5 9
shartlarini boshqacha buzishlardan himoya choralarini belgilab
qo‘yadi.
Shartnomalarda to‘g‘ri tanlangan to‘lov shartlari va hisob-
kitob shakllari ko‘p jihatdan har bir tashqi savdo operatsiyalarida
mablag‘lar
aylanishining tezligini,
shuningdek, uning
samaradorligini belgilab beradi.
To‘lov shartlarini tanlashda quyidagilar hisobga olinadi:
— tovarning xususiyati (xomashyo,
oziq-ovqat,
asbob-
uskuna, xizmatlar. «Nou-xau»);
— tegishli tovar bozorining konyunkturasi;
— savdo odatlari va munosabatlarning shakllangan amaliyoti;
— hukumatlararo to‘lov bitimlarining mavjudligi;
— kontragent-mamlakatlarning valutani nazorat qilish milliy
normalari;
— bank amaliyotida shakllangan, turli hisob-kitob shakllarini
qo‘llash bo‘yicha bir xil qoidalar.
To‘lov shartlari tovar harakatda bo‘lishining qaysi bosqichida
unga haq to‘lanishi va u bir marta yoki bir nechta badallar
orqali to‘lanishini belgilab qo‘yadi.
Xalqaro savdo amaliyotida qo‘llaniladigan to‘lovning bir
nechta usullari bor: naqd pul bilan to‘lash, kredit bilan to‘lash,
shuningdek, ularning aralashmasi.
Naqd pul bilan to‘lash tovar eksportga tayyorlanishi davridan
to tovar yoki tovar hujjatlarining xaridor ixtiyoriga o‘tishigacha
(yoki o‘tish paytida) to‘lanadigan to‘lov turlarining barchasini
o‘z ichiga oladi. Naqd hisob-kitob turining shakllari chek, pul
o‘tkazish, akkreditiv, inkasso, ochiq raqam bo‘yicha hisob-kitob
hisoblanadi.
Chek xaridor yoki buyurtmachining o‘z banklariga chekda
ko‘rsatilgan summani taqdim etuvchiga (muayyan shaxslarga,
tashkilotlarga) yoki ularning buyrug‘iga ko‘ra, boshqa shaxslarga
berishi (order cheklari) to‘lash haqidagi yozma farmoyishdir.
To‘lovning chek shakli amaliyotda kam qo‘llaniladi.
Bank o‘tkazmasi (perevodi)
deganda eksportchilar
importchilarga yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar uchun,
da’volar bo‘yicha va boshqa o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha
schyot jo‘natishi nuqtai-nazaridan bo‘naklar berish ko‘zda
tutiladi. Ushbu hujjatlar asosida to‘lovchilar o‘z banklariga
eksportchilar yoki kreditorlarning raqamiga pul o‘tkazish uchun
to‘lov topshiriqnomalarini yuboradilar. Bu shakl, asosan,
6 0
kreditlar bo‘yicha qarzlarni to‘lash, assortiment va sifat bo‘yicha
reklamatsiyalarni tartibga solish, ochiq raqam bo‘yicha qarzlarni
to‘lash, shuningdek, notijorat to‘lovlari bo‘yicha to‘lovlarni
to‘lashda qo‘llaniladi.
Inkasso eksportchining topshirig‘iga binoan, importchiga
tovar hujjatlari berilishiga qarama-qarshi importchidan
shartnomadagi to‘lov summasini olish va uni eksportchi hisobiga
o‘tkazish bo‘yicha bankning majburiyatidir.
Akkreditiv xaridorning shartnomada ko‘rsatilgan muddatda
belgilangan, emitent-bankda
kelishilgan summaga sotish
foydasiga akkreditiv ochish majburiyatini nazarda tutadi.
O‘zbekiston tashkilotlarining amaliyoti va xalqaro amaliyotda
hisob-kitoblarning akkreditiv va inkasso shakllari keng tarqalgan.
Bunda akkreditiv ko‘p jihatdan sotuvchi uchun qulay, chunki u
sotuvchiga to‘lovning katta kafilligini beradi, to‘lovning inkasso shakli
esa xaridorga qulay, chunki u xaridorga sotuvchidan tovar hujjatlari
olinganidan keyin to‘lovni amalga oshirishga imkon beradi.
Misollar. 1.To‘lov Tashqi iqtisodiyot bankining korrespondenti
bo‘lgan Finlyandiya bankining inkassoga qo‘yilgan quyidagi
hujjatlarni... olgan sanasidan so‘ng, uch kun muhlat ichida telegraf
bo‘yicha amalga oshiriladi. 2. Ushbu shartnoma bo‘yicha yetkazib
berilgan tovarga to‘lov Moskva shahridagi Tashqi iqtisodiyot
bankining o‘z korrespondent banklari orqali quyidagi hujjatlarni...
olganining o‘ninchi kuni, AQSH dollarida yuklangan tovarning
95 % hajmida inkasso shaklida amalga oshiriladi. 3. Yetkazib
berilgan tovar uchun hisob-kitoblar AQSH dollarida otzivsiz,
bo‘linadigan akkreditiv bo‘yicha, ochiq Xaridorga Moskva
shahridagi Tashqi iqtisodiyot bankidagi telegraf orqali amalga
oshiriladi. Akkreditivda bir joydan boshqa joyga ortish va qisman
tushirib ketish shartlari, shuningdek, akkreditivni ochish va uzaytirish
bilan bog‘liq barcha xarajatlar, boshqa bank xarajatlari Xaridor
hisobidan to‘lanishi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Akkreditiv 90 kun
mobaynida amal qiladi va Sotuvchining tovarni yuklab jo‘natishga
tayyorligi haqidagi xabarnoma olingach, ochilishi kerak.
Akkreditivning shartlari shartnomaning shartlariga mos
kelishi kerak. Shartnomaga kiritilmagan shartlar akkreditivga
kiritilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: