«rivojlanish psixologiyasi»fanidan «Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning psixologik xususiyatlarini aniqlash metodikalari» mavzusidagi



Download 138,81 Kb.
bet1/6
Sana21.06.2022
Hajmi138,81 Kb.
#687642
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
rivoj. kurs ishi CHORIYEVA


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
«RIVOJLANISH PSIXOLOGIYASI »fanidan


«Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning psixologik xususiyatlarini aniqlash metodikalari»
mavzusidagi

KURS ISHI



Bajaruvchi: 9-3 PPSS talabasi Choriyeva Shaxlo


Ilmiy rahbar: o’qituvchi Ostonov J.


Buxoro -2022
Mundarija


Kirish……………………………………………………………………3
I BOB Kichik maktab yoshidagi bolaning psixologik xususiyatlarining nazariy asosi…………………………………..……5

    1. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning psixologik xususiyatlari…………...5

    2. kichik maktab yoshidagi o`quvchilar xulq-atvoriga ta`sir etuvchi ijtimoiy omillar………………………………………………………………………….9

II BOB Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar xulq-atvoriga
ta`sirini o`rganishning metodologiyasi………………………………15
2.1 O`quvchilar xulq -atvoriga ta`sirini o`rganishning metodologiyasi……..15
2.2 Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning shaxs sifatlari va tasavvurlarini o`rganishning natijalari…………………………………………………………..22
Xulosa…………………………………………………………………………….28
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………30


Kirish
Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda ta`lim va tarbiyaning dolzarb roli ortib boradi. Zero, ta`lim O`zbekiston xalqi ma`naviyatidagi yaratuvchanlik faolligini keltiruvchi uzluksiz jarayondir. O`sib kelayotgan avlod vakillarining barcha qulay imkoniyatlari unda namoyon bo`ladi, kasbiy tayyorgarligi, mahorati uzluksiz ravishda takomillashadi, ajdodlarning bebaho tajribasi ularga
meros sifatida uzatiladi. Yoshlar, ularning iqtidorlik va bilim olishga layoqati, uquvchanligi ta`lim jarayonida takomillashadi va xulq-atvor qadriyatlar tushunila boshlanadi. Har bir inson o`zicha takrorlanmasligi tufayli jamiyat har bir shaxsning xarakteri va o`ziga xosligini qo`llab - quvvatlaydi, uning madaniyatni yanada yuksak darajasiga ko`tarishga ta`sir etuvchi yangi fazilatlari
va hislatlarini umumlashtiradi. Zero, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev o`z xalqiga, uning an`analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, o`z xalqini millatlarning butun jahon hamjamiyatida
tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi haqiqiy insonni, o`z Vatanining jonkuyarini tarbiyalash mumkin emas, degan fikrlari izchil ravishda ilmiy
tadqiqotlarni olib borishni talab qilmoqda. Mazkur g`oyalar «Ta`lim to`g`risida» gi Qonunda rivojlantirilgan bo`lib, ular muhim nazariy hamda metodologik ahamiyat kasb etadi. Hozirgi davrda yoshlar tarbiyasi va ular hulq atvori ijobiy tarzda shakllantirishning dolzarbligidan kelib chiqib, biz tadqiqotning asosiga kchik maktab yoshidagi o`quvchilarning shaxs xulq-atvor fazilatlarining shakllanishiga sabab bo`luvchi ijtimoiy psixologik omillar, pedagogik shart-sharoitlarni belgilash va xulq-atvor tasavvurlar, tushunchalarning bu borada psixologik mexanizm sifatida o`rni borligi g`oyasini oldik.
Turli taraqqiyot davrlarida inson psixologiyasi va shaxsi o`zgarishi qonunlaridan kelib chiqqan holda, biz kichik maktab yoshi davrini xulq atvor
kategoriyalarni faol ravishda o`zlashtirish va shu asnoda xulq-atvor tasavvurlar
shakllanishi uchun eng senzitiv-qulay davrdir, deb tanladik. Zero, aynin shu
davrda shu davrda shaxsning o`zini o`rab turgan muhitdagi eng nodir xulq-atvor
qadriyatlarga nisbatan munosabatlari faollashadi, ularni o`zlashtirish orqali, hulq
atvor tasavvurlarini va bilimlarini boyitish, uni his-tuyg`ulari va xattiharakatlarida namoyon etishga psixologik jihatdan hozirlik kuchayadi. Bundan
tashqari, ushbu davrda yoshlarning muloqot doirasi kengayadi, o`z-o`zini anglashi, o`z-o`zini nazorat qilishi, jamiyatda o`z o`rnini topish, ijtimoiy mafkuraviy masalalarga nisbatan qiziqishlari ortadi, jamiyatda sodir bo`layotgan o`zgarishlar, madaniyat va ma`naviyat sohasidagi barcha o`zgarishlarga munosabatlar tizimi sayqallashadi. Bu holatlarning barchasi mazkur yosh davrini kurs ishi ob`ekti qilib tanlashga asos bo`ladi.
Kurs ishidan ko`zlangan asosiy maqsad xalqimiz an`analari va maxsus ijtimoiy omillarning kichik yoshdagi o`quvchilarda xulq atvorni o`zgartiruvchan ta`sirini o`rganish va ushbu jarayonni eksperimental tarzda
kuzatishdan iboratdir. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni
amalga oshirishni rejalashtirdik.
-Xulq atvor muammosini nazariy tahlil qilish va unipsixologik fenomen
sifatida aniqlash.
-Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning xulq atvorni o`ziga xosligini
tadqiq etish.
- Kichik maktab yoshidagi o`quvchilardagi psixologik xususiyatlariga ta`sir etuvchi va ularni o`zgartiruvchi ijtimoiy omillarni tadqiq etish va aniqlash.
Milliy an`ana va urf-odatlar mohiyatini o`z ichiga olgan xulq atvor tasavvurlarni shakllantiruvchi maxsus ta`lim jarayonidagi va darsdan tashqari
amalga oshiriladigan ijtimoiy tadbirlar kompleksinianiqlash.
Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar xulq atvor dunyoqarashi va tasavvurlari dinamikasini qayd etish.

Download 138,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish