Shavuot
Shavuot.Pasxadan keyingi 50-kuni yahudiylar Shavuot (Shevuot) bayramini nishonlaydilar. Ikki kun davom etadigan Shavout bayrami ibroniycha Sheviot yani haftalar degan ma’noni bildiradi.Bu bayram dastlab dehqonchilik bayrami bo‘lgan, keyinchalik Sinay tog‘ida Musoga Xudo tomonidan “Tavrot”ning berilishini nishonlab o‘tkaziladigan bayramga aylangan.
Sukkot
Yahudiylar Misrdagi qullikdan ozod bo’lganlaridan so’ng cho’lda chodirlarda kun kechirganlarini xotirlab o’tkaziladigan Sukkot yani Chodirlar bayramidir. Qadimda yahudiylar bu marosim kunlarida Quddusga ziyoratga borganlar. Bugunga kelib bu an’ana tusidan chiqqan. Sukkot tishre oyining 15-kunidan boshlanib, 7 kun davom etadi. Yahudiylar bu muddat davomida an’anaviy ravishda o’z uylarining oldiga chodir quradilar.
Simxa Tora
“ Har yili bir marta “Tavrot” o’qib chiqilib, oxirida sukkot boshlanishining 9- kuni hatm bayrami “Simxa Tora” (ibroniycha Tavrot quvonchi) nishonlanadi. Har bir yahudiy honadonida “Tavrot” bo’lib, unga nisbatan hurmat hamma narsadan ustun turadi. Biror yig’ilishda “Tavrot” yerga tushirib yuborilgudek bo’lsa, u yerda bo;lganlarning barchasi kafforati evaziga o’ttiz kun ro’za tutishlari shart bo’lib qoladi.
Yahudiylik dunyoda keng tarqalgan dinlardan biridir. Shu kunda Isroilda 4,7 mln. (aholining 80 %), AQShda 6 mln. (40 % Nьyu Yorkda), Rossiyada 1,5 mln., G’arbiy Yevropa davlatlaridan Frantsiyada 0,6 mln., Buyuk Britaniyada 0,4 mln. va boshqa mamlakatlarda yashaydilar.
Paydo bo’lishi
Yahudiylik miloddan avvalgi 2000 yillarning oxirlarida Falastinda vujudga kelgan, yakkaxudolik g’oyasini targ’ib qilgan dindir. Yahudiylik millat dini bo’lib, faqatgina yahudiy xalqiga xos. Yahudiy so’zining kelib chiqishi haqida turli fikrlar mavjud. Abu Rayhon Beruniy o’zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida yozishicha, yahudiylar bu so’zni somiy tillaridagi hoda – «tavba qilmoq, tavba qilganlar» so’zidan kelib chiqqan deb da’vo qilsalar-da, aslida bu fikr noto’g’ri, «yahudiy» so’zi Banu Isroil xalqi ustidan hukmronlik qilgan Ya’qub Payg’ambarning o’g’li Yahudo nomiga nisbat berilgan.

Yahudiy xalqiga nisbatan ishlatiladigan yana bir atama yevrey so’zi zamonaviy adabiyotlarda «yahudiy» so’zining aynan tarjimasi sifatida ishlatiladi. Ammo bu ikki so’zning etimologiyasi turlicha: yevrey qadimiy somiy tillardagi ibriy so’zining o’zgargan shaklidir. Ibriy so’zi (arab. ‘abara-ya‘buru – «kechib o’tmoq» fe’lidan) «kechib o’tganlar»ma’nosini beradi. Tarixdan ma’lumki, yahudiy qabilalari Urdun (Iordan) daryosini kechib, hozirgi Falastin hududiga kelganlar. Shuning uchun ularga ibriylar yoki ibroniylar («kechib o’tuvchilar»)nomi berilgan.
Yahudiylik ta’limoti bo’yicha Muso payg’ambar Tur tog’ida Yahve bilan uchrashganda Yagona Xudo tomonidan 10 ta lavha tushirilgan. Ushbu lavhalarda mazkur din asosini tashkil etgan 10 ta nasihat bor edi. Bu nasihatlar Tavrotning «Ikkinchi qonun» kitobidan o’rin olgan bo’lib, yahudiylar ularga qat’iy rioya qilishlari shart. Ular quyidagilardir:
Do'stlaringiz bilan baham: |