Mahalliy raqobatbardoshlik.
Mahalliy sharoitlarga moslashish
qanchalik qiyin bo‘lsa, firmalar uchun mahalliy xodimlardan foydalanish
shunchalik samarali bo‘ladi, negaki ular mahalliy sharoitlarni yaxshiroq
tushunadilar. Bu zaruratning kelib chiqishiga atrof-muhitning noyob
xususiyati, bojxona to‘siqlari, kuchli mahalliy raqobatchilar yoki
manfaatli buyurtmachilarning mavjudligi sabab bo‘lishi mumkin.
Mahalliy imij.
Xorijliklar nazorat qilayotgan narsalarga raqiblik
munosabatlari mavjud bo‘lsa, ba’zan firma uchun mahalliy imidjni
yaratish foydalidir. Mahalliy rahbarlar “jonkuyar vatanparvarlar» sifatida
qabul qilinadi, bunda ular mahalliy manfaatlarni kompaniyaning global
maqsadlaridan ustun qo‘yadilar degan taxminga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |