Rivojlanishi tarixidan


ushbu o'lka rus ziyolilarining taraqqiyparvar qismini



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/96
Sana09.08.2021
Hajmi1,33 Mb.
#143581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
urbanizatsiya majmua

ushbu o'lka rus ziyolilarining taraqqiyparvar qismini juda qiziqtirardi. Mashhur 
rus  zoologi,  zoogeografi  va  sayyohi,  darvinizmning  e'tiqodli  tarafdorlaridan 
bo'lgan  N.A.  Severtsov  (1827  —  1886)  Turkistonning  ko'p  joylarini  fizik-
geografik  jihatdan  o'rganishda,  jumladan,  Pomir  tizma  tog'larining  orografiyasini 
o'rganishda  ko'p  mehnat  va  kuch  sarf  qildi.  N.  A.  Severtsov  sayohati  vaqtida 
zoologiya,  botanika,  mineralogiya  va  paleontologiyaga  oid  juda  qimmatli 
kollektsiyalar to'pladi. 
Mashhur  rus  geografi  P.  P.  Semyonov-Tyan’shanskiy  (1827—1914)  O'rta 
Osiyo,  ayniqsa  Tyanshan’  tizma  tog'larining  geografik  o'rganilishiga  asos  soldi. 
Uning  to'plagan  ma'lumotlari  asosida  Tyanshanda  Al’p  muzliklari  mavjudligi 
masalasi  ijobiy  hal  qilindi,  nemis  geografi  Gumbol’dtning  Tyanshandagi  vulqon 
hodisalari  h,aqidagi  fikrlari  rad  qilindi.  Tyanshanni  tekshirish  rus  geografiya 
fanining eng muhim xizmatlaridan biridir. 
Rus  tabiatshunosi  va  sayyohi  A.  P.  Fedchenqo  (1844—1873)  Turkiston 
tabiatini  o'rganishda  katta  rol’  o'ynadi.  U  Farg'ona  vodiysi  bilan  Oloyni  birinchi 
marta  tekshirib  chiqdi;  Oloy  orqasidagi  tizma  tog'lar  va  uning  eng  baland 
cho'qqioini  ochish  sharafi  ham  unga  nasib  bo'lgan,  u  Zarafshon  vodiysi  bilan 
Qizilqumni ham tekshirib chiqqan»: 
Geolog va geograf I. V. Mushketovning (1850 — 1902) ilmiy xizmatlari x.am 
katta. SHimoliy Tyanshan tizma tog'i orografiyasining. geologik asoslarini dastlab 
u  ko'rsatib  berdi.  U  Turkistondagi  ko'pgina  foydali  qazilma  konlarini  ta'riflab, 
Turkiston  minerallarining  dastlabki  ro'yxatini  tuzib  chiqdi.  1877—1879  yillarda 
Mushketov  geologik tekshirish  ishlarini bajarish  maqsadida Oloy, Pomir, Buxoro, 
Hisorga, Amudaryo bo'ylab va Qizilqumga sayohat qildi. 1880 yilda esa Zarafshon 
muzligiga ilmiy safar uyushtirdi. Mushketov 1881 yilda (G. D. Romanovskiy bilan 
birgalikda)  Turkistonning  birinchi  geologiya  xaritasini  tuzdi.  U  O'rta  Osiyo 
geologiya  tuzilishining  birinchi  ilmiy  kontseptsiyasini  taklif  qildi,  uni  o'rganish 
bosqichlarini  ko'rsatib  berdi.  I.  V.  Mushketov  o'z  tadqiqotlarini  va  Turkistonni 
o'rgangan  boshqa  olimlarning  ilmiy  ishlarini  o'zining  mashhur  «Turkistonning 
geologiya 
va 
orografiya 
ta'rifi» 
monografiyasida 
umumlashtirgan. 
Bu 
monografiyaga  yozilgan  katta  muqaddima  tarixshunoslik  nuqtai  nazaridan 
yondoshilgan «O'rta Osiyoni o'rganish tarixi»ga ilova qilingan. 
O'rta  Osiyo  tuprog'ini  o'rganishda  h,am  rus  tadqiqotchilari  ko'p  mehnat  sarf 
qilishgan. Mashhur rus olimi, hozirgi zamon ilmiy tuproqshunosligiga asos solgan 
V.  V.  Dokuchaev  (1846—1903)  o'zining  ko'pgina  asarlarida  bu  sohada  dastlabki 
(1898 yilda) ma'lumotlarni bergan. 
Harbiy  topograflar  ham  qunt  bilan  unumli  ishlar  qilganlar,  Turkiston  harbiy 
topografiya  bo'limi  tuzilganga  qadar  (1867  yil)  o'lka  topografiya  jixdtidan  qariyb 
butunlay o'rganilmagan edi. Faqat Kaspiy va Orol dengizi sohillarida, Sirdaryo  va 
Amudaryoning etak tomonlari, Balxash ko'li sohillari  va boshqa ba'zi  joylarda bir 
qadar aniq yarim instrumental va ko'z bilan o'lchangan tasvirga olishlar o'tkazilgan 
edi,  xolos.  Harbiy  topografiya  bo'limi  oldida  tabiiy  kontrastlari  bir-biridan  keskin 
farq qiladigan  juda katta  hududni  keng ko'lamda suratga tushirishdek  mashaqqatli 


