E. Tovar sifati. Tovarlarning sifatini shartnomada aniqlab
olish tovarning xarakteristikasini belgilash, ya’ni uning xaridor
talabiga muvofiq va yaroqliligini belgilashdir. Sifatni aniqlash
usuli tovarning xususiyatlaridan va xalqaro savdoda ushbu tovarga
nisbatan shakllangan amaliyotdan kelib chiqib belgilanadi.
a) Standart bo‘yicha. Bu usul tovarning sifati ma’lum
standartga to‘la mos kelishini nazarda tutadi. Standartlar turli
hukumat tashkilotlari (milliy standartlar, masalan, GOST, DIN
tadbirkorlar uyushmalari, ilmiy-texnik atssotsiasiyalari
tomonidan ishlab chiqiladi. Standartlarni qo‘llash shartnomalar
o‘rnatilishini yengillashtiradi. Unda standartning nomeri va
sanasi, uni to‘lab chiqqan tashkilot nomini ko‘rsatish yetarli.
Do'stlaringiz bilan baham: |