b) Texnik shartlar bo‘yicha. Agar ma’lum tovarga standart
bo‘lmasa va uning sifatini belgilash uchun texnik sharoit
qo‘llanilsa, ushbu shartlar ishlatiladi. Texnik shartlar
shartnomaning matnida yoki uning ilovasida beriladi.
d) O‘ziga xos xususiyatiga ko‘ra. O‘ziga xos xususiyatlari
shartnomada ilova tarzida beriladi va tovarni tavsiflovchi zarur
texnik o‘lchamlarni o‘z ichiga oladi. O‘ziga xos xususiyatlar,
asosan, eksportchilar tomonidan tuziladi. Bunday hollarda
shartnomada o‘ziga xos xususiyatlarini tuzgan tashkilotni va bu
xususiyatlarni sanab o‘tish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |