Рўйхатга олинди №


- MAVZU : QORAXONIYLAR DAVLATI



Download 5,85 Mb.
bet19/36
Sana24.02.2022
Hajmi5,85 Mb.
#244984
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
2semestr

4 - MAVZU : QORAXONIYLAR DAVLATI
REJA:

1. Qoraxoniylar sulolasining hokimiyatga kelishi.


2. Qoraxoniylar sulolasining ichki va tashqi siyosati.
3. Qoraxoniylar davlatidagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot.
Markaziy Osiyoning Oltoy janubiy yonbag’ridan boshlanadigan sharqiy qismida markaziy Tyan-Shan etaklarida, Chu, Ili, Norin, Talas dalari vodiylari bo`ylab to Pomirgacha bo`lgan hududlarda turk tilida so`zlashuvchi xalqlar uyushmasi yashagan. Bu turk qabila va urug’lar turlicha nom bilan atalsada, sheva jihatidangina bir-biridan farqlanadigan yagona bir tilda so`zlashar edilaro. Ularning turmush tarzi, madaniyati, urf-odatlari bir xil bo`lgan. Bu ulkan xalqlar tarkibiga turk qabilalari va urug’larining juda ko`plab guruhlari: qarluqlar, chigillar, yag’molar, tuxsilar, uyg’urlar, o`g’uzlar, qipchoqlar kirgan. Bular orasida eng yirigi va madaniyatlisi qarluqlar bo`lgan.
Qarluqlar 766 yilda turgashlarni tor-mor etib, Ettisuvni egallaganlar.
Qoraxoniylar davlatining tashkil topishida boshqa turk qabilalari: qipchoqlar, kenjeklar, yabaxular, qirg’izlar, o`z-turkmanlar va so`g’dlar ham faol qatnashganlar.
Qoraxoniylar davlati X asrning ikkinchi yarmida tashkil topdi. «Qoraxoniylar» so`zi qarluqlarning islomni qabul qilgan boshliqlaridan biri-Sotuk Abulkarim Qoraxon unvonidan kelib chiqqan. («Qora» so`zi qadimdan turkiy xalqlarda buyuklik va ulug’lik ma`nosida ishlatiladi). Markazi ikki shahar: Qashqar va Bolasog’undan iborat bo`lgan yangi davlatning birinchi podshosi «bug’roxon» unvonini olganligi tavsiflidir. Qoraxoniylar sulolasining asoschisi Satuk Bug’raxon islom dinini qabul qilgach, yangi turk davlati barpo qilishni boshlab berdi. Uning qachon tug’ulganligi haqida ma`lumot yo`q.
V. V. Bartol’dning aytishicha Bug’raxon 955 yilda Bolasog’unda vafot etgan. Manbalarda aytilishicha, uning vorislari davrida qoraxoniylar butun Markaziy Tyanshan’ va Ettisuvni zlariga bo`ysundiradilar, so`ngra Movarounnahrga etib boradilar.
Qoraxoniylar 990 yillardan e`tiboran Movarounnahrda o`z hokimiyatlarini o`rnatish uchun astoydil harakat qiladilar. 990 yillar ular Farg’onani egallab, o`z tangalarini shu erda zarb qiladilar. Hukmdorlardan biri Hasan Xorun Bug’raxon Isfijabni o`ziga tobe qilib olgach, 992 yilda Buxoroga hujum boshlaydi. Turk lashkarboshilari somoniylarga xiyonat qiladilar. Turk harbiy boshlig’i Abuali Simjuriy Bug’raxonning hujumi oldidan somoniy hukmdori Nux ibn Mansurdan yashirin ravishda u bilan muzokara olib boradi. Bug’raxon bilan bo`lgan muzokarada somoniylar davlati ikkiga bo`linishi, Movarounnahr Bug’raxonga o`tishi, Amudaryoning janubidagi erlar esa Abuali simjuriyga topshirilishi kerak edi.
Bu davrda Buxoro taxtida o`tirgan Nux II ibn Mansur Bug’raxonga qarshi turk harbiy boshlig’i Ayach boshchiligida qo`shin yuboradi. Ammo bu qo`shin tor-mor etilib, ayach asir olinadi. Noiloj qolgan Nux o`zining juda qobiliyatli, ammo ishonchsiz lashkarboshilaridan biri Foyiqqa murojat qiladi. Foyiq Karmana yaqinida Bug’raxonga qarshi jang qiladi va jo`rttaga engiladi. Buxoro himoyasizlanib qolib jangsiz engiladi. Foyiqning xoinligini shundan bilish mumkinki, Bug’raxon uni tez kunda Termiz va Balxga noib etib tayinlaydi.
Bug’raxon 992 yili Buxoroni egallagach, Nux II ibn Mansur shaharni tashlab qochadi. Qoraxoniylar xoni salomatligi tufayli Buxoroda uzoq tura olmaydi. Buxoro taxtiga Nux II ning o`g’li Nasr somoniyni noib etib tayinlab, Bug’raxon Samarqandga otlanadi. Nux II bunday vaziyatdan foydalanib Abualidan yordam olib, Buxoroga qaytib keladi. Bug’raxon salomatligi tufayli Samarqanddan Qashqarga jo`naydi va yo`lda vafot etadi.
996 yilda Qoraxoniylar Buxoroga qarshi navbatdagi hujumni uyushtirdilar. Qoraxoniylarning yangi xoni Nasr ibn Ali g’ayrat va qat`iylikda Bug’raxondan qolishmasdi.
G’azna hokimi Sabuktakin Nuxga yordam berish uchun yo`lga chiqadi va Keshda chodir tikadi. U Nuxga qo`shini bilan kelib qo`shilishini talab qiladi. Bu Nuxning nafsoniyatiga tegadi va u Sabuktakinni Buxoroga kelishni buyuradi. U Nasr ibn Ali bilan muzokara boshlaydi. Natijada Sirdaryo havzasi qoraxoniylarga o`tadi. e`tiborli tomoni shundaki, qoraxoniylar tomonga o`tgan Fyoyiqni nasr ibn Ali Samarqandga noib qilib tayinlaydi.
Somoniylarda Movarounnahrning janubiy qismigina qoldi xolos. Amudaryoning janubiy erlari Sabuktakinga tegdi.
997 yil somoniylar taxtiga Mansur ibn Nux chiqdi. Mansur bilan harbiy boshliqlar o`rtasidagi kelishmovchiliklar va xusumat tufayli ahvol yanada og’irlashdi. Oqibatda esa, Mansurga qarshi fitna uyushtirildi. Uni boshida Foyiq turdi. 999 yilda Foyiq mansurni qo`lga tushurdi va ko`zini ko`r qilib uni hokimiyatdan mahrum qildi. Ana shu tariqa somoniylarga zarba berildi. Somoniylar sulolasi batamom tugadi. Nasr tomonidan 999 yilda Buxoroni egallanishi Movarounnahrda hokimiyat masalasini uzil-kesil hal qildi.
Qoraxoniylar qariyib yuz yil davomida mustaqillik nashidasini surdilar. 100 yilga qadar cho`zilgan mustaqil taraqqiyot davrida qoraxoniylar bepoyon katta davlatga asos soldilar. Ularning mulklari g’arbda Buxoro va Sirdaryoning quyi oqimlaridan, sharqda Ettisuv va Qashqargacha cho`zilib ketgan edi. Qoraxoniy xonadonlar o`rtasida 1016 yildayoq boshlanib ketgan urug’chilik adovati urushlari tufayli 1041 yilda xonlik ikkiga bo`linib ketdi. G’arbiy xonlik markazi Buxoro bo`lib, uning tarkibiga Movarounnahr va Xo`jakentgacha bo`lgan Farg’onaning g’arbiy qismi kirgan. Sharqiy xonlik markazi Bolasog’un bo`lib, uning tarkibiga Talas, isfijob, shosh, Farg’onaning sharqiy qismi, ettisuv va Qashqar vohalari kirgan. Er, mol-dunyo va davlat talashish qoraxoniy Tamg’achxon Ibrohim (1046-1068) hukmronligi davrida ikki turkiy sulola: qoraxoniylar va saljuqiylar o`rtasida kuchaydi. Dushmanlikka sabab Termiz va Balx atrofidagi erlar edi.
