2 2 3
bemorni tushkunlikka tushishi, xatto hayotdan ham "to‘yishi" kabi holat-
larga olib kelishi mumkin ekanligini unutmaslik kerak.
Subyektiv sezgilar, kasallikni aniq ko‘rinishlaridan oldin boshlanishi
mumkin. Savol javob tugagach, bemorni tekshirish usullari, aynan qanaqa
tekshirishlar o‘tkazilishi zarurligi ishlab chiqiladi. Demak, savol-javob
va tekshirish usullari birin-ketin o‘tkazilsada, ular bir-biridan farq qiladi:
tekshirish usullari kasallikni patogenetik belgilarini, paradont to‘qimasi
majmuasining qaysi va qay darajada, qanaqa o‘zgarishlar ketayotganligini,
organizmning umumiy holati, uning reaktivlik holati, qaysi ichki a’zo
yoki tizimda, qaysi kasallik va ularning paradont kasalligi bilan qay
tarzda bog‘liqligi — demak, paradont
kasalligini moxiyatini ochib
berishga xizmat qiladi.
Shunday qilib bemorni o‘rganish jarayoni quyidagilardan iborat:
1. Boshlang‘ich tekshiruvlarda bemorning shikoyatlari, anamnez,
og‘izni ko‘rish, oddiy asboblar va laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazib
taxminiy, birlamchi tashhis qo‘yiladi.
2. Barcha zaruriy, jumladan maxsus tekshiruvlar (reoparadontografiya,
immunolologik aniqlash uchun tekshiruvlar, mikrobiologik, ayrim paytda
biopsiya va xokazo) o‘tkazib, kasallikni
keltirib chiqargan ayrim
patogenetik omillar aniqlangandan so‘ng, kengaytirilgan, oxirgi tashhisga
yaqinroq bo‘lgan tashhis qo‘yiladi.
3. Davolash
jarayonida qayta-qayta, qo‘shimcha
tekshiruvlar
(oshqozon-ichak yo‘llarini, yurak-qon tomir kasalliklari, qon, siydik
yo‘llari kasalliklari va boshqalar)ni o‘tkazib oxirgi, aniqlangan tashhis
qo‘yiladi va shunga qarab davolashga qo‘shimchalar kiritiladi.
Shunday qilib, bemorlarni tekshirish usullari ikkiga bo‘linadi: asosiy
va qo‘shimcha tekshirish usullari.
Asosiy usullarga savol — javob va bemorni, og‘iz bo‘shlig‘idagi
paradont to‘qimalari holatini ko‘rish, ularda kechadigan yallig‘lanish
yoki distrofik o‘zgarishlar darajasi, ulardan kelib chiqqan asoratlar,
paradontga salbiy ta’sir ko‘rsatib turgan stomatogen o‘choqlar,
plombalarning o‘tkir qirralari, noto‘g‘ri prikus, noto‘g‘ri ortodontik,
ortopedik
moslama yoki protezlar, ularning
klammerlari va shunga
o‘xshash noxush ta’sir etib turgan maxalliy ta’sirotlar va paradont
kasalligini aniqlash uchun kerakli qo‘shimcha tekshiruv usullarini
aniqlashdek, muxim ishlarni bajarish rejasini tuzish kiradi.
Savol-javobda kasallik nimadan yoki
bemor fikricha nima bilan
bog‘liq ravishda, qachon boshlanganligi, yangi kasallik belgilari, qancha
tishlar olinganligi va ular nima uchun olinganligi, xususan kasallik
boshlangandan keyin olingan tishlar sonini bilish (zarur), chunki tishlar
qandli diabetda paradontit kabi qimirlab qolishi va shu sababdan olib
tashlanishi yoki organizmning boshqa kasalliklarida, o‘z vaqtida to‘liq
va oxirigacha davolanmagan pulpit, xususan periodontit kasalliklari
tufayli olingan tishlar ham bo‘lishi mumkin.
2 2 4
Undan tashqari, og‘iz daxlizining kichikligi, lab, til, yuganchalarining
to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri yopishganligi, kariyesli tishlar va shunga o‘xshash
holatlarni aniqlash ham ko‘rik paytida bajariladi.
Yana bemorning
umumiy ahvoli, kayfiyati, savollarga aniq javob berishi kabilarni aniqlash
ham tashhis quyishda foydalidir.
Shuningdek, jag‘ning faqat yoki ko‘pincha bir tomonida chaynash
kabi yomon odatlar, kasbiy salbiy ta’sirotlar, ovqatlanish xarakteri (o‘z
vaqtida yoki noto‘g‘ri ovqatlanish-shirinliklarni xaddan tashqari iste’mol
qilish), og‘iz tozalik qoidalariga rioya qilinishi, nima bilan (pasta, poro-
shok) va qay tartibda tishlarni tozalanishi va boshkalarni aniqlash zarur.
Paradont kasalligini bundan oldin davolanganligi, nimalar bilan
davolangan, foydasi qanday bo‘lgan, hozirgi paradont holati, ichki a’zo
va tizim kasalliklari borligini bemor biladimi yoki yo‘qmi va boshqalarni
aniqlash ham kerak. Zarurat bo‘lganda, terapevtlar, jarrohlar, endokrino-
loglar, gematologlar, pediatrlar (bolalarda paradont kasalliklari bo‘lgan-
da), psixonevrologlar, psixiatrlar, nevropatologlar va boshqa mutaxassis-
liklarda ishlaydigan shifokorlar maslaxatlari-konsultasiyalaridan ham
foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Og‘iz bo‘shlig‘ini tekshirib ko‘rilganda tishlar okklyuzion yuzalarining
holati, ularda fiziologik va patologik emirilish bor-yo‘qligini aniqlash
ham kerak.
Umuman paradontitni tekshirish bir necha bo‘limdan: 1) milk holatini
baxolash; 2) patologik diastema (tish oralarini ochilib qolishi); 3) tishlar
siljishi, bor-yo‘qligi; 4) milk cho‘ntaklari chuqurligi; 5) rentgenologik
tekshiruv yordamida alveola suyagining emirilish darajasi; 6) tish qatorlari
okklyuzion yuzalari holati; 7) jarayon joylashgan joylar; 8) davolanish
yoki olib tashlashga layoqatli tishlarni aniqlash kabilardan iborat.
Milk holati, uning rangi, zichligi, qon oqishining bor-yo‘qligi, to‘qi-
malarning gipertrofiya yoki atrofiyasi, milk qirralari va so‘rg‘ichlarining
holati bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: