Mehnat shartnomasi – ish beruvchi va yollanma ishchining shaxsiy
muzokaralari natijasida mehnat mazmuni va sharoiti, shuningdek, ish haqi
va ularning boshqa majburiyatlari haqidagi kelishuvi.
Mikrofirma – kichik biznes korxonasining bir turi. Mamlakatimizda
s anoat ishlab chiqarishning tarmoqlarida 20 kishigacha, xizmat ko‘rsatish
sohasida 10 kishigacha, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5
kishigacha ishlovchi korxonalar mikrofirma hisoblanadi.
Modernizatsiya –
obyektni takomillashtirish, yaxshilash, yangilash,
uni yangi talab va me’yorlarga, texnik shart-sharoitlarga, sifat
ko‘rsatkichlariga moslashtirish.
275
Moliyaviy “ko‘piklar” – real qiymatga ega bo‘lmagan pul va
obligatsiyalar hajmining ko‘payishi.
Madaniyat – kompaniyada xulq-atvor me’yorlari, xarakteri va
aloqalarining majmuasi.