1068 yilda Tamg’achxon Ibrohim taxtdan voz kechgach, Movarounnahrda hokimiyat Tamg’achxonning o`g’li Shamsulmulkka o`tishi munosabati bilan xonning o`g’illari o`rtasida Buxoro va Samarqand taxti uchun kurash avj olib ketdi. Bu kurashda Shamsulmulk g’alaba qozondi. Termiz va Balx uchun kurash Shamsulmulk davrida yanada kuchaydi. 1072 yilda saljuqiylar xoni Alp Arslonning o`ldirilishi va saljuqiylarning vaqtincha kuchsizlanganligidan foydalangan Shamsulmulk Termiz va Balxni ishg’ol qildi. Lekin tez orada Alp Arslonning vorisi Malikshoh bu hududlarni qaytarib oldi. Shundan so`ng ichki va tashqi siyosatdagi tashabbus saljuqiylar xoni Malikshoh (1072-1092) ga o`tdi. Xususan, 1080 yilda Shamsulmulk vafot etgach, Movarounnahrning ahvoli yanada og’irlashdi. Bundan foydalangan Malikshoh 1089 yilda juda katta qo`shin bilan Amudaryodan o`tdi va Buxoro bilan Samarqandni egalladi. Qoraxoniylar xoni asir olinadi va Isfaxonga jo`natiladi.
Saljuqiy Sulton Sanjar (1118-1157) hukmronligi davrida qoraxoniylarni deyarli o`zlariga bo`ysundiradilar. Arslonxon (1102-1130) davri qoraxoniylar davlatining siyosiy tushkunlik davri sifatida tarixga kirdi. Davlat boshqaruv ishlariga harbiy boshliqlar va ruhoniylarning aralashuvi kuchaydi. Arslonxon kasalligi tufayli o`g’li Nasrni yarim podsho qilib ko`tardi. Bundan norozi bo`lgan ruhoniylar Nasrni o`ldirdilar. Arslonxon Sulton Sanjarni yordamga chaqiradi. Fitnani Arslonxonning ikkinchi o`g’li Ahmad bostirgan va isyonchilarni qatlga buyurgan bo`lsada, Sulton Sanjar Movarounnahr sari ot qo`ydi. Do`st qo`shni sifatida yordamga chaqirilgan Sulton Sanjar bosqinchilik bilan shug’ullandi. U Samarqandni qamal qilib, 1130 yilda uni egalladi. Arslonxon qamal paytida zambarga solib olib chiqildadi va Balxga jo`natiladi. Ko`p o`tmay u o`sha erda vafot etadi. Garchi 1130 yildan keyin ham Samarqandni qoraxoniylar sulolasiga mansub xonlar boshqargan bo`lsalarda, bu davlat amalda mustaqil emasdi va Sulton Sanjar izmidan chiqa olmasdi. 1211 yilda Xorazmshoh Oloviddin Muhammad qoraxoniylar xonadonidan bo`lgan so`nggi xon Usmonni o`ldirib, qoraxoniylar davlatiga so`nggi hal qiluvchi zarba beradi.
Ana shu tariqa qoraxoniylar tarix sahnasidan tushdilar.
Qoraxoniylar hukmronligi davrida Movarounnahrda bir qator ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy o`zgarishlar amalga oshirildi. Ular nimalardan iborat edi?
Birinchidan, somoniylar hukmronligi davrida vujudga keltirilgan markazlashtirilgan davlat boshqaruvi tugatildi. Qoraxoniylar markazlashtirilgan davlat boshqaruvi o`rniga mamlakatni udel tizimi asosida boshqarishga o`tdilar.
Barcha erlar qoraxoniylar xonnadonining shaxsiy mulki hisoblanib, uning tepasida ulug’ xon turgan. Qoraxoniylar xonadonining boshlig’i «Xonlar xoni», «Sultonlar sultoni» nomi bilan yuritilgan. Manbalarda qoraxoniylar xonadonining boshlig’i-xonlar-xoni «tamg’achxon» yoki «tobg’achxon» deb nomlangan. Qoraxoniylar davlati bir necha bo`laklarga, qismlarga-udellarga bo`lingan. Bu udellarning tepasida qoraxoniylar xonadonlari avlodlari vakillaridan Iloqxon unvonini olgan a`zolar turardi.
