Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy



Download 1,74 Mb.
bet30/32
Sana01.01.2022
Hajmi1,74 Mb.
#298024
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
kasbiy faployatda AT

O`quv mashg`uloti shakli va turi

Amaliy

O`quv mashg`uloti rejasi

1. Kompyuter viruslari haqida tushuncha.

2. Antivirus dasturlari va ularning vazifalari.



O`quv mashgulotining maqsadi: Kompyuter viruslari va ularni turlari, antivirus dasturlari to`g`risidagi bilim ko`nikmalarni shakllantirish mustaxkamlash.

O`qitish natijasi

Mavzuni o`zlashtirish natijasida o`quvchilar Kompyuter viruslari va ularni turlari, antivirus dasturlari to`g`risida bilimga ega bo`ladilar.

Pedagogik vazifalar

1. Kompyuter viruslari va ularni turlari bilan tanishtirish.

2. Antivirus dasturlari imkoniyatlarini tasniflab berish.

3. Antivirus dasturida ishlashni tushuntirish.

4. Antivirus dasturi imkoniyatlarini ochib berish



O`quv faoliyat natijalari;

1. Kompyuter viruslari va ularni zararlari to`g`risida bilimiga ega bo`ladilar

2. Antivirus dasturlari imkoniyatlarini tasniflaydilar

3. Antivirus dasturi imkoniyatlarini aytib beradilar

4. Kompyuter viruslari va ularni zararlarini tartibli ravishda izoxlab beradilar

O`qitish metodlari

Tushuntirish/ko`rsatma berish.

Suxbat.

O`qitish vositalari

Matnlar, yozuv taxtasi, kompyuter, ko`rgazmali qurol

O`quv faoliyatini tashkil etish shakli

Guruhli

O`qitish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan

guruxlarda ishlashga muljallangan xona

Qayta aloqaning usul va vositalari

Savol-javob

O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi



Ish

bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi

Talim oluvchi

1-O`quv mashg`ulotiga kirish (5daq.)

Tashkiliy qism:

1. O`quvchilarni mashgulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi

Mashg`ulotga

Tayyorlanadilar

2-bosqich.

Asosiy

(65daq.)

Tаyanch bilimlаrni fаollаshtirish:

1. Uygа berilgаn vаzifаni nаzorаt qilish xаmdа o`tilgаn mаvzu bo`yichа o`quvchilаrgа sаvollаr berish, ulаrni bаxolаsh;

qsаd vа vаzifаni belgilаnishi:

2.Mаshg`ulotning nomi, rejаsi, mаqsаd vа o`qitish nаtijаlаri bilаn tаnishtirish;

3. Mustаqil ishlаsh uchun аdаbiyotlаr bilаn tаnishtirish;

4.O`quv mаshg`ulotidа o`quv ishlаrni bаxolаsh mezoni vа ko`rsаtkichlаri bilаn tаnishtirish;

`lim oluvchilаr bilimini fаollаshtirish:

5.Tezkor–so`rov, sаvol-jаvob, texnikаlаr orqаli bilimlаrni fаollаshtirаdi;

Yangi o`quv mаteriаl bаyoni:

6. Amaliy mаshg`ulotning rejаsi v аtuzilishigа muvofiq, o`qitish jаrаyonini tаshkil etish bo`yichа xаrаkаtlаr tаrtibini bаyon etiladi. Аsosiy xolаtlаrni yozdiriladi;

7. Slаydlаrni Power Point tаrtibidа nаmoyish vа shаrxlаsh bilаn mаvzu bo`yichа аsosiy nаzаriy xolаtlаrni bаyon qilаdi;

Yangi o`quv mаteriаlini mustаxkаmlаsh:

8. Mustаxkаmlаsh uchun sаvollаr berilаdi. Jаrаyon kichik guruxlаrdа dаvom etishini mа’lum qilinаdi;

9. Kichik guruxlаrgа bo`lаdi, kichik guruxdа ishlаsh qoidаsi bilаn tаnishtirаdi xаr bir guruxgа topshiriq berаdi vа bаxolаsh mezoni bilаn tаnishtirаdi. Ishni bаjаrish yo`riqnomаsini berаdi;

10.Guruxlаrdа ishlаrni boshlаshgа ruxsаt berаdi. Xаr bir kichik gurux ishtirokchisi vаzifаni bаjаrish tаrtibini tushungаnligini аniqlаsh mаqsаdidа kаytа аlokа o`tkаzаdi.Bаjаrish jаrаyonini kuzаtаdi, mаslаxаtlаr berаdi.

11.Ishgа аjrаtilgаn vаqt tugаgаnini mа’lum qilаdi, guruxlаr taqdimotini tаshkil etаdi.Gurux а’zolаrigа diqqаt bilаn eshitishlаrini vа sаvollаr berishlаrini, shu bilаn birgа o`zаro bir-birlаrini bаxolаshlаrinieslаtаdi.

Jаvoblаrni to`ldirаdi vа qisqаchа xulosаlаr qilаdi;

12.Guruxlаr ishini o`zаro bаxolаshni o`tkаzаdi, mаvzuning xаr bir qismi bo`yichа xulosаlаr qilаdi, eng аsosiylаrigа e’tibor qаrаtаdi, berilаyotgаn mа’lumotlаrni dаftаrgа qаyd etishlаrini eslаtаdi. Mаvzuning kаsbiy fаoliyatlаridаgi аxаmiyati bilаn bog`lаb mаvzuni yakunlаydi.

Uy vаzifаsini tаkdim etаdilаr. Sаvollаrgа jаvob berаdilаr. Mаvzu nomi vа rejаsini yozib olаdilаr. Diqqаt qilаdilаr. Sаvollаrgа jаvob berаdilаr.

Topshiriqni bаjаrаdilаr.

Kichik guruhlаrgаbo`linаdilаr.

Kichik guruhdа ishlаsh qoidаsi bilаn tаnishаdilаr.

Xаr bir gurux o`z topshiriq vаrаqlаri bo`yichа fаoliyatini

boshlаydi. Xаr bir gurux sаrdorlаri chiqib o`z ishlаrini tаqdim qilishlаrini аytаdi.

Berilgаn qo`shimchа sаvollаrgа jаvob berаdilаr.

Gurux ish nаtijаlаrini o`zаro bаxolаydilаr. Mаlumotlаrni dаftаrgа qаyd qilаdilаr

3-bosqich Yakuniy

(10 daq.)

Mаshgulot yakuni:

1. Fаol ishtirok etgаn o`quvchilаrni jаvoblаrini izoxlаb bаxolаydi vа rаg`bаtlаntirаdi.

Uygа vаzifаni berilishi:

2. Kelgusi mаshg`ulotgа vаzifа vа uni bаjаrish yuzаsidаn yo`riqnomа berаdi.

Bаxolаri bilаn tаnishаdilаr.

Topshiriqni yozib olаdilаr

Mavzu: Antivirus dasturlari va ular bilan ishlash.


Reja: 1. Antivirus dasturlarining vazifasi.

2. Dastur yordamida ma’lumot xavfsizligini ta’minlash.

Virusga qarshi dasturli ta’minot ishining alohida xususiyatlari shundaki, virusga qarshi dasturlar omborini o`z vaqtida yangilab turish kerak. Bundan tashqari boshqa turdagi viruslar ham mavjud. Viruslardan himoya qilishda axborotni himoya qilishning umumiy vositalaridan foydalanish kifoya qilmaydi. Buning uchun maxsus dasturlardan foydalanish zarur bo`ladi. Bu dasturlarni bir necha kursga ajratish mumkin bo`ladi: detektorlar, vaksinalar (immunizatorlar), doktorlar, revizorlar (fayl va disklarning tizimini sohalaridagi o`zgarishlarni nazorat qiluvchi dasturlar). Doktor-revizorlar va filtrlar (virusdan himoyalanish uchun mo`ljallangan rezident dasturlar).

Revizor dasturlar-dastlab dastur va tizimli sohasi haqidagi ma’lumotlarni xotiraga oladi, so`ngra ularni dastlabkisi bilan solishtiradi. Mos kelmagan hollar haqida foydalanuvchiga ma’lum qiladi. Masalan, CRSLIST va CRCTEST dasturlar.

Filtr dasturlar va rezident dasturlar kompyuterning tezkor xotirasida rezidentday joylashadi va viruslar tomonidan zararni ko`paytirish va ziyon yetkazish maqsadida operatsion tizimga qilinadigan murojaatlarni ushlab qolib, ular haqida foydalanuvchiga ma’lum qiladi. Virusga qarshi dasturlar quvvatiga qarab, bir necha turga bo`linadi.


  1. AIDSTEST- viruslarni aniqlash va yo`qotish uchun mo`ljallangan virusga qarshi ko`p qirrali dastur (har haftada yangilanib turadi).

  2. Doctor WEB (Dr.Web) –yangidan yaratilgan, ma’lum va noma’lum viruslarni aniqlash va yo`qotish uchun ishlatiladigan virusga qarshi dastur. U arxivlangan va vaksinalangan fayllarda ham viruslarni aniqlay oladi. (har oyda o`rtacha 2 marta yangilanadi).

  3. ADINF- diskdagi barcha o`zgarishlarni nazorat qiluvchi, disklarning virusga qarshi revizor dasturi (bir yilda bir necha marta yangilanadi. Diskdagi barcha dasturlarning fizik kamchiliklarini nazorat qiladi. Diskning tizimli sohasini va fayllar holatini eslab qoladi va qayta yuklashda diskdagi o`zgarishlarni aniqlaydi, agar biror havfli o`zgarishlar aniqlansa, foydalanuvchiga bu haqida xabar beradi.

  4. SHERIF - qattiq diskdagi operatsion tizim dasturlar va ma’lumotlar faylini 100% kafolat bilan himoyalovchi rezident dastur. Bu dasturlar asosan MS DOS muhitida ishlatiladi(ularni Windows muhitiga moslash ham mumkun). Amalda yuqoridagilardan bittasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Biror dasturni o`rnatib uni doimiy ravishda yangilab borilsa, foydaliroq bo`ladi.

Kompyuterga virus yuqqanda (yoki yuqqanlik haqida gumon bo`lsa) quyidagi qoidalarni esda tutish va qo`llash lozim.

  1. Dastlabki, qarshi kurash qarorlarini qabul qilishga shoshilmaslik kerak. O`ylamasdan qilingan harakatlar tiklash mumkin bo`lgan fayllarning bir qismini yo`qotishgina emas, balki kompyuterni yana qayta kasallantirishga olib kelish mumkin.

  2. Virus o`zining buzg`unchiligini davom etirmasligi uchun kompyuterni o`chirish lozim.

  3. Kompyuter kasallanishi va davolanishi ko`rinishni aniqlashga mo`ljallangan barcha amallarni yozishdan himoyalangan operatsion tizimli disk bilan kompyuterni ishga tushirish orqaligina bajarish mumkin.

Dr.Web dasturidan foydalanish bilan tanishib chiqamiz. Bu dastur 32 bitli Windows turkumidagi operatsion sistemalar uchun mo`ljallangan bo`lib qisqacha Dr.Web 32 W deb ataladi. U keng tarqalgan antivirus dasturlaridan biridir. Doctor Web har doim yangilanishda bo`ladi. Doctor Web da ishni boshlash uchun joylashgan katologdan Dr.Web. exe dasturi kompyuterga yuklanadi. Natijada ekranda quyidagi holat paydo bo`ladi. Bunda ekranning eng yuqori qismida Dr.Web. Anti virus dasturining menyusi paydo bo`ladi. Uning yordamida vaqtincha Dr.Web dan chiqib turish (“Временный выход”), dasturdan chiqish (“Выход”) va dastur haqida (“О программе”) buyruqlarini bajarishi mumkin.

Menyuning test bo`limidagi xotirani tekshirish (“Тест памяти”), tekshirish (“Тестирование”), davolash (“Лечение”), statistika (“Статистика”), fayl hisoboti (“Отчёт файла”) mavjud. Muloqot oynasida Путь для лечения davolash yo`li ko`rsatiladi. “Временный выход” (vaqtincha chiqish) buyrug`i yordamida Dr.Web dan vaqtincha chiqib turiladi. “Настройка” yordamida Dr.Web dasturining parametirlari sozlanadi. Menyudan foydalanib, qanday fayllarni tekshirish bilan bog`liq bo`lgan barcha parametrlar o`rnatiladi. So`ngra «Тест» dagi «Лечение» ko`rsatmasini tanlash va Ctrl va F5 tugmalarini birgalikda bosish orqali viruslardan davolash jarayonini boshlab yuboriladi. Dastur xotiraning ko`rsatilgan qismini tekshirib, mavjud viruslarni davolashga harakat qiladi va ish oxirida mos hisobotni chiqaradi.

Dr.Web 32 ning yana bir yangiliklaridan biri uning test qilinadigan ob’yektlarni ixtiyoriy diskdagi katologlar ro`yxatidan (xatto fayllarni ham) tanlash imkoniyatining mavjudligidir.

Dr.Web 32 antivirus dasturini ishga tushirilganda (Windowsning) ish stolidan, Пуск menyusining Программы bo`limidan, Microsoft Office menyusidan, Пуск menyusining Выполнить bo`limidan, monitor ekranida Dr.Web. for Win 32 oynasi ochiladi.

Update Dr.Web throught Internet (Dr. Web. omborsini Internet orqali to`ldirish) tugmasi bosilganda muloqot oynasi chiqadi. Server aniqlanmaganda manzil hato ko`rsatilganda yoki Internetga ulanmaganda bu haqida xabar beriladi.
Mavzu: Qattiq diskga xizmat ko`rsatish amallari.
Reja: 1. Qattiq diskga xizmat ko`rsatish amallari.

2. Diskdagi fayllar bilan ishlash tartiblarini o`rganish.




Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish