Uning fikricha, aqliy rivojlanish quyidagi ko’rsatkichlar bilan:
1) tafakurning mustaqilligi bilan;
2)o’quv materialining o’zlashtirishning tezligi va mustahkamligi bilan,
3)Standart bo’lmagan vazifalarni xal qilishda aqliy chammalashning (topqirlikning) tezligi bilan;
4 o’rganib chiqilayotgan hodisalarning mohiyatiga chuqur kirib borish (muhim bo’lgan narsani, muhim bo’lmagan narsadan ajrata bilish)bilan va
5) aqlning tanqidiy qarashi, balandparvoz, asossiz mulohazalarga moyillikning yo’kligi bilan xarakterlanadi.
D.B.Elkonin uchun aqliy rivojlanishning asosiy mezoni – to’g’ri tashkil etilgan o’quv faoliyati strukturasining(tarkib topgan o’quv faoliyati)hamda uning komponentlari – masalaning qo’yilishi, vositalarni tanlash, o’z-o’zini nazorat qilish va o’z-o’zini tekshirishning mavjudligi, shuningdek, o’quv faoliyatidagi predmet va simvolik rejalarning to’g’ri nisbatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |