3. SplnEdit boshqarish obyekti va uning xossalari. Oldingi ilovalarda sonli kattaliklarni kiritish uchun Edit obyektidan foydalangan edik, Undan foydalanganimizda kiritilgan kattalikni matn satri turidan butun son turiga o'tkazishga to'g'ri kelgan edi. Agar unga sonni kiritishda xatoga yo'l qo'yilsa, masalan, 3 o'rniga uch ni kiritsak, ilova o'z ishini to'xtatib, xato to'g'risida xabar chiqaradi.
SpinEdit (sonni kiritish maydonchasi) obyekti butun sonlarni kiritish uchun mo'ljallangan, Unda awaldan belgilab qo'yilgan oraliqdagi butun sonni kiritish imkoniyati mavjud. Bu ilovalar uchun juda qulay. Yuqoridagi rasmda bu obyektlardan ikkitasi yashil hoshiyaga olingan.
SpinEdit obyekti obyektlar panelining Samples (Namunalar) jildida joylashgan. Bu jild ekranda ko'rinmaydi. Uni ko'rish uchun jildlar ro'yxati oxiridagi uchburchak ko'rinishidagi tugmalardan ikkinchisini bir necha marta bosish kerak:
SpinEdit da sonni bevosita uning kiritish maydonchasiga kiritish mumkin. Undagi sonni kiritish maydonchasining o'ng tomonidagi ikki tugma yordamida awaldan belgilangaii qadam bilan kamaytirish yoki oshirish mumkin.
SpinEdit ga kiritilgan sonning qiymati uning Value (qiymat) xossasida saqlanadi. Sonning qabul qiladigan eng kichik qiymati Mm Value, eng katta qiymati MaxValue xossalarida saqlanadi. Agar bu xossalar qiymati 0 ga teng bo'lsa, sonning qiymatiga chegara qo'yilmaydi. In pre mem (qadam) xossasida son qiymatining o'sish qadami ko'rsatiladi. Dastlab u 1 ga teng.
Eng yaxshi futbolchi ilovasi. Yangi obyektlardan foydalanishni o'rganish uchun eng yaxshi futbolchi tanlovi ilovasini yaratamiz. Yangi ilova yaratib, uning oynasiga bitta I JtstBox, bitta ComboBox, bitta SptriEdit va bitta Button obyektli ListBox ning Itera: xossasini ikki marta bosib, hosil bo'lgan muloqot darchasida yuqoridagi rasmda ko'rsatilgan 8 ta futbolchi ro'yxatini kiritamiz* Spinlklit obyektini tanlab, Object Injector oynasida uning MaxVaJuc xossasini 5, MmVaJuc xossasini 1, Value xossasini 5 ga teng qilib o'matamiz.
Button 1 obyektini ikki marta bosib, dastur kodi oynasini chaqiramiz va B'JttonlClick protsedurasiga quyidagi kodni kiritamiz:
Protseduraning birinchi, uchinchi va yettinchi satrlari oynada borligini unutmang. Ikkinchi satrda ikkita yangi o'zgaruvchi yaratiladi. To'rtinchi satrida ulardan birinchisi: i ga tanlangan futbolchining ro'yxatdagi raqami beriladi. Shu satrda bu raqamning nomanfiyligi tekshiriladi (aks holda futbolchi tanlanmagan bo'ladi). Oltinchi satrda ikkinchi o'zgaruvchi: j ga ComboBox I ro'yxatining i-satridagi son (dastlab u 0 ga teng) beriladi. Oltinchi qatorda bu songa SpinEditl dagi son (futbolchiga berilgan baho) qo'shiladi va u matn satriga aylantirilib, ComboBox 1 ro'yxatining i-satriga yozib qo'yiladi.
OK
ini rasmda ко6 rsatilgandek j oylaymiz.
Natijada ComboBox 1 dagi ro'yxatda har bir futbolchi to'plagan ballar yig'ilib boradi. Uni obyektning o'ng tomonidagi uchburchak ko'rinishida tugmani bosib, xohlagan paytimizda ko'rishimiz mumkin. Ilovani F9 tugmasini bosib ishga tushiramiz. Unda birinchi ro'yxatdan futbolchini tanlab, ikkinchi maydonchada unga berilgan bahoni tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz (chapdagi rasm). Bir necha marta futbolchilarga ovoz berib, natijani ko'rish uchun uchinchi maydonchaning o'ng tomonidagi uchburchak tugmani bosamiz (o'ngdagi rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |