5.Bilim, mahorat va ko’nikmalarni nazorat qilish hamda tuzatish darsi o’qitish natijalarini baholash uchun, o’quvchilarning bilim darajasini diagnostika qilish, o’quvchilarning o’z bilimlarini qo’llashga tayyorliklari, o’qitishning turli vaziyatlarida mahoratlari va ko’nikmalarini tekshirish uchun mo’ljallangan. Bunday darslarning ko’rinishlari og’zaki yoki yozma so’rov, diktant, masala va misollarni ifoda etish yoki mustaqil echish, amaliy ishlarni bajarish, imtihon, mustaqil yoki nazorat ishi, test olish bo’lishi mumkin. Yakuniy dars natijalariga qarab keyingi mashg’ulot odatiy xatolarni, bilimdagi kamchiliklarni tahlil qilishga, qo’shimcha topshiriqlarni belgilashga bag’ishlanadi.
Maktab amaliyotida darsning boshqa turlaridan- dars musobaqa, maslahat, bir-birini to’ldirish ma’ruzasi, fanlararo dars, o’yin kabilardan foydalaniladi.
Har qanday ma’ruzaning umumiy tuzilishini asosi – bu mavzuni bayon etish, rejani va mustaqil ishlash uchun tavsiya etiladigan adabiyotlarni ko’rsatish, keyin esa – ko’rsatilgan ishning rejasiga qat’iy amal qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |