eltuzarxon SHermuhammad Munisga bu asarni Firdavsiyning «SHohnoma»
asaridan ustun qilib yaratishni xam uqtiradi. Munis asari o'zbek tilida
yanatilgan.Xiva xonligining XVI —XVII asrlardagi tarixining yoritishda
Abulg'ozining asarlaridan foydalanadi. Xiva xonligining XVIII asrdagi tarixiga
oid voqealarni o'z ko'zi bilan ko'rgan kishilar, ayniqsa, otasining bergan
ma'lumotlari asosida ezadi. XVIII asrning ikkinchi yarmidagi eng muhim
voqealarni, 1812 yilgacha bo'lgan tarixiy voqealarni tasvirlash paytida unga xon
tomonidan boshqa vazifa, ya'ni Mirxondning mashhur asari «Ravzat us- safo»ni
fors tilidan o'zbek tiliga tarjima qilish topshiriladi. Munis bu asarning birinchi
kitobini tamomlab, ikkinchisini yozayotgan vaqtida to'satdan vafot etadi. SHunday
qilib, u qo'lyozmaning tarjimasini ham, o'z asarini ham tamomlay olmaydi.
Muhammad Rizo Ogahiy (1809 — 18б4) Xiva xoni Olloquli (1825 — 1842) ning
topshirig'i bilan asarni davom ettirib, 1827 yillargacha bo'lgan voqealarni yozadi.
So'ngra u 182б—1842 yillardagi voqealar yoritilgan «Riyoz ud-davla», 1842 —
1845 yillardagi tarixiy voqealar yoritilgan «Zubdat ut-tavorix», 184б—1855
yillardagi voqealar yoritilgan «Jomi'ul-voqeoti sultoniy», 185б—18б5 yillardagi
voqealar yoritilgan «Gulshan davlat» nomli asarlarni yozadi. Ogahiy «SHohidi
iqbol» nomli beshinchi asarini Xiva xoni Muhammad Rahimxon davri (18б5 —
1910)ga bag'ishlaydi. Ammo bu asar tamomlanmay, 1872 yili voqealari bilan
tugaydi.
Munis va Ogahiylar saroy tarixchilari bo'lsalarda, ularning asarlari o'zining
dalillarga boyligi, xronologik izchilligi, o'zida aks ettirilgan siyosiy voqealarning
to'liq bayoni jihatdan o'sha davrdagi Buxoro va Qo'qon saroy tarixchilaridan
birmuncha yuqori turadi. Xiva saroy tarixchiligi va xususanj Munis, Ogahiy
asarlaridagi bu xususiyatni o'z vaqtida V. V. Bartol’d h,am «Istoriya kul’turnoy
jizni Turkestana» degan asarida ta'kidlab: «Munis va Ogahiyning kitoblari adabiy
va tarixiy asar sifatida kamchiliklariga qaramay, bayon qilishning to'liqligi va
daliliy Ma'lumotlarning soni jihatidan bizgacha etib kelgan Buxoro va Qo'qon
xonliklari tarixi bo'yicha bitilgan asarlarni «orqada qoldiradi», deb yozgan edi.j
Xulosa qilib aytganda, XIX asrning birinchi yarmida mahalliy tarixchilar
tomonidan
yaratilgan
tarixiy
asarlar
mamlakatning
xo'jaligi,
iqtisodiy
munosabatlar, sinfiy kurash, xalq xarakatlari va siyosiy voqealarning ijtimoiy-
iqtisodiy ildizlarini ochib bera olmagan bo'lsa ham, tarixchilarimiz o'lkani
o'rganishda, solnomalar tuzishda, etnografik va toponimik materiallar to'plashda
bu nodir asarlardan, tanqidiy nuqtai nazardan qarab foydalanishlari mumkin. Bu
asarlar shuning uchun ham 1917 yilga qadar o'lka tarixini o'rganishda juda qo'l
keladi. runki ularning mualliflari bevosita o'sha davrda yashatan, ro'y berayotgan
voqea va xodisalarpi o'z ko'zlari bilan ko'rgan, shuningdek ularni oldingi davr
voqealari bilan qiyoslagan. SHu nuqtai nazardan bu asarlar muhim ahamiyat kasb
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |