33 Harakatlar strategiyasi davlat boshqaruvi yangi konsepsiyasi (demokratik uslub fuqaro, fuqaro va davlat, “Yagona darcha”) Bizga ma’lumki, Istiqlol yillarida amalga oshirilgan keng miqyosli islohotlar evaziga tajriba toplandi, tizim yangilandi: totalitar rejimga barham berilib, davlatchilik usul va uslubida rasional yondoshuvlar shakllandi. Demokratik tamoyillarga keng yol ochildi. Shu nuqtai nazardan qatiy ishonch bilan aytish mumkinki, Buyuk kelajagimizni oliyjanob va mard xalqimiz bilan birga quramiz.... Darhaqiqat, bugungi sharoitlar butunlay yangi davr davlatchiligiga asos solindi deyishimiz mumkin. Endilikda ijtimoiy xayotning barcha jabhalarini isloh qilish jarayonlari, fuqarolar ongida fundamental ozgarishlar, jamiyatni tashkil qilishning demokratik shakllari - inson va jamiyat, fuqaro va davlat ortasidagi munosabatlarni soddalashtirilgan tartibi sharoitida roy bermoqda. Prezident Sh. Mirziyoyev shunday degan edi: Bundan keyin vazirlik va idoralar, xojalik birlashmalari rahbarlari va hokimlarning faoliyati natijasi ularning odamlar bilan qanday muloqot olib borayotgani va ishni tashkil etgani, fuqarolarning muammolarini qay darajada hal qilayotganiga qarab baholanadi va tegishli xulosalar chiqariladi. Bularning bari togri, albatta. Chunki, istiqlolning asl mohiyati, Ozbekistonning bosh maqsadi, takomillashtirishning ustuvor yonalishi ham xalq davlatning yagona va birdan-bir manbai sifatida qaratilganligida. Shu orinda, Prezident Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi qabul qilgan Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasi togrisidagi farmonida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yonaltirilgan demokratik islohotlar va mamlakatni modernizasiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirishga, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgani ayniqsa etibor molik. Mamlakatning yangi istiqboldagi rivojlanish yonalishini belgilab bergan bu tarixiy xujjat albatta, kop yillar davomida konstruktiv-amal sifatida xizmat qiladi. Yuqorida keltirilgan fikrlarni mulohoza qilib shunday xulosaga kelish mumkinki,demokratiya talablari, inson mafaatlari nuqtai nazaridan jamiyatning hukumat oldiga qoyadigan talablari ancha yuqori. Albatta, jamiyat davlat hokimiyati tarmoqlari faoliyatidagi boshqaruvni har jihatdan samarali deb bilishni istaydi.
34. Elektron hukumat tushunchasi, vazifa va prinsiplari (AKT, faks, Jahon banki, Yagona reestr, qonun va yo’riqnomalar) Keng manoda, elektron hukumatning vazifalari va xizmatlar korsatishi hamda faoliyatini rivojlantirish uchun AKTni qollash sifatida belgilanishi mumkin.Oziga xos ravishda, elektron hukumatni ―davlat oganlari korsatayotgan hizmatlarning shaffofligi, samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida raqamli texnologiyalardan foydalanish deb tushunish mumkin. Shuningdek, elektron hukumat AKTni kollagan holda davlat organlarining yanada samarali faoliyat korsatishi hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga sifatli xizmatlar korsatishidirJahon banki - Elektron hukumat davlat organlari axborot texnologiyalaridan foydalanib fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari va boshqa davlat organlari ortasidagi Ozaro munosabatlarni yaxshilashni nazarda tutadi. Elektron hukumatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini taminlash, ularning masuliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan axborot almashishni taminlashning qoshimcha mexanizmlarini yaratish-Elektron hukumatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: ariza beruvchilar uchun mamlakatning butun hududida davlat organlari bilan Ozaro munosabatlarni elektron hukumat doirasida amalga oshirish boyicha imkoniyatlar yaratish-oz zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida davlat organlarining malumotlar bazalarini, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini va Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrini shakllantirish .Elektron xukumat ishtirokchilarining munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik, davlat xizmatlarini sifatli korsatilishiga xizmat qiluvchi markazlashgan malumot bazalarini toliq shakllantirish uchun "Elektron xukumat togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan
