ROSSIYA O’ZBEKISTON ITTIFOQCHILIK MUNOSABATLARINING O’RNATILISHI VA RIVOJLANISHI
REJA:
KIRISH ………………………………………………………………...3
ASOSIY QISM…………………………………………………………6
1 O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosati tizimida Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlik omillari…………………………………6
2 Davlatlarimizning demokratik taraqqiyot sharoitida savdo-iqtisodiy hamkorlikning yo’lga qo’yilishi. (1991-2004)………………………...12
3 O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi strategik sheriklik to’g’risidagi bitimdan keyingi savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalari………………...18
4 Davlatlararo ijtimoiy, madaniy va harbiy-texnikaviy hamkorlikning yangi tizimi…………………………………………………………….25
XULOSA………………………………………………………………29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………31
K I R I SH. Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan so’ng o’tgan qisqa tarixiy davr mobaynida dunyoda o’zining munosib o’rnini egalladi. Hozirgi kunda biz XXI asrda oldimizda turgan muammolar yechimlari, yorqin istiqbolga erishish yo’llarida turibmiz. Bunda xalqimizning o’z taqdirini o’zi belgilash imkoniyatiga egaligi juda muhim omildir.
Zero, Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek “…inson nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg’usi ildiz otib, ulg’aya boradi”1.Hurmatli Prezidentimizning keyingi yillarda chop etilgan asarlarida ham bu masalalarga atroflicha to’xtalib o’tilgan.
O’zbekiston o’z tashqi siyosatini xalqaro hamjamiyatning to’laqonli sub’ekti sifatida amalga oshirish uchun real imkoniyatlarga ega bo’ldi. Yurtimiz qisqa davr ichida mustaqil davlat sifatida mustaqil tashqi siyosat olib bora olishini isbotlab kelmoqda. Bu jahon siyosatida davlatning nufuzini belgilovchi muhim mezondir. Prezident I.Karimov tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishda O’zbekiston o’z mustaqilligining dastlabki yillaridayoq asosiy tamoyillarni ishlab chiqqanligi va amal qilishini ko’rsatib o’tgan edi.
O’zbekiston xalqaro munosabatlar tizimiga kirib borishida o’z o’rnini egallashida, hozirgi murakkab globallashuv jarayonlari kuchayayotgan davrda o’ziga xos qiyinchiliklarga duch kelishi tabiiy. Lekin, bu qiyinchiliklar yengib o’tilmoqda.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar mamlakat manfaatlariga yangidan shakllanayotgan xalqaro munosabatlar tizimi va iqtisodiyoti bilan uyg’unlashib bormoqda.
Iqtisodiy islohatlar xalqaro iqtisodiy jarayonlarni zamonaviy talablar asosida olib borilmoqda.
Xalq manfaatlariga javob beruvchi mustahkam iqtisodiy siyosat O’zbekistonni mustaqil rivojlantirishning ajralmas shartidir1 - deb ta’kidlagan edi,