Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment


 Xalqaro investitsiya kompaniyalari



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/214
Sana03.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#426662
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   214
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

 
7.3. Xalqaro investitsiya kompaniyalari 
Aksariyat xorijiy va mahalliy mutaxassislarning yakdil fikrlariga 
ko‘ra, so‘nggi yillarda moliya bozorining eng shiddatli sektori sifatida 
jamoaviy investitsiyalashning turli shakllari ishtirok etadi. Jamoaviy 
investitsiyalash instrumentlari xalqaro kapital bozori o‘sishining eng 
muhim elementiga aylanadi. Ushbu jarayon shaxsiy omonatlarni tijorat 
banklaridagi depozit schyotlarda qo‘yilmalarning sonini bir vatqda 
qisqartirish orqali turli jamoaviy investitsiya sxemalariga safarbar 
etishda o‘z aksini topadi. 
Investitsiya fondlari oddiy omonatchilarning mablag‘larini akkumul-
yatsiyalash va ularni daromadli qimmatli qog‘ozlarning (o‘z omonatchilari 
manfaatlarini o‘ylab va ularning investitsion qimmatliklariga muvofiq har 
bir alohida qog‘ozga qo‘yilmalarni cheklagan holda) ma’lum soni orasiga 
joylashtirish orqali o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘yadilar. 
Fondlar omonatchilarning mablag‘larini ular tomonidan o‘z aksiyalari 
yoki paylarini chiqarish va sotish orqali akkumulyatsiyalaydilar. 
Investitsiya fondlari
a
kkumulyatsiyalangan mablag‘larni faqat investitsiya 
faoliyatiga yo‘naltiradi. 
Shunday qilib, oddiy omonatchilardan yig‘ib olib, 
investitsiya fondi turli investitsion tovarlardan, ko‘pincha, qimmatli 
qog‘ozlardan investitsiya portfelini shakllantiradi. Binobarin, 
har bir 
aksiyador yoki fond paychisi o‘z qo‘yilmasiga mutanosib ravishda 


156 
umumiy portfelning bir qismi mulkdori hisoblanadi
. Fondlar o‘z qimmatli 
qog‘ozlar 
portfellarini 
shakllantirishda 
tajribali 
mutaxassislarni 
yollaydilar. 
Boshqa shakllarga nisbatan investitsiya fondlari bir qator ajralib 
turuvchi o‘ziga xos qirralarga ega: 
birinchidan

o‘z pul mablag‘larini investitsiya vositachisi 
(boshqaruvchi)ga taqdim etuvchi shaxslar investitsiyalash bilan bog‘liq 
risklarni zimmalariga oladilar; 
ikkinchidan
, boshqaruvchi aksariyat shaxslar (jismoniy singari, 
yuridik shaxslar)ning mablag‘larini, alohida badallarni yagona pulda 
egasizlashtirib hamda shu bilan birga, ko‘rsatib o‘tilgan risklarni jamoaviy 
investitsion sxemaning ishtirokchilari uchun o‘rtachalashtirgan holda 
birlashtiradi;
uchinchidan
, investitsiyalashning an’anaviy shakllaridan farqli 
o‘laroq (banklar, sug‘urta kompaniyalari, individual (alohida) pensiya 
schyotlari va h.k.) investitsiya fondlari sxemalari oldindan kelishib 
olingan to‘lovlarni ko‘zda tutmaydi; 
to‘rtinchidan
, investitsiya sxemalarida ishtirok etuvchi investor 
to‘plangan mablag‘larni investitsiyalash yo‘nalishi haqida xabardor 
bo‘lishi va shu munosabat bilan u o‘zining investitsion afzalliklariga 
ko‘proq mos keluvchi investitsiyalash shaklini tanlash imkoniga ega 
bo‘ladi; 
Alohida mamlakat va mintaqalar kabi, umuman, jahon iqtisodiyotida 
ham 
moliyaviy 
tizimni 
barqarorlashtirish 
jarayonida 
jamoaviy 
investitsiyalarning ijobiy rolini baholash murakkabdir. Investitsiya 
fondlari jahonda jamoaviy investitsiyalashning keng tarqalgan va istiqbolli 
shakliga aylandi. 
Investitsion fondlarning asosiy iqtisodiy ustunliklariga quyidagilar 
kiradi: 
• samaradorlik va axborot shaffofligi; 
• diversifikatsiya; 
• malakali boshqaruv; 
• likvidlik; 
• qulaylik; 
• soliq imtiyozlari; 
• tartibga solish. 
Samaradorlik va axborot shaffofligi
. Fond bozorining eng yuqori 
daromadlari ushbu bozorning noaniqligi va yuqori o‘zgaruvchanligi bilan 
bog‘liqligi ma’lum. Shuning uchun investitsion fondlarning aksiyalarini 


157 
uzoq muddatli investitsiyalar sifatida ko‘rib chiqish lozimligini qayd etish 
muhimdir. Fond investorlari uzoq muddatli maqsadlarga ega bo‘lib, bozor 
fluktuatsiyasi ularni qiziqtirmaydi, ular xavotirga tushmaydi hamda 
moliya bozorida faollik pasayishi holatlaridan o‘z paketlarini bekor 
qilmaydilar. 
Investitsiya fondlari amal qilishi va muvaffaqiyatining bosh asosi – 
ular oddiy investorlarga ular uchun mutlaqo yangi manbalardan 
daromad olish imkoniyatini berganliklaridadir
. Xullas, so‘nggisi 
investorlar omonatlarini diversifikatsiyalash imkoniyatini anglatadi. 
Investitsiya 
fondlari 
tufayli 
investorlar 
(omonatchilar) 
diversifikatsiyalangan investitsiya portfelini
yaratish imkoniga ega 
bo‘ldilar, bu esa qoplanmagan riskni kamaytirish va qoplangan riskni 
oshirishga yordam beradi. Risk tarkibidagi bunday o‘zgarish risk uchun 
ko‘proq kompensatsiya olish imkonini yaratadi.
Hozirgi vaqtda (yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek) moliya bozorida 
jamoaviy investitsiyalashning bir necha asosiy shakllarini ajratish 
mumkin: tijorat banklari, nodavlat pensiya jamg‘armalari, sug‘urta 
kompaniyalari, investitsiya fondlariga qo‘yilmalar. Qator holatlarda ular 
daromadlilik darajasi, ishonchlilik darajasi, axborot oshkoraligi, davlat 
tomonidan tartibga solish darajasi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. 
Investitsiyalashning qayd etib o‘tilgan shakllari bir qator muhimroq
mezonlar bo‘yicha qiyoslab chiqiladi: 
• 
daromadlilik 
– ushbu investitsion institut investorlarga qanday 
daromad darajasini taklif etadi; 
• 
ishonchlilik
– ushbu investitsion institutga qo‘yilmalar qanchalik 
ishonchli; 
• 
likvidlilik
– investor tomonidan kiritilgan mablag‘lar qanchalik oson 
va tez undirilishi mumkin; 
• 
axborot oshkoraligi 
– investor, o‘zi qo‘ygan mablag‘laridan 
foydalana olishi va ushbu investitsion institut faoliyati to‘g‘risida to‘liq va 
to‘g‘ri ma’lumot olish imkoniga egami; 
• 
davlat tomonidan tartibga solish
– davlat tomonidan tartibga 
solishning me’yoriy asosi qanchalik to‘liq ishlab chiqilgan va davlat 
ushbu investitsion institutni qanchalik qat’iy tartibga solishi; 
• 
eng kam qo‘yilma bo‘yicha cheklovlar
– alohida investorlar uchun 
eng kam qo‘yilma bo‘yicha cheklovlar o‘rnatilganmi; 
• qo‘shimcha (zaxira) talablar – ushbu investitsion institut uchun 
majburiy zaxira fondlarini shakllantirish bo‘yicha talablar o‘rnatilganmi. 


158 
Aksariyat mezonlar bo‘yicha: ishonchlilik, likvidlik, axborot 
oshkoraligi, davlat tomonidan tartibga solish darajasi, eng kam qo‘yilma 
bo‘yicha cheklovlar yo‘qligi – investitsiya fondiga qo‘yilmalar eng afzali 
hisoblanadi
.

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish