Etnopsixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
Etnopsixologiya fan sifatida mavzusi asosida B/B/B jadvalini to’ldiring
BILAMAN
|
BILIShNI HOHLAMAN
|
BILIB OLDIM
|
|
|
|
Nazorat uchun savollar
1. «Etnopsixologiya » fanini predmeti, maqsadi va vazifasi nimalardan iborat.
2. «Etnopsixologiya » fani qanday fan? U qaysi fanlar bilan o`zviy aloqador?
3. «Etnopsixologiya » fanini o’rganish bo’lajak psixologga qanday imkoniyat yaratib beradi.
4. Etnopsixologiyaning etnologiya va psixologiyadan farqi nimada?
5. Etnopsixologiyaning vazifalarini sanab bering?
6.Etnopsixologik muammolarni o`rganishga qiziqishning ortib borish sabablari.
Adabiyotlar:
Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
2. Karimov I.A. Donishmand halqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. T. 2000 y.
3. Alimov X. Milliylik va ijtimoiy ruhiyat. T. 1992 y.
4.Mamatov M. Milliy psixologik qiyofa va uning xususiyatlari. T. 1980 y.
5. Xudoyberdiyev I. Islom, shaxs va milliy psixologiya. T. 1994 y.
6. Mamatov M. Etnopsixologiya. T.1999y
7. Ma’ruza matni. Tuzuvchi: M.Sulaymonov
Internet saytlari
1. http: www.Iib.psixology.msu.ru
2. http: www.Iib.psixology.ru
3. http: www.Iib.psixology.rin.ru
4. http: www.Iib.psixology.narod.ru
5. http: www.bilimdon. uz
KIRISh
O’tmishni, milliy qadriyatlarni bilish, donishmand xalqimizning asriy an’ana va udumlarini o`rganish faqat ma’rifiy ahamiyat kasb etib qolmasdan, shuningdek, tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Zero milliy zaminda voyaga yetgan yoshlarda ota-bobolarining muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash, hurmat qilish kabi fazilatlar qaror topadi.
Yurtboshimiz ham milliy istiklol Mafkurasi haqida gapirib, u xalqimizning asriy an’ana va urf-odatlari, milliy mentalitetini aks ettirishi, millatimizga xos eng muqaddas tuyg`u va tushunchalarning mujassam ifodasi bo`lishi kerak, deb ko`rsatadi1 .
Har bir xalqka xos bo`lgan etnopsixologik xususiyatlarni bilishga bo`lgan qiziqish, qadim vaqtlardan beri mavjud. Bu avvalo insonlarga xos bo`lgan tabiy qiziqish orqali paydo bo`lgan bo`lsa, keyinchalik ma’lum amaliy ehtiyojlar, maqsadlar asosida rivojlanib borgan.
Mamlakatimizda etnopsixologiyaga oid tadqiqot asosan 60 yillarning o`rtalaridan keng qo`lamda olib borila boshlandi. Lekin etnopsixologiyani tashkil etuvchi komponentlar to`g`risidagi qarashlarda xali ham turli yondashuvlar mavjud. Biz etnopsixologiyaning asosiy komponentlari sifatida millatning belgilaridan biri - milliy psixologik qiyofani, uning elementlari - milliy xarakter, milliy urf-odat va an’analar, milliy tuyg`u, did, milliy ongning shakllanishi, namoyon bo`lishi kabi masalalarni ushbu ko`rsda yoritganmiz.
Kurs universitetlarining psixologiya, sotsiologiya, falsafa, tarix bo`limi talabalari, aspirantlar va etnopsixologiya masalalari bilan qizikuvchilarga muljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |