Rivojlanishi asosiy bosqichlari. Zamonaviy informatika tushunchasi va mohiyati. Uni vujudga kelishi va rivojlanishi, asosiy bosqichlari



Download 372,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana14.07.2022
Hajmi372,76 Kb.
#795866
1   2   3   4   5   6   7   8
Sanitariya-gigiena talablari. 
Informatika darsida talabalar kompyuterda ishlaganlarida, boshqa 
darslardan farqli o„laroq, ularning bir qator mushaklari tarang holatda bo„ladi va kompyuterda uzoq 
muddat ishlash to„liq shakllanib ulgurmagan talabalarning badanlari zo„riqishiga va noto„g„ri 
shakllanishiga olib kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun quyidagi talablarga rioya qilish kerak: 
1)
Kompyuter monitori o„tirgan talabalarning ko„zlari darajasidagi balandlikda bo„lib, talabalar 
undan 40 sm dan 80 sm gacha bo„lgan masofada o„tirish imkoniyatiga ega bo„lishlari kerak.
2)
Kompyuterning klaviaturasi o„tirgan talabalarning bukilgan tirsaklari darajasida bo„lishi kerak. 
Sichqon uchun klaviaturaning ikkala tomonidan etarlicha joy qoldirilishi va ular bir xil 
balandlikda bo„lishlari kerak.
3)
Kompyuterlarni hatto maxsus ishlangan stend va shkaf ko„rinishidagi mebellarga joylash 
taqiqlanadi. Kompyuter stolining tortmalari bo„lsa, ular talabalarning o„tirgan holda oyoqlarini 
oxirigacha uzatishlariga xalaqit bermasligi kerak.
4)
Kompyuterda muttasil ishlash vaqti talabalar uchun 30 minutdan oshmasligi lozim.
5)
Kompyuter xonasining kvadrat metrlardagi sathi unga joylangan kompyuterlar sonidan kamida 
6 marta ko„p bo„lishi kerak.
6)
Kompyuter xonalari etarli quvvatga ega ventilyasiya tizimiga ega bo„lishi lozim.
7)
Kompyuter klaviaturasida iflos qo„llar va o„stirilgan tirnoqlar bilan ishlashga ruxsat berilmaydi.
8)
Yuqumli kasalliklar xuruji paytida talabalar kompyuterda ishlashdan oldin va keyin qo„llarini 
sovun bilan yuvishlari kerak.
9)
Klaviaturaning kompyuter ishlamayotgan paytda uzoq muddatga ochiq holda qolishi va unda 
chang yig„ilib qolishining oldini olish lozim. 
 
2. Informatika va axborot texnologiyalari fani tarixi va rivojlanish bosqichlari.
Informatika
 
– bu insoniyat faoliyatining bir sohasi bo`lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va 
kompyuter yordamida uni qayta ishlash, shu bilan bir qatorda tatbiq muhiti bilan o`zaro bog`liq bo`lgan 
jarayonlarning aloqadorligini o`z ichiga oladi. 
«Informatika» so`zi dastlab, XIX asrning 60 – yillarida Frantsiyada vujudga keldi. U informatsiya 
(
information
) va avtomatika (
automatique
) so`zlarini birlashtirishidan hosil bo`lib, «ma‟lumotlarni 
avtomatik qayta ishlash» degan ma‟noni bildiradi. Ingliz tilida gaplashadigan mamlakatlarda u kompyuter 
fani (
Computer science
) deb ataladi. Mustaqil fan sifatida informatika XX asrning 40 – yillar oxirida 
texnika, biologiya, ijtimoiy va boshqa sohalarda boshqarishning umumiy printsiplari haqidagi fan – 
kibernetika fani bazasida vujudga keldi. 
Informatikaning asosiy vazifasi – axborotni qayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish 
hamda ularni amaliyotda qo`llashdan iboratdir. Informatika quyidagi masalalarni yechadi: 
ixtiyoriy axborot jarayonlarini tekshirish; 
axborot jarayonlarini tekshirish natijasida olingan bazani qayta ishlash uchun eng yangi texnika va 
texnologiyalarni yaratish; 
jamiyatning barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan unumli foydalanishning 
ilmiy va muhandislik muammolarini yechishni yaratish hamda ularni tatbiq etish. 
Shartli ravishda informatikani uchta o`zaro bog`liq qismga bo`lish mumkin: 
Apparatli texnika vositasi. 
Dastur muhiti. 
Algoritmlar muhiti. 



Informatika keng ma‟noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya‟ni inson faoliyatining barcha 
sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiyalar yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan 
bog`liq bo`lgan yagona sohadir. 
Informatika ham xuddi fundamental fanlar singari kompyuterlar texnologiyasi bazasidan ixtiyoriy 
ob‟ektlarni boshqarish jarayonlarning axborot ta‟minoti metodologiyalarini, tatbiqiy predmet sifatida esa 
insonning konkret ishlab chiqarish faoliyati doirasida axborot tizimlarini yaratish bilan shug`ullanadi. 
Informatikaning asosiy tushunchalaridan biri bu 
axborot
dir. 
Axborot so`zi lotincha «information» so`zidan kelib chiqqan bo`lib, tushuntirish, tanishtirish, bayon 
etish degan ma‟nolarni anglatadi.
Axborot – bu odamlar orasidagi, odamlar bilan EHMlar orasidagi, jonli va jonsiz tabiat orasidagi 
ma‟lumot almashinuvi bo`lib, keng ma‟noda ilmiy tushunchadir. 
Insonning butun faoliyati u yoki bu holda axborotni olish va undan foydalanish bilan bog`langan. 
Kitob o`qiganda, rasmni qarab chiqayotganda biz axborotni eslab qolamiz va yig`amiz. Xat yozamizmi
telefonda gaplashamizmi – biz axborotni uning egasiga yoki suhbatdoshimizga uzatamiz, undan qabul 
qilamiz. Har qanday masalani yechayotganda biz axborotni ishlaymiz: masala shartida keltirilgan 
axborotni o`rganib, uni yechamiz. 
Axborotni ma‟lum maqsadda ishlash jarayonlari hayot kabi juda qadimdan mavjuddir. Hech qanday 
tirik mavjudot o`zining genetic kodini saqlamasdan, tashqaridan axborot olmasdan va uni ishlamasdan 
mavjud bo`laolmaydi va rivojlana olmaydi. Axborotni ifodalash va saqlash zarurati nutq, yozuv va 
tasviriy san‟atning paydo bo`lishiga olib keldi. Axborotni uzatish va tarqatish zarurati kitob bosish, 
tovushlarni yozish, videotasvirga olish va h.k. texnik qurilmalarning paydo bo`lishiga olib keldi.
Axborot bu – aniq va amalda ishlatiladigan xabardir. 
Axborot asosan 3 xossadan iorat bo`lishi kerak: chin, to`liq va ma‟lum ma‟noda qimmatli.
O`z navbatida, xabar – axborotni tasvirlash shakli bo`lib, u nutq, matn, tasvir, grafik, jadval, 
videotasvir, tovush va h.k. ko`rinishlarda ifodalanadi. 
Ko`p hollarda axborot o`rnida berilganlar degan ancha farq qiluvchi jumla ishlatiladi. Berilganlar 
xabarlar, kuzatishlar natijalarini o`z ichiga oladi. Biror zaruriyat bo`yicha imkoniyat tug`ilganda, masalan, 
narsa to`g`risidagi bilimini oshirish paytida u axborotga aylanadi. 
Axborotning amalda qo`llanilishining zarur sharti uning o`z vaqtidaliligi va adekvatliligidir. 
Adekvatlik – bu olingan axborot asosida qurilgan obrazning haqiqiy ob‟ektga qanchalik mosligini beradi 
va u uchta formada ifodalanadi: 
Sintatik adekvatlilik – bu axborotni uzatish tezligi, aniqliligi, kodlashtirish tizimi, tashqi 
ta‟sirlarning mavjudligi va shu kabi jarayonlardan iborat. 
Semantik adekvatlilik – uzatiladigan axborotning ma‟naviy tarkibi, ob‟ekt obraziga va real 
ko`rinishiga mos kelishliligi hisobga olinadi. 
Prigmatik adekvatlilik – olingan axborotning asosiy boshqariladigan jarayon bilan mos kelishini 
belgilaydi. 
Bularni yanada yaxshiroq tasavvur etish uchun hayotiy bir misol olamiz. Faraz qilaylik, siz biror 
ko`rgazmaga taklifnoma oldingiz. Bu taklifnomada ko`rgazma bo`ladigan vaqt, joyi, ishtirokchilar tarkibi 
to`g`risidagi ma‟lumotlar bo`lishi mumkin. Agar ko`rgazma yopilgandan so`ng bu taklifnomani 
olganingizda u sizga kerak bo`lmay qolardi. O`z vaqtida emasligi sababli undan foydalanib bo`lmaydi.
Sintaktik adekvatliligi talablarini bajarish uchun taklifnoma varaqasi butun bo`lishi, qattiq 
qog`ozdan tayyorlanganligi, shriftlarning oson o`qiladiganligi va shu kabilar. Ya‟ni, bu yerda biz faqat 
axborotni uzatish jarayoni to`g`risida bosh qotiramiz va unda nima yozilganligi bizni qiziqtirmaydi.
Semantik adekvatliligi bizdan taklifnomadagi xabarning haqiqatga mos kelishini talab qiladi. 
Ko`rgazma manzili, ishtirokchilar nomlari, tadbirning bo`lish vaqti kabilar mos kelishi tekshiriladi. 
Pragmatik adekvatliligi taklifnomadagi ma‟lumotlarning foydaliligi bilan aniqlanadi. Ya‟ni, 
taklifnomadan foydalanib, kerakli ko`rgazma zalini tez va vaqtida topa olsangiz – o`z vaqtingizni tejagan 
va asablaringizni asragan bo`lasiz. 
Informatika
 

Download 372,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish