Dinamika qatorlarini qayta ishlash usullari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1.Qatorlarni yagona asosga keltirish va ulash (tutashtirish) usuli
2. Davrlarni kattalashtirish (davrlar oralig’ini kengaytiish) usuli
3.Sirg’anchik o’rtacha tekislash usuli
4.Qatorlarni analitik tekislash usuli.
Dinamik qatorlarni taqqoslama holatga keltirish uchun ularni yagona asosga keltirish kerak.Buning uchun yagona bazaga ega bo’lgan hodisalarning boshlang’ich mutlaq ko’rsatkichlarini nisbiy ko’rsatkichlar bilan almashtirish zarur.
Boshlang’ich davr darajasi baza qilib qabul qilinsa, qatordagi har bir keyingi davr darajasi boshlang’ich davr darajasiga bo’linib,foizda ifodalanadi va shu tariqa dinamika qatorlari bir xil asosga keltiriladi.
Dinamik qatorlarni ulash usuli orqali ham taqqoslama holatga keltiriladi. Quyidagi jadval malumotlari asosida yagona asosga keltirish va ulash usullari yordamida yechimini ko’rib chiqamiz.
Dinamik qatorlarni yagona asosga keltirish va ulash tartibi
Jadvaldagi 1-nchi va 2-nchi qatorlarni taqqoslama holatga keltirish uchun 2006 yilgi ikkita daraja nisbati asosida koeffisiyent aniqlanadi:
700 : 580 = 1.2
Shundan so’ng ushbu koeffisiyent yordamida eski chegaradagi g’alla ekin maydoni yangi chegara uchun mos ravishda taqqoslama holga keltiriladi:
2003 y – 500 *1.2 = 600
2004y – 510 * 1.2 = 612
2005 y -550 * 1.2 = 660
Natijada yagona taqqoslama qatorga ega bo’lamiz (jadvalni 3-nchi qatori).
Ayrim hollarda dinamika qatorlar darajalarini dastlab qaraganda ularning o’zgarish tendensiyalarini ilg’ab qolish qiyin.Bunday hollarda dinamika qatorlari bo’yicha davr oarlig’ini kattalashtirib olish zarur.Masalan, yillik darajasini uch yillik , besh yillik darajalari bilan almashtirish zarur.Bunday jarayon davr oralig’ini kengaytirish deb ataladi. Buni paxta yalpi hosili misolida ko’rib chiqamiz.
Fermer xo’jaliklar bo’yicha paxta yalpi hosili to’g’risidagi malumotlar
Yillar
Yalpi hosil,s.
Yillar
Yalpi hosil,s.
2004
1400
2009
1475
2005
1078
2010
1695
2006
1520
2011
1628
2007
1216
2012
1872
2008
1715
-
-
Jadvaldan ko’rinib turibdiki,alohida yillar bo’yicha yetishtirilgan paxta yalpi hosili bir biridan ancha farqlanadi. Paxta yetishtirish bo’yicha o’sish sodir bo’layotirmi yoki yo’qmi,bu jarayon ko’rinmaydi. Shuning uchun paxta yetishtirish bo’yicha rivojlanish qonuniyati mavjudligini ko’rsatish davrlar oralig’ini kattalashtirib olish zarur. Buni quyidagi jadvaldan ko’rish mumkin.
Kattalashtirilgan davrlar bo’yicha o’rtacha yillik paxta yalpi hosili dinamikasi