Mavzu №13: Din psixologiyasining metodlari (2 soat)
1. Metod va metodologiya haqida tushuncha.
2. Din psixologiyasida psixologiya metodlarini qo’llash.
3.Kuzatish metodi va ularning turlari. O’z-o’zini Kuzatish va tabiiy eksrementda “Kvazieksperiment”ni qo’llash.
4. Suhbat va savol-javob metodlaridan foydalanish shartlari.
5.Anketa va intervyu metodlari va ularning turlari. Tarjimai holga oid ma’lumot-larda foydalanish metodi.
6.Hikoya va rivoyatlardan qo’shimcha manbaa sifatida foydalanish.
Mavzu №14: Din psixologiyasiga oid nazariyalar va fanning tarixan shakllanishi. Din paydo bo`lishining psixologik omillari.
(2 soat)
1.Din psixologiyasi haqidagi ta’limotlarni G’arb va Sharqda tarixan o’rganilishi.
2.Ilohiyatchilar, faylasuf, etnolog va psixologlar tomonidan o’rganilishi. Ulardagi umumiy va xususiy tomonlar.
3.Din psixologiyasi fanining tarixini o’rganishdagi qiyinchiliklar. Diniy e’tiqod eng qadimgi kishilarda qachon va qanday paydo bo’lgan? Ilmiy fan sifatida vujudga kelishi.
4.XIX-XX asr dinshunoslari U.Klark,G.Ollport, B.Malinovskiy, S.Xoll xizmatlari.
5. Antik davr faylasuflarining asarlarida diniy bilimlar.
Mavzu №15: Diniy e’tiqodning psixologik asoslari va uning shakllanish xususiyatlari(2 soat)
1.Diniy e’tiqodning yuzaga kelishi haqidagi g’oyalar va ularning mohiyati 2. Diniy e’tiqod va ularning turlari hamda shakllanishi.
3. Nodiniy e’tiqodning o’zgaruvchanligi. Nodiniy va shaxsning irodaviy xatti-harakatlari.
4. Qobiliyat, qiziqish, iste’dod va noqonuniy e’tiqodning bog’liqligi.
Mavzu №16: Etnopsixologiya va din psixologiyasida etnik tarbiya
(2 soat)
1. Milliy tarbiya haqida
2. Diniy tarbiya haqida
3. Tarbiya metodlari, vositalari va shaxs shakllanishida tarbiyaning o`rni
4. Etnik tarbiyada oilaning roli
5. Etnopsixologiya va diniy psixologiyada etnik tarbiya va ularning bog`liqligi va o`zaro farqi
Insoniy madaniyatlar rang baranglikka ega. Har bir millatning o`ziga xos madani-yati mavjud. Xalqning xulq-atvori, tarbiya, axloq koidalari milliy madaniyati tomonidan belgilanadi. Inson jamiyatda, odamlar orasida yashar ekan, jamiyat, millat va xalq tomonidan belgilangan va odob tusiga kirib q`olgan o`ziga xos talab koidalarga buysunadi.
Jamiyatning har bir bo`lagida tarbiya koidalari ishlab chiqilgan. Garb madaniyati uchun odatiy xolday ko`ringan tarbiya shakli ba’zi boshqa jamiyatlar uchun bunday holat bema’ni to`yo`ladi.
Tarbiya insonlarning turli madaniyatlarida ijtimoiylashuvi oqibatida o`zgaradi. Uning shakllanishi oiladan boshlanadi.Bolaning odobli, axloqli va mehnatsevar bo`lib usishlari uchun har bir oiladigi sharoit, oila boshliklarining namuna bo`lishlari xal qiluvchi ahamiyatga egadir. Ularning yaxshi odatlari, muomala madaniyati, so`zi bilan ishining birligi farzandlari uchun ibratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |