Faoliyat mazmuni
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchilar
|
Mavzuga kirish
(15 daqiqa)
|
1. Ma’ruza mashg’uloti nomini aytadi, Proyektor orqali Ma’ruza mashg’uloti rejalarini ekranga chiqaradi. Mashg’ulot mavzusi, uning maqsadi va o’quv faoliyati natijalarini e’lon qiladi.
|
Tinglaydilar
Tinglaydilar
|
2-bosqich
asosiy bosqich
(55 daqiqa)
|
2.1 Talabalar diqqatini mavzuning mohiyatini ochish maqsadida beriladigan savol-javoblarga qaratadi:
1. Nima uchun milliy tuyg`ularni o`rganishda extiyotkorlik talab etiladi?
2. Milliy tuyg`ularning namoyon bo’lish intensivligi nimalarga bog`liq bo’ladi?
3. Milliy tuyg`ularni tashkil etuvchi komponentlarga nimalar kiradi?
4. Milliy tilga munosabat.
2.2.Javoblarni to’ldiradi, umumlashtiradi va bugungi o’quv mashg’ulotida ushbu savollarga kengroq javob olishlarini aytadi.
2.3 Ekranda slaydlar namoyish qilish orqali ta’lim metodlari , shakllari va vositalari to’g’risida to’liq ma’lumot yuyeradi.
Talabalar diqqatini har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni shakllantirish yo’llarii, shakllari usul va vositalari haqidagi ma’lumotlarga qaratadi. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining aosiy tamoyillarini tushuntiradi.
2.5 Mavzu bo’yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob beradi.
|
Savollarga javob beradilar, o’z fikrlarini, qo’yilgan masalaga nisbatan munosobatlarini bildiradilar.
Tinglaydilar, zarur ma’lumotlarni yozib oladilar
|
3.Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)
|
3.1 Mavzu bo’yicha yakuniy xulosalar qiladi. Mazko`r mavzu bo’yicha egallangan bilimlarning dolzarbligi va ahamiyatli ekanini alohida qayd etadi hamda kelajakda ushbu bilimlardan foydalanish imkoniyatlarini ko’rsatadi.
3.2 Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi: O’tilgan mavzu bo’yicha B/B/B jadvalini to’ldirib kelish.
|
Savol beradilar.
Vazifani yozib oladilar
|
Farzandlarimiz ongida Vatanga, boy tariximizga, milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat, ehtiromni qaror toptirish, har xil yot mafkura, qadriyatlarga ergashmaydigan milliy immunitetni shakllantirishimiz darkor. Buning uchun ularning tafakkurida o’zligini anglash va unutmaslik qaror topishi, o’z tarixi, o’tmishi, buyuk ajdodlari xayoti, milliy kadriyatlar, milliy urf-odatlarni yaxshi bilib, o’zlashtirishlari lozim.
Vatanga muhabbat, vatanparvarlik tuyg’usi odamning qalbida tabiiy ravishda tug’iladigandek, tuyuladi. Aslida bu tuyg’ularning ham shakllanishida ma’lum ta’lim tarbiyaviy tadbirlarga e’tibor berish zarur. “... Inson o’zligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg’usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qancha chuqur bulsa, tug’ilib o’sgan yurtga muhabbat xam shu o’adar cheksiz bo’ladi”
Do'stlaringiz bilan baham: |