif etilishiga, qimmatli qog‘ozlarning daromadlilik darajasi o‘sishiga, aholining fond bozoriga ishonchi ortishiga olib keladi. Eng asosiysi esa bu orqali bozorning jalb qilish xusu­siyati ortishi hamda qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishini ta’minlashga erishish mumkin.

    Download 0,55 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish