Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/214
Sana03.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#426662
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   214
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

 
Qisqacha xulosalar 
 
1. Xorijiy tadbirkorlik yuqori qaltislik bilan tavsiflanadi, ular milliy 
bozordagi faoliyatga nisbatan yuqori foyda, nisbatan qudratli firmaning 
ta’siri, hukumatlar va xalqaro tashkilotlarning tashabbusi, ichki bozordagi 
noqulay vaziyat, xorijda past ishlab chiqarish va sotish xarajatlari, eksport 
uchun proteksionistik to‘siqlar, qabul qiluvchi mamlakatda qimmatli 
axborotning 
mavjudligi, 
qabul 
qiluvchi 
mamlakat 
moliyaviy 
imkoniyatlaridan foydalanish, xorijda imtiyozli soliqqa tortish kabi 
qiziqtiruvchi sabablar bilan qoplanadi. 
2. Xorijiy sharoitlarga moslashishning ob’yektiv omillariga (ularga 
xorij firmasi ta’sir ko‘rsata olmaydi) huquqiy me’yorlar, xodimlarning 
milliy mansubligi, mahalliy urf-odatlar, ishlab chiqarish munosabatlari, 
raqobat, iste’molchilar, texnologiya, qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyoti 
kiradi. 
3. Qabul qiluvchi mamlakatda ilk faoliyat odatda past darajada 
moliyaviy natijalarga olib keladi. Tovar aylanishining kichik hajmi, 
baholarning past darajasi, xalqaro kompaniya xorijiy filiali mahsulotini 
ishlab chiqarish va sotish yangi bozorda barqarorlashtirilmaguncha 
kapitalni uzluksiz kiritish zarurati buning asosiy sabablaridir. 


70 
4. Hozirgi davrda texnologiya va uskunalarni import qilmaydigan 
mamlakat topilmaydi, negaki hech bir mamlakat o‘z sanoati uchun barcha 
turdagi mashinalar, uskunalar va elektron hisoblash texnikasini ishlab 
chiqarish quvvatiga ega emas. 
5. Tajribali import qiluvchilar sotib olinadigan uskunalar va 
texnologiyalarga quyidagi talablarni qo‘yadi: texnologik jarayonlar, 
sanoati rivojlangan davlatlar zavodlarida sinalgan va patentlangan bo‘lishi 
kerak; uzatiluvchi texnologiyalar xaridor sharoitlariga (xususan, mahalliy 
xomashyo resurslariga) moslashishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak; xarid 
qilinayotgan texnologiyalar va uskunalar xaridor korxonasida ilgari 
o‘rnatilgan agregatlarga mos kelishi kerak, uskuna yetkazib beruvchining 
taklifi o‘z ichiga tez yemiriluvchi detallarni mahalliy korxonalarda ishlab 
chiqarish imkoniyatini beruvchi ishchi chizmalarni olishi kerak. 
6. Import qiluvchilar yetkazib beruvchilar bilan muzokaralarda 
baholar, texnik shartlar, uskuna va texnik hujjatlarni yetkazib berish 
muddatlari bilan birga ba’zi hollarda import qiluvchilar uchun muhimroq 
sanalgan bitimlarni moliyalashtirish shartlarini kelishib olishi zarur. 
7. Eksport va import qiluvchilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar 
ko‘pincha uskunalarni butlash, kafolat sinovlarini o‘tkazish uslubi, 
yetkazib berilgan uskunalardagi nuqsonlar uchun javobgarlik, mahalliy 
xomashyo resurslarining sotib olingan texnologiyaning texnik talablariga 
mos kelmasligi kabi sabablardan kelib chiqadi. 
8. Har qanday kelishmovchiliklar va ziddiyatlar yetkazib beruvchi 
bilan do‘stona xayrlashishga xalaqit bermasligi lozim, chunki kelajakda 
maslahat, ehtiyot qismlar, texnik yordamlar va boshqalar bo‘yicha unga 
murojaat qilish zarurati vujudga kelishi mumkin. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish