|
bet | 30/204 | Sana | 05.06.2023 | Hajmi | 0,92 Mb. | | #948833 |
|
Bog'liq
Ro’yxatga olindi ¹2021 yil “ ”
Dasturning informatsion-metodik ta’minoti
Dasturda ko’zda tutilgan mavzularni o’qitishda ta’limning zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish samarali natijalar beradi. Buning uchun mashg’ulotlarda mavzuning va muamoning xususiyatidan kelib chiqqan holda muamoli ma’ruza, «Aqliy hujum», «Kichik gurhlarda ishlash», «Loyiha», «Klaster», «Yo’naltiruvchi matn», «Munozarali dars» kabi ta’lim metodlari va shakllaridan foydalanish hamda ta’limning texnik vositalari qo’llash maqsadga muvofiq.
Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari pedagogik va axborot komunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan.
-Pedagogik psixologiya va psixologiya fanlarini o‘qitish
metodikasining predmeti,psixologiya fanlarini o‘qitish metodikasi fanining nazariy masalalari, dars o‘quv faoliyatini
tashkil etish sharti sifatida, ma’ruza mashg’uloti va uning mazmuni bo‘yicha ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalardan;
-Dars o‘quv faoliyatini tashkil etish sharti sifatida,ma’ruza mashg’uloti
va uning mazmuni, psixologiya fanlaridan seminar va labaratoriya mashg’ulotlari,psixologiyada o‘qitish metodlariga umumiy tavsif ,psixologiya fanlarini o‘qitishda ko‘rgazmali
va amaliy metodlar, o‘qitishning interfaol usullari, psixologiya fanlaridan bilimlarni nazorat qilish va baholashni tashkil qilish mavzularidan o‘tkaziladigan seminar mashg’ulotlarida
aqliy hujum, guruhli fikrlash,
kichik guruhlardagi munozara, loyiha, bumerang, 3x4, kabi pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutiladi.
“Pedagogik psixologiya va psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi”
fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni.
“
Pedagogik psixologiya va psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi” fanidan talabalar bilimini baholash O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risida”gi Nizom asosida amalga oshiriladi.
Mazkur fandan talabalar
bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o’tkazish orqali amalga oshiriladi.
Talabalar
bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: