1.Obektivlik tamoili. O’quvchm shaxsiga xos bo’lgan psixologik xodisalarni obektiv holatda o’rgangandagina to’g’ri xulosalar aniqlanadi. O’quvchining o’zi haqida gapirganiga qarab, unga baho beriladi.
2.Rivojlanish tamoili. Bu tamoil bola shaxsiga xos bo’lgan psixologik xodisalarni o’sishi, o’zgarishda, hamma vaqt rivojlanishda qarashni taqozo etadi.
3.O’zoro bog’liqlik tamoili. Bu tamoil o’quvchi hayoti va faoliyatining tashqi sabablarini tashqi ta’sirlarning har bir o’quvchiga ta’sir etish sabablarini bilishni talab qiladi. Pedagogik psixologiyaning ilmiy – tadqiqot metodlari yuqoridagi tamoillarga asoslanadi.
Pedagogik psixologiyaning metodlari umumiy psixologiyaning metodlaridan iborat bo’lib, ularga mateiatik – strtistik metod qo’shiladi. Bu metodning mohiyati shurdaki, bunda aniqlangan xulosalarni tekshirish uchun turli statistik usullardan foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda pedagogik psixologiya sohasidagi ilmiy tekshirish ishlarining muvaffaqiyati uchun ta’limning quyidagi sohalariga e’tibor berish kerak.
1.Ona tili o’qitish psixologiyasi. Bu soha o’quvchilarda ona tili fanidan bilim, iqtidor va malakalar hosil qilish usullarini topish masalalarini o’rganadi. Bu yozishga, o’qishga, orfografiya va gramatikani o’rgatish masalalarini o’z ichiga oladi.
2.Chet tilini o’qitish psixologiyasi. Bu bo’lim chet tilidan to’g’ri gapirish, o’qish, yozish va tarjima qilish masalalarini o’z ichiga oladi.
3.Matematika o’qitish psixologiyasi. Bu bo’lim matematik fanlarni to’g’ri o’zlashtirish masalalarini o’rganadi.
4.Geografiyani o’qitish psixologiyasi. Bu bo’lim geogrifik bilimni tez va mustahkam o’rganish masalalari bilan shug’ullanadi.
5.Mehnat talimi psixologiyasi. Bu bo’lim mehnat madaniyati va o’quvchilarda ijtimoiy mehnatga ongli munosabat hissini tarbiyalash muamolarini o’z ichiga oladi.
O’qitish o’quvchining bilim faoliyatini o’stirish bo’lib, ikki tomonlama jarayondir. Bu jarayon o’qituvchi va o’quvchi tomonidan amalga oshiriladi. Bu jarayonda o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga ularning yoshi va individual hususiyatlari hisobga olingan holda fanlar asoslari singdiriladi. O’qituvchining faol faoliyati tufayli o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish maqsadi amalga oshiriladi. Bilimlarni o’zlashtirish o’quvchining bilish faoliyatidir. Bu faoliyat tufayli o’quvchilarga bilim, iqtidor, malakalar singdiriladi, ular shaxsi shakllantiriladi. O’qish faoliyati tufayli o’quvchilar tabiat va jamiyatga doir bilim asoslari bilan qurollanadilar.
Hozirga vaqtda ta’limning bir qancha shakllari bor. Bular o’quvchining obektiv olamga faol munosabatida nomoyon bo’ladi va uning oyin, mehnat va o’qish faoliyatida aks etadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, o’quvchining faoliyati davomida bilim o’zgarib. Aniqlashib boradi. O’quvchining bilim zonasi uning og’zaki va yozma nutqi orqali yuzaga chiqadi. Bu jihatdan o’quvchilarning bilimi quyidagi sifatlarga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |