8 - Mavzu. MOVORAUNNAHR VA XUROSONNI MO’G’ULLAR TOMONIDAN ISTILO QILINIShI.
Reja;
1.Mo’g’ullar davalatining tashkil topishi.
2.Mo’g’ullar bosqini arafasida Xorazmshoxlar davlatining siyosiy sholati.
3.Movaraunnahrni mo’g’ullar tomonidan istilo qilinishi va unga qarshi xalq sharakatlari.
4.Mo’g’ullar istilosidan keyingi siyosiy vaziyat
XII asoda mo’g’ullar ijtimoiy iqtisodiy va madaniy shayotda Markaziy Osiyoda eng qoloq aholi hisoblanar edi. Bu paytda ularda hali urug’- aymoqchilik munosabatlari nihoyatda kuchli bo’lib, asosan ko’chmanchi chorvachilik , ovchilik va o’zaro tovar ayriboshlash bilan shug’ullanar edilar. Shuningdek bu davrda mo’g’ul urug’ va qabilalari ichida mulkdorlik munosabatlari paydo bo’lib, ular o’rtasida o’zaro kurash avj olib ketadi.
XII asr oxiri XIII asr boshlarida mo’g’ul zodagonlari orasidagi bu kurashda Timuchin ismli bahodir g’olib chiqadi. U 1204-1205 yillarda Mug’ulistonning ko’chmanchi chorvador urug’larini o’z qo’li ostida birlashtirib, markazlashgan harbiy mustabid Mo’g’ul davlatini tashkil etishga muvaffaq biladi.
Temuchin faqat mo’g’ullarnigina emas, ular bilan yonma-yon yashab kelayotgan jaloyir, o’yrot, keroit, nayman, qoraxitoy , qirg’iz, uyg’ur, qorliq singari turkiy qabilalarni ham birlashtirgan edi.
1205 yili Qoraqumda mazkur qabila va elatlar oqsoqollari hamda boylarining qurultoyi bildi. Qurultoyda Timuchin hoqon etib saylandi va Chingizxon laqabini oldi.”Chingiz” ismi beg’ubor, toza, musaffo baquvvat, quvvatli kabi ma`nolarni anglatadi.
O’z davlatini kuchaytirib, uning barqarorligini mustahkamlash maqsadida Chingizxon Mo’g’ullardan ko’p sonli yahshi qurollangan, intizomlm va uyushgan qo’shin tuzadi.
XIII asr muallifi Juvayniyning ta`rificha, osoyishtalik davrida chorva bilan mashg’ul bo’lgan barcha mo’g’ul aholisi urush vaqtida tez orada o’n, yuz ,ming, o’n ming, jangchi- tuman bo’linmalaridan iborat muntazam qo’shinga aylantiriladi. Shar bir jangchi harbiy yurish vaqtida oz’iga zarur bo’ladigan qurol-yarog’: o’q-sadoq, nayza, qilich, va qalqon, turli anjomlar- arqon, qozon, mesh, nina, bolta, hatto ot, tuya, eshak kabi transplrt vositalarini oldindan tayyorlab, qo’y’ishga majbur bo’lgan.
Qo’shin yuzboshi va tumanboshilar tomonidan boshqarilgan. O’n minglik jangchilardan tashkil topgan tuman bo’linmalarini odatda shashzodalar boshqargan. Mo’g’ul qo’shini faqat , nihoyatda intizomliligi bilangina emas, balki sharbiy yurishlardagi g’oyat chaqqonligi va jangchilarning botirligi bilan ham ajralib turar edi. Asosiy qo’shindan tashqari Chingizxon ihtiyorida “Keshik” deb yuritilgan mahsus harbiy bo’linma- askariy qism ham tashkil etilgan. Bu harbiy qism zodagonlardan iborat bo’lib, jangga u kam safarbar etilardi. U faqat favqulotda sodir bo’ladigan xavf-xatarga qarshi tashlash uchun doimo jangovar holatda tutib turilardi.
Davlat ma`muriyatini markazlashtirish maqsadida Chingizxon “Qoraqurum” qal`sini o’z davlatining poytaxtiga aylantiradi. Hat savodga mutlaqo ega bo’lmagan, madaniyatda nihoyatda tuban mo’g’ullar davlat boshqaruv tizimini, ayniqsa xat-savod va munshiylik ishini uyg’urlardan va musulmon savdogarlaridan o’rganadi.
Chingizxon va uning no’yonlanining maslahatchilari, mirzalar va ba`zi bir ma`murlari asosan uyg’urlardan bo’lgan. Masalan: Sharqiy uyg’urlar xoni ediqut, ya`ni Saodatbeku xonning yaqin do’sti va maslahatchisi edi. Tashatun ismli uyg’ur esa davlat muhrdori lavozimini hamda shahzodalarni xat-savodga o’rgatuvchi ustod vazifasini bajargan.
Chingizxon tarqoq mo’g’ul urug’larini birlashtirib, Markaziy Osiyo Mo’g’ullar davlatini tuzish bilan qanoatlanmadi. Avvaldan tajovuzkorlik siyosatini yurgizdi. Birinchi navbatda Chingizxon qo’shni mamlakatlarni bosib olishga kirishdi. 1206 yilda naymanlar bo’ysundiriladi. 1207-1208 yillarda Enisey havzasi, so’ngra Ettisuv viloyatining shimoliy qismi zabt etiladi. Singra uyg’urlar taslim bo’ladi.
1211-1214 yillarda Chingizxon Xitoyga xujum qilib katta iljalar bilan qaytadi. 1215 yilda shimoliy Xitioyning markazi Chjundu (Pekin) shashrini ishg’ol qilib, Tszin sulolasini taxtdan qulatadi. Shimoliy Xitoy erlari Mo’g’ullar davlatiga qishib olinadi.
Chingizxon Xitoydan ko’p miqdorda oltin-kumush, shoy va atlas matolar hamda turli-tuman qurol-yarog’lar, sharbiy texnika moslamalari (manjaniq, palaxmon, naftandoz va x.k.) bilan bir qatorda bunday jixoz va aslahalarni yasaydigan va ularni ishlata o’ladigan mohir ustalarni ham Mo’g’ilistonga olib ketadi. Shu tufayli u o’z qo’shinini zamonasining eng yaxshi harbiy qurol-aslaha bilan ta`minlaydi.
Xitoy g’alabasidan so’ng Chingizxon iz nigoshini Garbga, o’zining madaniyati, boyligi, buyukligi bilan shuxrat qozongan Xorazmshoshlar davlati o’rtasida Kuchluk davlati bo’lib, u Xo’tan, Yorkend, Qoshg’ar, Ettisuv va Farg’ona viloyatlarini iz ichiga olgandi. 1218-1219 yillarda Chingizxon Sharqiy Turkiston va Ettisuv viloyatlarini deyarli talofatsiz qilga kiritib, Kuchluk davlatiga xotima beradi.
Shunday qilib XIII asrning 20- yillari boshida Gibi saxrosining sharqiy chegarasidan to Tyanshan’ tizmasining g’arbiy etaklarigacha bulgan viloyatlar Mo’g’ullar davlati shukmronligi ostida birlashtirilgan edi.
Chingizxonning O’rta Osiyo viloyatlariga tomon hujumi katta tayyorgarliklar bilan boshlandi. Hali Xitoy zafari qilga kiritilmasdanoq bu ikki davlat o’rtasida bir-birining kuch-qudratini bo’lib olirshga va bu haqda ma`lumotlar to’plashga harakat qilinadi. Ikki o’rtada hatto elchilik aloqalari ham o’rnatiladi. Bunday ishni amalga oshirishda Chingizxon o’z huzuridagi musulmon savdogarlardan foydalanadi.
Mo’g’ullar istilosi oqibatida Movarounnahr va Xorazmning kechagina yashnab turgan obod dehqonchilik viloyatlari halokatga uchraydi. Gavjum va ko’rkam shaharlar, ayniqsa, Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Binokat, Xo’jand va boshqalar harobazorga aylantiriladi. Samarqanddek azim shaharni ichimlik suvi bilan ta`minlab turuvchi yagona suv inshooti-Qo’rg’oshin navosi, Marv vohasini sug’orish tarmoqlarining bosh to’g’oni-mashhur Sultonband buzib tashlanadi. Samarqandliklar 1750-1800 yillar davomida ota-bobolari yashab kelgan o’z ona shaharlarini tark etib, chiqib ketadilar. Marv aholisi esa suvsizlikdan qurib borayotgan qishloqlarini tashlab, o’zga yerlarga ko’chib borib joylashadilar. Vohaning yam-yashil dalalari va mevazor bog’-rog’larini barhanli qumliklar bosib, kimsasiz dashtlikka aylandi. Urganch suvga bostirilib, batamom vayron etiladi. Xorazm va Movarounnahrning ziroatchi aholisi sonining keskin kamayib ketishi oqibatida ekin maydonlari jiddiy qisqarib, dehqonchilik tanazzulga yuz o’giradi. Hullas, Osiyoning hech bir o’lkasi mo’g’ul bosqinchilarini vayrongarchiliklarini Jayxun va Sayxun oralig’idagi viloyatlar kabi dahshatli darajada his etmadi. Chunki bu jangari ko’chmanchilar Movarounnahrda yuksak hunarmandchilik, ichki va tashqi tijorat va sug’orma ziroatchilik bilan kasb etilgan asosli idora usulini birinchi marta shu erda ko’rdilar, talon-taroj, zo’rlashga bo’lgan chanqoqliklarini ilk bor shu yerda qondirdilar.
Zabt etilgan o’lka va viloyatlarni Chingizxon hali hayotlik chog’laridayoq o’g’illari va nabirlariga taqsimlab berdi. Janubiy Sibir, Dashti Qipchoq, Itil bo’yi, Xorazm va Darbandgacha bo’lgan o’lka Chingizxonning to’ng’ich o’g’li Jo’ji va uning vafodor nabirasi Botu qo’liga topshirildi. Sharqiy Turkiston, Ettisuv va Movarounnahrga uning ikkinchi o’g’li Chig’atoy ega bo’ldi. Chingizxon o’zi tug’ilib o’sgan Mo’g’ulistonni, shuningdek, Xitoyni uchinchi o’ig’li va vorisi O’qtoyga berdi. Kenja o’g’li Tuluga esa Xuroson, Eron va Hindiston tegdi. Shunday qilib, mo’g’ullar bosib olgan viloyatlarni uluslarga taqsimlab, mulk asosida boshqarishga kirishadilar.
Chingizxon vafotidan so’ng (1227) Iqtoy mo’g’ullar davlatining ulug’ hoqoni qilib tayinlandi. Turkiy aholi odati biyicha podshoh «qoon» yoki «hoqon» deb, uluslarning hukmdorlari esa «xon» deb yuritiladi. Ulug’ «hoqon»ning qarorgohi Qoraqum shahrida bo’lib, u yerdan turib xonlarning hatti-harakatini qattiq nazorat qilib turar edi.
Mo’g’ullar hukmronligining dastlabki davridayoq mahalliy mulkdor-oqsuyaklarning, ruhoniylarning va savdogarlarning ko’pchilik qismi o’z mol-mulklari va ijtimoiy imtiyozlari hamda ilgarigi mavqelarni saqlab qolish uchun xalqqa hiyonat qilish yili bilan mo’g’ul bosqinchilariga hizmat qilishga o’tadilar. Istilochilarga mamlakat ichida shunday bir tayanch bo’lishi ham zarur edi. Shuning uchun ham mo’g’ul xonlari mahalliy mulkdorlar manfaatini ko’zlab, ularning mehnatkash aholiga tazyiq o’tkazishni kuchaytirishlariga keng yo’l ochib beradilar. Natijada mahalliy aholi ikki tomonlama talana boshlanadi. Mo’g’ul xonlarining, shuningdek , mahalliy hokimlarning jabr-zulmi va beboshliklari haddan oshadi. Ular har yilgi sha`riy soliq va o’lponlardan tashqari, asholidan yig’ib olinadigan turli-tuman tilov, yig’im va jarimalarning sonini haddan tashqarii oshirib yuboradilar. Aholi, ayniqsa, dehqonlar loyqa bosib, ishdan chiqqan sug’orish tarmoqlari, vayron bo’lgan suv inshootlari , yil va ko’priklarni, qo’rg’on va qal`alarni tiklashga majburan safarbar etiladilar.
Deshqonlardan olinadigan yer solig’i bu davrda «kalon» deb yuritilgan. Kalon hosildan 1/10 qismi hajmda, ya`ni 10 tugar g’alladan bir tugar hajmda hazina uchun olingan. 1235 yilda o’tkazilgan qurultoyda chorvadan «qopchur» solig’i yig’ishga qaror qilinadi. Bu soliq bo’yicha har yuz bosh chorvadan bir bosh olingan, bundan ravshanki, musulmon mamlakatlarida har qIrq bosh chorvadan bir bosh hajmda olinadigan «zakot»ga qaraganda birmuncha yengil bo’lib, aftidan, chorvador mo’g’ullarning manfaatlari ko’zda tutilgan. Mo’g’ullarning «Yosoq kitobi»da qayd etilishcha, davlat xazinasi uchun «shulen» nomi bilan yuritilgan oziq-ovqat solig’i ham undirilgan. «Shulen» har bir podadan ikki yashar qo’y, qimiz uchun har ming otdan bir biya hisobida olingan. Soliqlar mahalliy xonlar tomonidan barot tartibida avvaldan to’lanib, aholidan yig’ib olish paytlarida ular shubhasiz rasmiylashtirilgan miqdordan oshirib undirilgan.
Mo’g’ullarning hukmronlik davrida shahar hunarmandlari ham nihoyatda og’ir sharoitda yashardilar. Ko’pgina hunarmandlar zavolga uchrab, hunarmandlarning soni kamayib ketadi. Mo’g’ul hukmdorlari o’z qo’shinlarining ehtiyojlari uchun kerak bo’lgan o’q-yoy, qilich, sadoq, sovut, dubulg’a, jiba va boshqa harbiy anjomlar ishlab chiqariladigan ustaxonalargagina
Do'stlaringiz bilan baham: |