vazifa turardi. Bo'lim  «xizmat  yuzasidan  lozim bo'lgan» ba'zi bir zarur  xo'jalik  va 
harbiy  ehtiyojlarni  ta'minlash  bilan  cheklanib  qolmasdan,  O'rta  Osiyoning  bosh 
xaritasini tuzish ishiga kirishib ketdi. 
Turkiston  bosib  olingandan  keyin  o'lkani  xaritaga  tushirish  va  iqlimini 
o'rganish  uchun  ilmiy  baza  yaratish  masalasi  tug'ildi.  1867  yilda  Toshkent 
meteorologik  markazi  tuzildi,  bir  oz  vaqtdan  keyin  shunday  markazlardan  bir 
qanchasi boshqa erlarda ham vujudga keldi. 
Toshkentda  falakiyotshunoslik  rasadxonasi  yaratish  yuzasidan  tayyorgarlik 
ishlari  olib  borildi  va  1874  yilda  Russiyadagi  eng  qadimgi  Pulkovo  rasadxonasi 
xodimlarining  yordami  bilan  shunday  rasadxona  ochildi.  SHart-sharoitning 
qiyinligiga qaramay, bu sohada katta yutuqlar qo'lga kiritildi. Rasadxonaxodimlari 
hozirgi  O'rta  Osiyo  respublikalari  hududida  qariyb  870  falakiyot  manzillarini 
aniqladilar.  Rasadxona  xodimlari  o'z  tashabbuslari  bilan  ilmiy-  tekshirish  ishlari 
olib  bordilar.  I.  I.  Pomerantsevning  Farg'ona  vodiysida  geoid  shakli  ustida  olib 
borgan  tekshiriolari  (1896  yilda),  D.  D.  Gedeonovning  Toshkent  kengligining 
o'zgarishi haqidagi dadqiqotlari (1895 — 1896 yillarda) diqqatga sazopordir. Biroq 
kadrlar  etishmasligi  va  ajratilgai  mablag'ning  ozligi  sababli  rasadxona  tadqi-qot 
ishlaripi rsjali ravishda muntazam olib bora olmadi. 
O'lkani  o'rganishda  statistika  qo'mitalari  ham  muhim  rol’  o'ynadi.  1868  yil 
yanvarda Turkiston statistika qo'mitasi tuzildi. Uning tashabbusi bilan 1872 yildan 
«Turkiston  o'lkasi  statistikasi  uchun  materiallar»  nomli  to'plam  chiqarila 
boshlandi: (1872—1876 yillar ichida hammasi bo'lib 5 to'plam chiqarildi.) 1887 yil 
birinchi  yanvardan  boshlab  Sirdaryo  (Toshkentda),  Samarqand  (Samarqandda), 
Farg'ona  (YAngi  Marg'ilonda)  viloyatlari  statistika  qo'mitalari  tuzildi.  qo'mitalar 
viloyatlarga  xos  obzorlar  nashr  qilib,  ularda  «tabiiy  va  ishlab  chiqarish  ishlari», 
xalq  xo'jaligi,  sug'orish  tizimlari,  yo'llar,  aholi  va  uning  mashguloti,  o'lpon  va 
soliqlar,  ma'muriy  tuzilish,  sog'liqni  saqlash  va  maorif,  jamoat  obodonchiligi,  ob-
havo kuzatishlari va hokazolar haqidagi mufassal ma'lumotlar berildi. 1886—1913 
yillarga  oid  «Sirdaryo  viloyati  obzorlari»  (Toshkent,  1887—1916  yillar),  1884—
1913  yillarga  oid  «Farg'ona  viloyati  obzorlari»  (YAngi  Marg'ilon-Skobelev, 
1889—1916  yillar)  nashr  qilingan  edi.  qo'mitalar  *bulardan  tashqari  yana  o'z 
ishlari haqida hisobotlar va boshqa kitoblarni ham nashr qildirdi. 
O'rta Osiyo  xalqlarining turmushiga bag'ishlangan,  ilmiy  va o'lkashunoslikka 
doir  turli  xabarlar  va  maqolalar  «Turkestanskie  vedomosti»  hamda  «Turkiston 
viloyatining gazeti» (Toshkent, 1870—1917 yillar) va boshqa mahalliy matbuotda 
muntazam bosilib turdi. 
1870  yilda  Toshkentda  ochilgan  Turkiston  xalq  kutubxonasi  (hozirgi  Alisher 
Navoiy  nomidagi  O'zbekiston  milliy  kutubxonasi)  o'lkani  o'rganish  bilan 
shug'ullanuvchi  barcha  tadqiqotchilar,  ayniqsa  mahalliy  xodimlar  uchun  katta 
ahamiyatga  ega  bo'ldi.  Kutubxona  tashabbuskor  bibliofillar  (kitob  muxbirlari)  va 
bibliograflarning ko'rsatgan faoliyati asosida o'lkani o'rganishga doir qimmatli asar 
va materiallar bilan boyib bordi. Kutubxona ochilishi vaqtida faqat 1700 jild kitob 
bor  edi,  1917  yilga  kelib  undagi  kitoblar  soni  80  ming  jildga  etd^  Kutubxona 
fondida saqlanayotgan adabiyot  va manba majmualaridan «O'rta Osiyoga, ayniqsa 
Turkiston  o'lkasiga  taalluqli  Turkiston  asarlar  va  maqolalar  to'plami»  juda  ham 
qimmatli asar bo'lib, shu kunlarda ham o'z axamiyatini yo'qotmagan. 
Bu  to'plamni  tuzish  ishlarini  ko'zga  ko'ringan  rus  bibliografi  V.  I.  Mejov 
Peterburgda  1868  yildan  boshlab  20  yil  davomida  olib  borgan  edi.  1888  yilda 
«Turkiston to'plami»ga kirgan katta-katta jildlarning soni 416 ga etganda (bular1867—1887  yillarda to'plangan 
materiallar  edi)  o'lkadagi  chor  ma'muriyati-  buyrugi  bilan  «mablag'  yo'qligi 
sababli»  bu  ishlar  to'xtatilgan  edi.  V.  I.  Mejov  «Turkiston  to'plami»ga  uch 
kitobdan  iborat  sistematik  va  alfavit  ko'rsatkich  tuzgan.  1872  yilda  A.  L.  Kun  va 
boshqa  sharqshunoslar  mashhur  «Turkiston  al’bomi»  (Turkiston  o'lkasining 


etnografiya,  arxeologiya,  kasb-hunar  va  tarixiga  doir  suratli  al’bom)ni  tuzib 
tamomladilar.  Bu  nodir  asar  hozirgacha  ham  o'z  ilmiy  qimmatini  yo'qotgani  yo'q. 
Al’bom  1262  dona  rangli  va  rangsiz  fotosuratlar  yopishtirilgan  447  kartondan 
iborat  bo'lib,  Rossiyada  faqat  uch  kutubxona  —  imperator  kutubxonasi,  Fanlar 
akademiyasi  kutubxonasi  va  Turkiston  kutubxonasigina  faxrlana  oladigan,  badiiy 
jihatdan g'oyat noyob asar edi. 
1917  yilga  qadar  o'lkadagi  ilmiy  jamiyatlar  tomonidan  hammasi  bo'lib  Rus 
geografiya  jamiyatining  Turkiston  bo'limi  «Axboroti»ning  13  jildi  (1898—1917 
yillar),  Turkiston  arxeologiya  va  havaskorlar  to'garagining  majlisi  qarorlari  va 
axborotlaridan  21  to'plam  (1896—  1917  yillar),  Turkiston  qishloq  xo'jaligi 
jamiyati tomonidan «Turkiston qishloq xo'jaligi», jurnalidan 142 son (1906—1917 
yillar),  «Turkiston  dehqoni»  jurnalidan  60  son  (1915  —  1917  yillar), 
SHarqshunoslik  jamiyati  Toshkent  bo'limi  «Axboroti»  ning  6  soni  (1908—1909 
yillar),  bundan  tashqari  yana  ilmiy-tibbiyot  jamiyatlarining  ko'pgina  protokol 
hamda asarlari va boshqalar bosib chiqarilgan edi. 
Ozbekistonning va umuman butun Turkistonning yodgorliklari ko'pdan buyon 
olimlarning  diqqatini  o'ziga  jalb  qilib  kelardi.  XIX  asr  davomida  osori  atiqalar 
ustida  arxeologik  kuzatishlar,  qidiruv  ishlari  olib  borildi.  Bu  sohadagi  ishlar  P.  I. 
Lerh  N.  I.  Veselovskiy,  V.  A.  Jukovskiy,  V.  V.  Bartol’d  va  mahalliy 
turkistonshunoslardan M. S. Andreev, V. L. Vyatkin, A. L. Kun, A. A. Semyonov 
va boshqalarning nomlari bilan bog'liqdir. 
Sobiq  Turkistonning  qadimiy  yodgorliklarini  hisobga  olish  va  tekshirishga 
markazdagi  ilmiy  muassasalar  imperator  arxeologaya  komissiyasi,  ayniqsa  Rus 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish