164
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILAR BILISH FAOLIYATINI
RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Sidiqova Yulduz Sobirovna,
BuxDUPI 1-bosqich magistranti
Bugungi kunda bilish faoliyatining asosiy xususiyatlari o‘quvchi hamda o‘qituvchilar
orasidagi
o‘zaro hamkorlik va do‘stona munosabatlarda namoyon bo‘ladi.O‘tmishda mavjud bo‘lgan biryoqlama
nuqtai nazar o‘quvchi o‘quv faoliyatning obekti ekanligiga asoslangan bo‘lib, o‘qituvchi esa mazkur
jarayonning subekti sifatida turli vazifalarni bajarishga safarbar etilganligida o‘z ifodasini topgan.
Bugungi kunda o‘quvchilar uchun faoliyatning maqsadi ochiq oydin ifodalangan bo‘lib, o‘quvchilar
mazkur maqsadni anglashlari uchun harakat qilinadi. Yetakchi g‘oyalar tahlil qilinadi, o‘quv
materiallarining mazmuni o‘zlashtirishga qulay bo‘lishi uchun kuch sarflanadi, bilimlar, jarayon mantiqi
va ularni o‘zlashtirishning qimmatini ochadi. Shuningdek o‘quvchilarni faoliyatning
zarur usullari bilan
qurollantiradi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarning bilish faoliyatini dasturlashtirish imkoniyatini beradi.
Mazkur vaziyatda o‘quvchilar obekt sifatida namoyon bo‘ladi. Vazifalarning bajaruvchisi sifatida faoliyat
ko‘rsatadi.
O‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish vaziyatida esa ularning shaxsiy faoliyati ta’limning
samarali usullari bo‘lib, bu jarayonda o‘quvchilar subekt mavqeyini egallaydi. Bunday vaziyatda shaxsiy
yondashuv hosil bo‘lib, zo‘riqish metodlari o‘rnini bilish jarayonida o‘quvchilarning kuchlarini
birlashtirish metodi egallaydi. Bunday sharoitda o‘qituvchi faoliyat obekti sifatida namoyon bo‘ladi. Bu
jarayonda o‘quvchilar muayyan darajadagi mustaqillikka ega bo‘ladi.
Bilish faoliyatining subekt-subekt xarakterga ega bo‘lishi zamonaviy didaktika talablariga mos
kelib, bu o‘z navbatida bilish faoliyatini rivojlantirish vaziyatida birinchi darajali ehtiyojga aylanmoqda.
Ta’lim mazmuni va metodlari birinchi navbatda o‘quvchilarning rivojlanish darajalariga mos kelishi
lozim.
Bu yo‘nalishda rivojlantiruvchi ta’lim g‘oyasini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Biroq
boshlang‘ich sinflarda rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasini qo‘llashning didaktik xususiyatlarini aniqlagan
holda ishlanmalarni tatbiq qilish talab etiladi. Buning uchun hamkorlikka asoslangan ta’lim jarayonida
o‘qituvchining bashorat qiluvchilik vazifasi muhim o‘rin egallashini alohida ta’kidlash lozim.
Chunki
o‘qituvchi o‘quvchilarga yangi bilimlarni taqdim etib, ularni o‘zlashtirish usullarini o‘rgatadi. O‘quv
faoliyati sub’ektlarining o‘zgarishi bugungi kunda ta’lim jarayonida bilish
vaziyatini yanada samarali
tashkil etishga olib keladi. Buning uchun o‘quvchilariga ta’lim berishning yanada maqbulroq usullarini
yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqish taqozo qilinmoqda.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilish jarayonini samarali tashkil etishning muhim shartlaridan biri –
ularda asosiy bilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Yana shunday yondashuv ham mavjudki,
bilish faoliyati usullarini shakllantirish maxsus vazifa emas, balki o‘quv jarayonining qo‘shimcha
natijasidir. Bizningcha, o‘quvchilarning bilish ko‘nikmalarini egallashga oid ishlari o‘z mohiyatiga ko‘ra
bilimlarning shakllanish jarayoni bilan tengdir.
Bir qator o‘qituvchilar amaliy faoliyatining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘quvchilarda
muayyan
o‘quv ko‘nikmalarini shakllantirishga oid ishlarda bir qator qiyinchiliklar vujudga kelmoqda. An’anaviy
ta’lim tizimida o‘qitish reproduktiv tarzda amalga oshirilgan. Bu jarayonda o‘quvchilarning zarur o‘quv
usullarini o‘zlashtirishlari bir qadar murakkablashadi. Shunga qaramay bu jarayon o‘zaro aloqadorlikda
amalga oshishi lozim. Bu shundan dalolat beradiki, bunday sharoitda bilish jarayonini tashkil etish asosan
o‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, u o‘quvchilarga tayyor bilimlarni uzatuvchi shaxs sifatida
namoyon bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini sezilarli darajada cheklaydi
va bilish usullarining o‘quv jarayonida qo‘llanilishiga to‘sqinlik qiladi.
Bugungi kunda barcha o‘qituvchilar ham zamonaviy ta’lim texnologiyalari va o‘quvchilarning
bilish faoliyatlarini rivojlantiruvchi o‘quv vaziyatlari haqida yetarlicha tasavvurga ega emaslar. Ular
o‘quv materiallarini o‘quvchilarga taqdim etishga oid yangi yondashuvlarni qo‘llashga intilmaydi.
O‘qituvchilar o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlari asosida bilish faoliyatlarini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan axborot texnologiyalaridan deyarli foydalanmaydi. Shuning uchun ham o‘quvchilar hamda
o‘quv jarayonining pedagogik-psixologik muammolarini yechmaydi. Chunki axborot texnologiyalari
o‘quvchilar bilish faoliyatini rivojlantiruvchi metodlarni qo‘llash uchun qulay imkoniyatlar yaratadi.
Mazkur metodlar esa o‘z navbatida ta’lim nazariyasi va amaliyotini o‘zaro uyg‘unlashtiradi.
Ta’limning an’anaviy
modellaridan yangi, shaxsga yo‘naltirilgan insonparvarlikka asoslangan
modelga o‘tish yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash va shu asosda bilish faoliyatini rivojlantiruvchi
o‘quv vaziyatlarini tashkil etish uchun qulay didaktik imkoniyatlarga ega. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim
asosida dasturlashtirilgan o‘qitish g‘oyasi ifodalangan bo‘lib, mazkur g‘oya o‘z navbatida sinfdagi barcha
165
o‘quvchilarning mustaqil ishlariga sharoit yaratadi, muayyan darajada o‘quv jarayonini tabaqalashtirish
imkonini beradi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida o‘qituvchilar mavqeining o‘zgarishi
subyekt-
subyekt munosabatlariga asoslangan o‘quv vaziyatining vujudga kelishiga imkon beradi. Bu jarayonda
o‘qituvchi o‘quvchilarning maslahatgo‘yi va maslakdoshi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu esa
o‘qituvchining o‘quv-biluv vaziyatida aqliy faoliyat usullarini samarali qo‘llashiga sharoit yaratadi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari aqliy faoliyatning ikki turini qo‘llashlari maqsadga muvofiqdir.
Ular: a) reproduktiv; b) izlanuvchi-evristik turlari. Bu usullardan o‘quvchilar
bilish faoliyatini
rivojlantirishning asosiy bosqichida samarali foydalanish tavsiya etiladi. Zarur metodik vosita sifatida
mazkur turlar orasidagi aloqani ta’minlovchi o‘quvchilarda mustaqil tarzda xususiydan umumiyga va
aksincha umumiydan xususiyga qarab borish ko‘nikmasini shakllantirish lozim. Bu o‘z navbatida
umumiy mantiqiy usullarni egallash zaruriyatini ifodalaydi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yosh va individual xususiyatlari mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini
shakllantirishda bugungi kunda asosiy ta’limiy muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. Chunki
o‘quvchilar duch keladigan aksariyat qiyinchiliklar o‘quv materiallari doirasida namoyon bo‘ladi. O‘quv
vaziyatida o‘quvchilar birinchi navbatda asosiy nuqtai nazar sifatida o‘rganilgan hodisalarni tasvirlash
ko‘nikmalarini tarkib toptirishi lozim. Shu nuqtayi nazardan o‘quvchilarda mantiqiy tafakkurni
rivojlantirish bilish faoliyatini jadallashtirishga ko‘maklashadi. Bu o‘z navbatida bilishning oqilona,
aqliy, hissiy usullarini uyg‘unlashtiradi.