35. O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rni va nufuzinihg ortib borishi.(Milliy monitoring tizimi “davlat xizmatlarining sirli mijozi”, Adliya vazirligi) Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, 2017–2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida: Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo’yicha respublika kengashitashkil etildi.Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:─ mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish,O’zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo’lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o’rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish va boshqalar. Shu bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi Kengashning ishchi organlari etib belgilandi. Prezident farmoniga binoan, davlat organlarida xalqaro reytinglar bilan ishlash masalasini muvofiqlashtirish maqsadida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo’yicha respublika kengashi tashkil etiladi va u Parlament nazorati ostida bo’ladi. Shuningdek, 1-oktyabrga qadar «O’zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portali ishga tushiriladi 2-iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev «O’zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to’g’risida»gi farmonni imzoladi.Hozirgi kunda mamlakatimiz qaysi reyting va indekslarda quyi pog’onalarda qolmoqda va buning asosiy sabablari nimalardan iborat?Asosan, siyosiy-huquqiy reyting va indekslarda mamlakatimiz o’rinlari nisbatan quyi pog’onalarda. Masalan, So’z erkinligi va hisobdorlik indeksida 191-o’rinda, Normativ sifat indeksida 184-o’rinda, Korrupsiyani nazorat qilish indeksida 183-o’rinda, Qonun ustuvorligi indeksida 182-o’rinda, Jahon matbuot erkinligi indeksida 156-o’rinda turibmiz. Albatta, so’nggi 3-4 yil mobaynida ushbu sohalarni tartibga soluvchi ko’plab qonun hujjatlari qabul qilindi, turli institusional o’zgarishlarro’y berdi.
36. O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini yaxshilash yangi mexanizmlari.(Iqtisodiy erkinlik,Logistika samaradorligi” Kengash, Global raqobatbardoshlik) Aytish kerakki, bugun jamiyatimizdagi islohotlarning bosh maqsadi xalqimizni rozi qilishdek ezgu maqsadga yo’naltirilmoqda. Barcha sa’y-harakatlarimiz, islohotlarimiz, qabul qilayotgan qonun va qarorlarimiz zamirida ham ushbu maqsad mujassam. Aholi yuritilayotgan siyosatdan qanchalik rozi bo’lsa, turli reyting va indekslardagi o’rnimiz o’z-o’zidan oshib boraveradi. Xususan, iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy o’sish istiqbollarini yaxshilashga qaratilgan bosqichma-bosqich islohotlar 2020-yilda Jahon bankining “Biznes yuritish” indeksida 76-o’rindan 69-o’ringa ko’tarilishimizga, “Transparency International”ning Korrupsiyani qabul qilish indeksi hamda “World Justice Project”ning Qonun ustuvorligi indeksida mamlakatimiz o’rni yaxshilanishiga olib keldi. Har bir tizimda ishlarimizni samarali tashkil etish maqsadida barcha vazirlik va idoralarda xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo’yicha tarkibiy bo’linmalar tashkil etilishiga erishdik. Bu esa ishimizni ancha osonlashtiradi. Ajratilgan alohida xodimlar doimiy ravishda o’zlarining vazirligi yoki idorasi mas’ul bo’lgan xalqaro reyting va indeks bo’yicha ish olib boradi. tranzaksiya xizmatlari darajasining pastligi, davlat bojlari, turli yig’imlar va jarimalarni to’liq elektron tarzda to’lash ham oxiriga yetmaganligi reytingdagi o’rnimizga salbiy ta’sirini ko’rsatmoqda. Reytingning “Inson kapitali” komponenti bo’yicha ham ishlashimiz kerak bo’lgan ayrim kamchiliklar bor. Masalan, masofaviy o’qitish imkoniyatlaridan to’liq foydalanilmayotgani, oliy ma’lumotga ega aholi qatlami bo’yicha aniq ma’lumotlar yetarli emasligi reytingdagi o’rnimizga ta’sir qilmoqda. Mobil aloqa abonentlari, internet foydalanuvchilari ulushini begilaydigan “Telekommunikasiya infratuzilmasi” komponentida esa respublikaning uzoq hududlariga yuqori tezlikdagi simli internet tarmog’i yetib bormaganligi ham reytingdagi o’rnimizga o’z ta’sirini o’tkazmoqda.