Markaziy xonlar bilan iloqxonlar o`rtasida aloqa mustahkam bo`lmagan. Iloqxonlar bir-birlari bilan doimo dushmanlik kayfiyatida yashaganlar va har biri o`zicha mustaqil bo`lishga intilgan.
Somoniylar inqiroziga qadar qoraxoniylarning markazi Bolasog’un bo`lgan. XI asrda esa tamg’achxonlar ko`pincha Qoshg’arda turganlar.
Tamg’achxonlar mis tanga pullar zarb qilganlar.
Udel xonliklari orasida Movarounnahrning ahamiyati katta edi. Movarounnahrning iloqxoni Samarqandda turgan.
Ikkinchidan, yozma manbalarda udellarni boshqarish tartiblari tasvirlangan. Idora ishlarini tashkil etishda qoraxoniylarga somoniylar hukmronligi davrida fuqaro amaldorlari bo`lib ishlagan shaxslar yordam berganlar. Qoraxoniylar ularni ta`qib qilmadilar. Somoniylar davridagi idora etish tartib qoidalari ko`pchiligi qoraxoniylar davrida ham saqlanib qolindi. Iloqxonlar qoshida vazirlar, sohibberdilar, mustafilar bo`lgan. Shaharlarda raislar, hokimlar, muxtasiblar somoniylar davridagidek tartibda edi. Uchinchidan, qoraxoniylar hukmronligi davrida o`troq dehqon aholisi o`rtaida feodalo munosabatlarning rivojlanish jarayoni ancha tez suratlar bilan borganligi, sinfiy tabaqalanish kuchayganligi ko`zga tashlanadi.
Aholining to`rtta toifasi: boylar, o`rta hollar, chig’aylar (kambag’allar), shuningdek mulksizlar-qora avom (budun) aniq belgilar kasb etadi. Chorikorlar sifatida feodallar erlarida ishlagan ersiz va kam erali dehqonlar-«akkarlar» o`troq deqonlar ommasini tashkil etardi. Akkarlar erni ijaraga olganda hosilning bir qismini davlatga, boshqa qismini er egasiga berishi, qolganini o`zi olishi kerak edi.
Qoraxoniylar davlatida butun siyosiy tizim g’oyat katta er fondi hisobiga yashagan. Bu er fondi bir necha turlarga bo`lingan:
1.Sulton erlari. Bu erlar davlatning asosiy daromad va iqta taqsimoti fondining manbai.
2.Vaqf erlari masjid va madrasalarga tegishli erlar.
Qoraxoniylar va saljuqiylar istilosi tufayli Movarounnahr va eronga juda ko`polab turk qabilalari kelib joylashdilar. Ularning ko`pchiligi o`troqlasha boshladilar. Ammo qoraxoniylarning qo`shin boshliqlari o`zlari uchun o`troqlashishni zarur topmadilar. Chunki ularning juda ko`p poda mollari va yaylovlari bor edi.
Qoraxoniy hukmdorlar aholisidan olinadigan shaharda iqta to`lovini olish uchun doimiy suratda shaharda-qo`rg’onda bo`lishlari shart emas edi. Iqtador bo`lish har bir yirik zodagon yoki hokim tomonidan amalga oshirilishi mumkin edi. Iqta keyinchalik vaqtinchalik in`omdan muddatsiz in`omga, muddatsiz in`omdan merosga aylana bordi.
Shunday qilib, qoraxoniylar hukmronligi davrida feodal er mulkchiligining eski shakl qoldiqlari bilan bir qatorda feodal er egaligining yangi shakllari ham paydo bo`ldi va rivojlandi. Bu yangi shakl IX asrda jamiyatda hukmron mavqega ega bo`ldi.

Q


Download 5,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish