Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment


 Xalqaro kompaniyalar faoliyatining davlat tomonidan tartibga



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/214
Sana03.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#426662
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   214
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

3.4. Xalqaro kompaniyalar faoliyatining davlat tomonidan tartibga 
solinishi 
 
Qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniyalar faoliyatini huquqiy 
tartibga solish ikki yo‘l bilan: milliy-huquqiy va xalqaro huquqiy usullar 
bilan amalga oshiriladi.
Milliy-huquqiy tartibga solish
milliy huquq tizimi me’yorlari va 
institutlarini (ma’muriy, fuqarolik va b.) qo‘llashdan iborat. Ko‘p 
davlatlarda xorijiy firmalar faoliyatiga taalluqli investitsion qonunlar va 
kodekslar ko‘rinishida maxsus qonunchilik shakllangan. Ularning asosi 
qabul qiluvchi mamlakatda xorijiy investitsiyalarning qoidalari, shartlari 
va huquqiy kafolatlaridir. 
Qabul qiluvchi mamlakatda xorijiy firmalar faoliyatiga tegishli milliy 
qonunchilikka ko‘p mamlakatlar xorijiy investorga qabul qiluvchi 
mamlakat milliy rejimini, ya’ni xorijiy investor huquqlarini milliy 
korxonalar huquqlariga tenglashtiruvchi sharoitlarini taqdim etuvchi 
nizomni kiritadilar. Bundan tashqari xorijiy investorning qo‘shimcha 
tavakkalchiligini qoplash uchun qabul qiluvchi mamlakatning milliy 
qonunchiligi xorijiy investor uchun qo‘shimcha imtiyozlar va ustunliklarni 
ko‘zda tutadi.
Ko‘p davlatlar qonunchiligida xorijiy investorlarga notijorat 
tavakkalchiliklar (xorij xususiy mulkni milliylashtirish, terrorizm, foyda 
repatriatsiyasiga taqiq, tashqi to‘lovlarga moratoriy) bo‘yicha kafolatlar 
mavjud. Bunda investitsion bahslarni xalqaro arbitraj institutlarida 
ularning tartib-qoidalarini qo‘llash bilan hal qilish ko‘zda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.05.2003y. 205-
sonli “To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni 
kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan 
“Xorijlik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish 
choralari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq va 
respublikaga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun 
yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni 
ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, 
mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash 
maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga xorijiy 
investorlarni va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy 
himoya qilishni ta’minlash vazifasi yuklatilgan va quyidagi huquqlar 
berilgan: 


85 

xorijiy investorlarni va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 
korxonalarni javobgarlikka tortishning asosliligini zarur hujjatlar, shu 
jumladan, jinoiy, fuqarolik, xo‘jalik va ma’muriy ishlar materiallari bilan 
tanishish yo‘li orqali o‘rganib chiqish; 

vazirliklar, idoralar va nazorat organlari, shuningdek mahalliy 
hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlariga qonun hujjatlarining 
aniqlangan buzilishlari, qonun buzilishini va unga olib keluvchi shart-
sharoitlarning 
sabablarini 
bartaraf 
qilish 
to‘g‘risida 
belgilangan 
muddatlarda bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish; 

mansabdor shaxslar tomonidan xorijiy investorlar va xorijiy 
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy 
manfaatlari buzilishi hollari aniqlangan hollarda, shuningdek adliya 
organlarining 
qonuniy 
talablari 
mansabdor 
shaxslar 
tomonidan 
bajarilmagan taqdirda aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish 
to‘g‘risidagi masalalarni tegishli organlar oldiga qo‘yish; 

xorijiy 
investorlar 
va 
xorijiy 
investitsiyalar 
ishtirokidagi 
korxonalarning huquqlarini buzayotgan nazorat qiluvchi hamda mahalliy 
xoqimiyat va boshqaruv organlarining harakati yoki qarorlarini to‘xtatib 
qo‘yish; 

jinoiy, fuqarolik, xo‘jalik va ma’muriy ishlar bo‘yicha xorijiy 
investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzuvchi sud hujjatlarini davlat boji 
to‘lamasdan qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida sud instanstiyalariga takliflar 
bilan murojaat qilish; 

xorijiy 
investorlar 
va 
xorijiy 
investitsiyalar 
ishtirokidagi 
korxonalarning o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi 
to‘g‘risidagi murojaatlarini tekshirish uchun tegishli mutaxassislarni jalb 
etish. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish