Funksiya va protsedura tushunchasi
“Rasmli test” loyihasi
1. Ilovaga matn satrini kiritish. Edit boshqarish obyekti va uning xossalari. Har qanday ilova ma'lumotlarni chiqarishi bilan birga unga ma'lumotlarni kiritish imkoniga ega bo'lishi kerak. Delphi muhitida buning eng sodda usuli ilova oynasiga Edit (Kiritish maydonchasi) boshqarish obyektini kiritishdir. Bu obyekt boshqarish obyektlarining standart panelida oltinchi bo'lib joylashgan va uning yorlig'i
Bu obyektning ko'plab xossalari ilova oynasi obyekti Formniki kabi. Unda ham Left, Top, Width, Height xossalari bor. Unda Caption xossasi yo'q. Shuning uchun u odatda Label obyekti bilan birga ishlatiladi. Uning asosiy xossasi Text (Matn) bo'lib, unga kiritilgan mam satri shu xossada saqlanadi. Agar bu xossaga biron bir mam satri qiymatini bersak, bu satr uning kiritish maydonchasida aks etadi.
Kiritish maydonchasi obyektining yana bir muhim xossasi ReadOnly (faqat o'qish uchun) deb ataladi. Bu xossaning qiymati mantiqiy kattalik bo'lib, faqat True (rost) yoki False (yolg'on)ni qabul qiladi. Dastlab bu xossa qiymati False (yolg'on) deb o'rnatilgan. Shu sababli, unga ma'lumotlarni kiritish mumkin.
Agar bu xossa qiymati True (rost) ga o'zgartirilsa, u holda unga foydalanuvchi tomonidan ma'lumot kiritib bo'lmaydi. Lekin ilova undagi ma'lumotlami o'zgartira oladi. Bu nimaga kerak, degan savol tug'ilishi tabiiy. Edit obyekti Labeldan farqli ravishda ramkaga olingan va unga kiritilgan ma'lumot chiroyliroq ko'rinadi. Agar biz undan ma'lumot chiqarish uchun foydalanmoqchi bo'lsak, bu ma'lumot foydalanuvchi tomonidan o'zgartirmasligini ta'minlashimiz kerak bo'ladi.
2. Edit boshqarish obyektining boshqa xossalari. Edit obyektining yana bir foydali xossasi MaxLength deb ataladi. Uning yordamida maydonchaga kiritiladigan mam satri uzunligini chegaralash mumkin. Masalan, maydonchaga o'quvchining tug'ilgan yili kiritilishi kerak bo'lsa, MaxLengthni 4 ga teng qilib olish ko'p hollarda unga adashib boshqa ma'lumotlami kiritib yuborishning oldini oladi.
Edit obyektining yana bir foydali xossasi Font bo'lib, uning yordamida maydonchaga kiritiladigan mam uchun shriftni, shrift o'lehami, rangi va shriftning yana bir qator xossalarini o'matish mumkin. Bu xossa boshqa obyektlarda, masalan, Form obyektida ham bor. Agar biz shriftni ilova oynasi uchun o'rnatsak, u ilova oynasidagi barcha obyektlarga ham ta'sir qiladi. Buning oldini olish kerak bo'lsa, ilova oynasidagi obyektning ParentFont (ajdodi shrifti) xossasining qiymatini rostdan yolg'onga o'tkazish lozim.
Editning yana bir foydali mantiqiy xossasi AutoSize (o'lehamni avtomatik tanlash) bo'lib, maydonchaga kiritilayotgan mam ko'paygan sari maydoncha o'lehami kattalashib borishini ta'minlaydi. Agar bunda maydoncha yonidagi boshqa obyektlarni berkitib qo'ymasligi kerak bo'lsa, bu xossa qiymatini rostdan yolg'onga o'tkazish kerak bo'ladi.
Kiritish maydonchasi foydalanuvchining parolini kiritish uchun mo'ljallangan bo'lsa, parolni boshqalar ko'rmasligi uchun u boshqa belgi, masalan, "*" bilan almashtiriladi. Edit da bu imkoniyat ham ko'zda tutilgan. Uning Passwordchar xossasi maydonchaga kiritilgan harflar almashtiriladigan belgining tartib raqami (32-127)ni bildiradi. Dastlab u #0 ga teng va u kiritilgan harf boshqasiga almashtirilmasligini bildiradi. Agar biz uni #42 bilan almashtirsak, maydonchaga kiritilgan harflar o'miga "x"
harfi aks etadi. #42 o'miga bevosita ekranga chiqarilishi kerak bo'lgan bclgini kiritish ham mumkin. Masalan, "+",
3. Foydalanuvchini qutlash ilovasi. Ilovada foydalanuvchi o'z noraini va hamma uchun umumiy bo'lgan parol: "12345" ni kiritishi kerak bo'lsin. Buning uchun Delphida yangi ilova yaratamiz va uning oynasiga ikkita label, uchta edit, bitta button obyektini kiritamiz. Ularning xossalarini obyekt inspektori (object inspector)da quyidagicha o'zgartiramiz:
Bu ishlarni bajarib bo'lgach, buttonl ni ikki marta bosamiz va ekranda hosil bo'lgan dastur matni oynasida kursor turgan joyga quyidagi operatorlarni bexato kiritamiz:
Bu operatorlar Buttonl tugmasini bosganimizda ishlab ketadi. Ulardan birinchisi Bdit2 maydonchasiga kiritilgan parol to'g'riligini tekshiradi. Agar to'g'ri bo'lsa, u holda uchinchi satrdagi operator uchinchi maydonchaga foydalanuvchini tabriklovchi mam satrini chiqaradi. Keyingi uchta satrdagi operatorlar endi keragi bo'lmay qolgan ikkita Labell, Label2, ikkita Editl, Edit2 va Buttonl obyektlarini oynada ko'rinmaydigan qilib qo'yadi. Aks holda uchinchi maydonchaga parol xato terilgani haqida xabar chiqadi va qayta urinib ko'rish mumkin.
Quyidagi rasmlarning birinchisida parol noto'g'ri terilgandagi, ikkinchisida parol to'g'ri terilgandagi holatlari aks ctgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |