Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/214
Sana03.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#426662
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   214
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

Xalqaro hisob-
kitoblar banki
(ing. Bank for International Settlements (BIS)) muhim 
o‘rin egallaydi (XHKB, 1930-yil, Bazel). Xalqaro hisob-kitoblar banki 
1930-yilda 6 davlatning (Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, 
Fransiya, Yaponiya) hukumatlararo kelishuvi hamda ushbu davlatlarning 
o‘z hududida faoliyat ko‘rsatadigan Shvetsariya bilan konvensiyasi 
asosida tuzilgan. Hozirda Xalqaro hisob-kitoblar banki 34 mamlakatning 
markaziy banklaridan iborat. Xalqaro hisob-kitoblar banki ularga kreditlar 
beradi va depozitlarini qabul qiladi hamda ularning hamkorligiga yordam 
beradi. Xalqaro hisob-kitoblar bankining muhim xususiyati bo‘lib, xalqaro 
hisob-kitoblarda valyuta kliringi bo‘yicha hamda a’zo mamlakatlarning 
boshqa hisob-kitoblarida bank-agent funksiyasini bajarish hisoblanadi. 
Shuningdek, Xalqaro hisob-kitoblar banki yetakchi valyuta kurslarini 
ushlab turish maqsadida markaziy banklarning jamoaviy valyuta 
intervensiyasini tashkil etadi, hukumatlararo kreditlarda vasiy bo‘ladi 
hamda yevro bozor holatini nazorat qilib turadi. 
1982-yildan boshlab XHKB XVF kreditlarini kutayotgan ayrim 
mamlakatlarning xalqaro valyuta likvidliligi inqiroziga yo‘l qo‘ymaslik 
uchun markaziy banklarning kafolati evaziga oraliq kreditlar bermoqda. 
Bunday kreditlarni Vengriya, Meksika, Braziliya, Argentina va 
Yugoslaviya mamlakatlari olgan. 
XHKB – yetakchi axborot – Тadqiqot markazi ham bo‘lib
hisoblanadi. U o‘zining tadqiqotlari asosida davriy nashrlarni chop etib 
boradi. 
Nizom bo‘yicha XHKBiga 2 asosiy funksiya yuklatilgan: 1) markaziy 
banklar 
o‘rtasida hamkorlikka ko‘mak berish, xalqaro moliya 
operatsiyalari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; 2) o‘z a’zolarining 
xalqaro hisob-kitoblarini o‘tkazish bo‘yicha agent yoki ishonchli shaxs 


261 
sifatida harakat qilish. Bulardan kelib chiqqan holda XHKB quyidagi 
operatsiyalarni bajaradi: 

oltin oldi-sotdisi va saqlanishi; 

markaziy banklar bilan depozit-ssuda operatsiyalari; 

alohida bitimlar bo‘yicha hukumat ulushlarni qabul qilish; 

valyuta va qimmatbaho qog‘ozlar bilan (aksiyalardan tashqari) 
operatsiyalar; 

markaziy banklarning muxbiri yoki agenti sifatida jahon (valyuta, 
kredit, qimmatbaho qog‘ozlar, oltin) bozorlarida operatsiyalar; 

o‘zaro xalqaro hisob-kitoblarga ko‘mak berish maqsadida markaziy 
banklar bilan bitimlar tuzish. 
XHKB resurslarining asosiy manbai – markaziy banklarning xorij 
valyutasida yoki oltindagi qisqa muddatli (3 oygacha) omonatlari. Ular 
bo‘yicha foizlar to‘lash uchun bank ularni bozor sharoitlarida boshqa 
markaziy banklarga, xalqaro tashkilotlarga joylashtiradi. XHKBining 
asosiy aktiv operatsiyasi bo‘lib markaziy banklarga xorij valyutasida 
kreditlar berishdir. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish