Rivojlantirish instituti j. J. Jalolov, I. A. Ahmedov, I. S. Hotamov korxona tashqi iqtisodiy



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/120
Sana20.07.2021
Hajmi0,79 Mb.
#124196
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   120
Bog'liq
korxona tashqi iqtisodiy faoliyati va marketing kasb-hunar kollejlari talabalari uchun oquv qollanma

Tovarning bahosi. Shartnomada baho yetkazib berishning
kelishilgan bazisiga ko‘ra, tovarning son birligi alohida valutaning
pul birligida ko‘rsatiladi. Bunda tomonlar o‘rnatilgan baho
qanday tushunilishi, ya’ni unga yukni jo‘natish, tara, o‘rash-
joylash, markirovka qilish va boshqalar bilan bog‘liq xarajatlar
kirish-kirmasligini kelishib oladilar.
Shartnomada quyidagi turli baholar qo‘llanilishi mumkin:
— qat’iy baho;
— keyinchalik qayd etib boriladigan (fiksatsiya) baho;
— o‘zgaruvchan baho.
Qat’iy baho muzokaralarda tomonlar kelishib olganlaridan
so‘ng shartnomaga kiritiladi va shartnoma bajarilishi davomida
o‘zgartirilishi mumkin emas. Qat’iy baholar tashqi savdo
operatsiyalarida juda ko‘p qo‘llaniladi. Biroq bahoni
belgilashning shu usulidan foydalanayotganda, bu usul faqat
qisqa muddatli bitimlarga (1–1,5 yil) mos kelishini unutmaslik
kerak. Uzoqroq muddatga ega shartnomalarda qat’iy bahoni
qayd etib qo‘yish shunga olib kelishi mumkinki, shartnoma


5 7
baholari joriy bozor narxlaridan ancha farq qilishi mumkin. Bu
esa tomonlardan biri uchun foydali emas.
Misollar. 1. Ushbu shartnoma bo‘yicha sotilgan tovarning bahosi
AQSH dollari bilan belgilanadi (nettosining har metr tonnasiga
123 dollar) va taraning, o‘rash-joylash materiallarining, tovar
markirovkasining bahosini, shuningdek, tovarni kemaning trumlariga
ortish va joylashtirish xarajatlarini hamda separatsion material-
larining bahosini qo‘shgan holda, bir fransuz yoki Belgiya porti
shtivkasi hisobga olingan FOB tushuniladi. 2. Yetkazib berilayotgan
tovarlarga baholar pozitsiyalar bo‘yicha 1-ilovada ko‘rsatilgan.
Baholar qat’iy va o‘zgartirilishi mumkin emas.
Keyinchalik qayd etib boriladigan baholar shartnomada
ko‘rsatilmaydi. Bu holda «Tovarning bahosi» bandida gusida,
ya’ni shartnomani bajarish paytida bahoni belgilashning usullari
ko‘rsatiladi. Masalan, shartnoma baholarini yetkazib berish yoki
to‘lov kunidagi birja kotirovkalari bilan yoxud boshqa ishonchli
ma’lumot baholari bilan belgilash nazarda tutilishi mumkin.
Misollar. 1. Ushbu shartnoma bo‘yicha yetkazib berilayotgan
misning bahosi yetkazib berish sanasidan bir kun oldingi London
metallar birjasining 3 oylik kotirovkasi bilan belgilanadi. 2. Prokat
bahosi «Metall buletin»ning to‘lov o‘tkaziladigan paytda tegishli
mahsulot turiga oid ma’lumot baholari asosida o‘rnatiladi.
Shartnomada keyinchalik qayd etib boriladigan baholarni
o‘rnatishda xaridorga bitimni bajarish muddatlari ichida bahoni
qayd etish vaqtini tanlab olish huquqi, baho darajasini belgilash
uchun u baholar haqidagi qanday axborot manbalaridan
foydalanishi mumkinligini ko‘rsatgan holda berilishi mumkin.
Bunday bitimlar 
onkol bitimlar deb ataladi.
O‘zgaruvchan baho dastlabki (bazis) bahoni shartnomada
qayd etishni nazarda tutadi. U baholarni hosil qiluvchi
elementlar o‘zgarganda, kelishuvni bajarish davomida
tomonlarning kelishib olgan metodiga ko‘ra, o‘zgarishi mumkin.
Baho o‘rnatishning bunday usuli xom ashyo hamda mashina-
texnik mahsulotlarni yetkazib berishda qo‘llanilishi mumkin.
Xomashyo mahsulotlarini yetkazib berishda baho o‘rnatishning
bunday usulini ba’zan harakatchan baho deb ham atashadi.
Bunday holda shartnomada ko‘rsatilgan tovar bahosi ushbu
tovarni yetkazib berish paytidagi bozor baholarining o‘zgarishiga
bog‘liq bo‘ladi. Shartnomada, albatta, baholarning o‘zgarishi
haqida to‘xtalishi kerak bo‘lgan manba ko‘rsatiladi, shuningdek,


5 8
bozor baholarining shartnoma baholaridan farq qilishiga yo‘l
qo‘yiladigan minimumi va maksimumi kelishib olinadi.
Misol. Ushbu shartnoma bo‘yicha yetkazib beriladigan neftning
bahosi har bir barreliga... AQSH dollarini tashkil qiladi. «OPEK
bulletini bo‘yicha ma’lumot bahosi shartnomani tuzish vaqtida
har barreliga... AQSH dollarini tashkil qiladi. Ma’lumot bahosi
shartnomani bajarish davomida o‘zgarsa, shartnoma bahosi shunga
mutanosib holda o‘zgaradi.
Asbob-uskunalarga o‘zgaruvchan baholar shartnoma
bajarilayotgan paytda shartnoma bajarilishi davomida ro‘y bergan
ishlab chiqarish sarflaridagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda
bazis (shartnoma) baholarini qayta ko‘rib chiqib, o‘rnatilgan
bahodir. Ko‘pincha o‘zgaruvchan baho bir yildan ortiq yetkazib
berish muddatlariga ega mashinalar va uskunalar savdosida,
shuningdek, hajmi va davomiyligi katta pudrat ishlarini
bajarishda o‘rnatiladi. Oxirgi baho odatda quyidagi formula bilan
hisoblanadi:
S
1
q S

=
 
( A Q V + R
1
G‘ R
0
 Q D + M
1
G‘M
0
 Q),
bunda S
1
 — oxirgi baho; S
0
 — dastlabki baho; A — tormozlanish
koeffitsiyenti, ya’ni bahoning o‘zgaruvchan qismidagi o‘zgarmas
ulushi; V, D va h.k. — bahoning alohida tashkil etuvchilaridir,
masalan, ish kuchi bahosi, materiallarning bahosi va sh.k.; R
1
 va
R

lar — yetkazib beruvchi sotilgan tovarlarni tayyorlash uchun
olgan materiallarga baholarning va dastlabki baholarni o‘rnatishning
indekslari; M
1
 va M
0
 mahsulotni ishlab chiqarayotgan tarmoqdagi
ish haqining indeksi, tegishlicha baholarni qayta hisoblash davri
va dastlabki baholarni o‘rnatish davrlari uchun.
Zarur hollarda keltirilgan formulaning o‘zgaruvchan qismi
zarur tashkiliy elementlarning soniga mos ravishda kengayib
borishi mumkin. Bunda ushbu elementlarning umumiy ulushi
summasi har gal birga teng bo‘lishi kerak. Tormozlanish
koeffitsiyenti odatda, 0,1 dan 0,2 gacha chegarada o‘rnatiladi
va mahsulotga o‘tadigan asosiy fondlarning bir qismini,
rejalashtirilayotgan foydani va sh.k.larni aks ettiradi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish