1 7 9
aniqlanadi. Talab bilan ana shunday murakkab o‘zaro bog‘lanish
tovarli taklifni xarakterlaydi.
Taklif va jamiyatda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori
jihatidan ham, tarkibiy jihatdan ham ma’lum bir vaqt ichida bir-
biriga mos kelmaydi. Bunga ko‘pgina sabablar bor. Kombinatsiya-
lashgan ishlab chiqarish sharoitida bozorga ikkilamchi qayta
ishlash mahsulotlari taklif qilinadi. Bu esa oldi-sotdi aktlari
sonining kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari, talab va
taklif orasidagi nomutanosiblikni bartaraf etish uchun zaxira
fondi zarur. Bu fond muomala jarayonida kamaya boradigan
tovarlar o‘rnini qoplash uchun kerak. Misol uchun ishlab
chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining bir qismi shaxsiy
ehtiyojlar uchun; urug‘likka, yem-xashak va boshqa fondlarga
bo‘linadi va tovarli taklif shaklini olmaydi. Yoki mahsulotning
tashqi bozorga eksport qilinadigan qismi ishlab chiqarishga
nisbatan ichki bozorda tovar
taklifini kamaytiradi yoki
ko‘paytiradi. Bozorda tovarli taklif shaklini olgan ijtimoiy ishlab
chiqarishning ma’lum o‘lchoviga talab shaklini olgan ijtimoiy
ehtiyoj qarama-qarshi turadi.
Talab — bozorga qo‘yilgan
tovarlarga ehtiyojdir. Bu ehtiyojning bir qismidir. Bozorda u tovarli
taklifga qarama-qarshi turar ekan, qiymat shaklida ifodalanadi
va pul mablag‘lari bilan ta’minlanadi. Mana shunga asosiy
e’tiborni qaratish lozim. Kimki olgan tovari o‘rniga pul taklif
qilsa, uni talabni ifodalovchi deb atash mumkin. Shuning uchun
talabni to‘lovga qodir ehtiyoj deb aniqlash mumkin. Xaridorning
ana shunday talabini qondirish uchun bozor mavjuddir. Xaridor
manfaatining iqtisodiy tomoni — o‘z pulini zarur iste’mol
buyumiga
almashtirish, ya’ni tovar sotib olishdir. Bu —
xaridorning sotuvchi tomonidan taklif qilinayotgan tovarlardan,
paydo bo‘lgan ehtiyojni eng ko‘proq
va samarali qondira
oladiganini tanlab olishga harakat qilishidir.
Talab hamma vaqt aniqdir, chunki u har doim ma’lum bir
bozorda, aniq bir tovarlarga nisbatan mavjud bo‘ladi. Talabning
bunday xususiyati uning miqdoriy va sifat jihatidan kelib chiqib,
uning mustaqilligini tavsiflaydi va tovar-pul muomalasining
normal jarayoni buzilishi va chekinishlarga yo‘l qo‘yilishi
mumkinligidan kelib chiqadi. Bunday chekinishlar ma’lum
qiymat va natural buyum shaklida ifodalangan talabning aniq
shakliga tovarli taklif mos kelmay qolganda ro‘y beradi. Talab
juda harakatchan va o‘zgaruvchandir. O‘zgaruvchanlik va
1 8 0
egiluvchanlikni talabning asosiy xususiyatlari deb qarash
mumkin. Buni o‘z vaqtida K.Marks ham ko‘rsatib o‘tgan edi.
U talab shaklidagi ijtimoiy ehtiyojni faqat bir qarashda qat’iy
qayd etilgan miqdoriy aniqlikka ega bo‘lishi
mumkin deb
hisoblagan.
Amalda talabning ijtimoiy ehtiyojlardan farqlanish
chegarasi turli tovarlar va aholining turli tabaqasi uchun juda
xilma-xildir. Turli tabaqa va guruhlarning, jamiyatning yalpi
daromadi ana shu chegarada tebranib turadi. Talabning o‘ziga
xos xususiyatlaridan biri — uning ijtimoiy mohiyatidir. Bu
jamiyatda turli guruh va qatlamlarning vakillari, turlicha
iqtisodiy-ijtimoiy va turmush sharoitiga ega bo‘lganligidan bir
xil tovarlarga turlicha talabni vujudga keltirishda namoyon
bo‘ladi. Tovarlar — shaxsiy buyum va ijtimoiy jamoa iste’moli
uchun yoki ishlab chiqarish iste’moli uchun mo‘ljallangan ishlab
chiqarish vositasi sifatida sotiladi va sotib olinadi. Shuning uchun
talabni ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar qo‘yadi. Demak, talab
darajasiga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ularning ayrimlari
quyidagilardir:
T = f (E
x
,
B, B
o
,
B
t
,
D, D
f
,
I
m
,
F),
bu yerda,
T — tovar (xizmat)larga talab; E
x
— iste’molchining
ehtiyoji;
B, — tovarning bahosi; B
o
— almashtira oladigan
tovarning narxi;
B
t
— to‘ldiruvchi tovarning narxi;
D —
iste’molchining daromadi;
D
f
— iste’molchining daromadliligi,
ya’ni sotib olish qobiliyati;
I
m
— iste’molchining madaniy,
ma’naviy darajasi;
F — iste’molchining iqtisodiy kelajagi haqidagi
fikri.
4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: