Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini ixtisoslashtirishning shakl va ko’rsatkichlari
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini oqilona joylashtirish asosiy turdagi
mahsulotlarni va hajmini oshirish va barcha agrosanoat majmuining iqtisodiy
samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Qishloq xo’jaligining ixtisoslashuvi mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi sifatida, alohida mahsulot turlarini ishlab chiqarishning ustuvorligi sifatida, ba‘zan esa tayyor mahsulot ishlab chiqarishdagi alohida bosqichining bajarilishi sifatida ifodalanadi. Bu eng avvalo, ishlab chiqarish kuchlarining
rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan obyektiv dinamik jarayondir.
Qishloq xo’jaligini ixtisoslashtirish katta iqtisodiy ahamiyatga ega: birinchidan, moddiy va moliyaviy resurslarni raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga jamlash (konsentratsiyalash) imkonini beradi; ikkinchidan,ilmiy-texnika taraqqiyoti, tar moq rivojlanishining sanoat yo’liga o’tishi uchun zarur sharoit yaratadi; uchinchidan, mehnatni tashkil etish shaklini mukammallashtirishga imkon beradi; to’rtinchidan, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi oshishiga yordam beradi.
Qishloq xo’jaligini ixtisoslashtirish tarmoqlar xususiyatlariga bog’liq: takror ishlab chiqarishning iqtisodiyot va biologik qonunlarini qo’shib yuborish, ishlab chiqarishning mavsumiy va hududiy xarakteri, mahsulotlarning ko’p turlarining qisqa muddatlarda kelib tushishi, tez buziladigan mahsulotlarning
katta hajmi, mahsulotlar va boshqa ayrim narsalarning bir tekisda iste‘mol etilishi. Bu xususiyatlar ixtisoslashuvning shakllariga sur‘ati va umuman butun
jarayoniga kuchli ta‘sir ko’rsatadi.
Qishloq xo’jaligida mehnatning bo’linishi sanoatdagidek chuqur bo’lishi
mumkin emas, chunki unda ixtisoslashuv bilan bir qatorda, mahsulotlarning
alohida turlari bo’yicha, texnologik jarayonlar bo’yicha ham mehnatni bo’lish
amalga oshiriladi. Uncha ko’p bo’lmagan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishgina tor doirada ixtisoslashgan korxonalarga jamlanib, butunlay mustaqil sifatida ajratilishi mumkin. Bunga parrandachilik fabrikalari, mol va
qo’y go’shti yetishtirish uchun bo’rdoqiga boqish komplekslari, issiqxona, uzumchilik va bog’dorchilik xo’jaliklari kabilar kiradi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarini ixtisoslashtirish uning rivojlanishiga yordam beruvchi yoki rivojlanishini to’xtatib qo’yishga olib keluvchi ko’plab
omillar ta‘siri ostida yuz beradi.
Ixtisoslashuvning chuqurlashuviga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish asosida texnikalar, texnologiyalarni mukammallashtirish va shu asosda ishlab chiqarishni tashkil etish, yaxshi yo’l transport kabilarning mavjudligi yordam beradi. Korxonalar yuqori darajada ixtisoslashgandagina qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalashni amalga oshirish, ishlab chiqarish va mahsulotlarni qayta ishlashning intensiv va tejamkor texnologiyalarini joriy etish, mehnatning tashkil qilishning ilg’or shakllaridan foydalanish mumkin bo’ladi.
Ixtisoslashishni kechiktiradigan omillar – bu yerdan, suvdan, texnika va mehnat resurslaridan oqilona foydalanmaslik, o’zini-o’zi ta‘minlashga intilish, qo’shimcha mahsulotlardan foydalanish, xo’jalikning iqtisodiy barqarorligini ta‘minlash zarurati kabilardir. Bundan tashqari, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlarda ixtisoslashuvni chuqurlashtirishning zarur texnik asoslari yo‗qligi
ham ta‘sir ko’rsatadi.
O’simlikchilikda tor doirada ixtisoslashuv samarasiz, chunki ko’pgina dala ekinlari mavjud agrotexnika qoidalariga ko’ra, biologik shartlariga ko’ra, har
yili bir joyga ekilavermaydi. Ularni almashlab ekish maqsadga muvofiq bo’ladi. Shu bilan birga yer massivlarining tabiiy maydalanishi, tuproq tarkibi, relyefi va boshqa belgilari bo’yicha ularning bir uchastkadan turlicha xo’jaligi yuritishda
foydalanishni talab qiladi va bu ma‘lum ekin va tarmoqlar yig’indisiga ega
bo’lish zaruratini keltirib chiqaradi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarini ixtisoslashtirish asosiy yoki yetakchi tarmoqni ajratish va ularning ustuvor rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish hisoblanadi. Ixtisoslashuvning chuqurlashuvi quyidagilar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:
-tovar ishlab chiqarish tarmoqlari sonining qisqarishi;
-intensivlashtirish asosida asosiy tarmoqda ishlab chiqiladigan mahsulotlar hajmini oshirish;
-asosiy tarmoq tovarliligini oshirish.
Qishloq xo’jaligida ixtisoslashuvning quyidagi shakllari mavjud: zonalar
bo’yicha, xo’jaliklararo, xo’jalik ichidagi va tarmoq ichidagi.
Zonalar bo’yicha ixtisoslashuv - bu mehnatning geografik bo’linishi. U
qishloq xo’jaligining hududiy joylashuvini aks ettiradi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish natijalarining iqlim va tuproq sharoitlariga bog’liqligi mehnatning geografik bo’linishi zaruratini keltirib chiqaradi. Yirik hududlar (iqtisodiy tumanlar, xo’jaliklar, viloyatlar) tabiiy-iqlim sharoitga moslashuvi yetarli bo’lgan mahsulot turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.
Xo’jaliklararo ixtisoslashuv - bu o’zida qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar orasida mehnatining ijtimoiy taqsimlanishini aks ettiradi. Bozor
sharoitida xo’jaliklar iqtisodiy jihatdan foydali mahsulotlar ishlab chiqarishga
ixtisoslashadilar.
Xo’jalik ichidagi ixtisoslashuv - bu mehnatning xo’jalik ichidagi bo’limlar
(bo’linmalar, sexlar, fermalar) orasida bo’linishi. Bo’limlar mavjud resurslarni
hisobga olib, bitta yoki bir nechta turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Xo’jaligi ichidagi ixtisoslashuv qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining strukturasi bo’yicha belgilanadi.
Tarmoq ichida ixtisoslashuv - turli korxonalarga jamlangan bir bosqichdagi yakuniy mahsulot keyingi bosqichdagi ishlab chiqarish uchun dastlabki bo’ladigan texnologik sikllarni alohida bosqichlarga bo’lib tashlashga asoslanadigan ixtisoslashuv. Ixtisoslashuvning bu shakli ko’proq chorvachilikda keng tarqalgan. Masalan, parrandachilikda tuxum ishlab chiqarish inkubator
xo’jaligi, go’sht broyler xo’jaligilari bo’yicha korxonalar bor. Xo’jaligi ichida
ixtisoslashuv bo’yicha yaratilgan hamma xo’jaliklar odatda tor doirada ixtisoslashgan bo’ladi. Korxonalarning xo’jaligi ichida ixtisoslashuvi ishlab chiqarishning intensivlashtirish va konsentratsiyalash sharoitlaridagina muvaffaqiyatli rivojlanadi.
Ixtisoslashuv xo’jaligi ishlab chiqarishining bosh yoki asosiy tarmoqlari
yo’nalishlari bo’yicha aniqlanadi (paxtachilik, g’allachilik, bog’dorchilik, g’allachorvachilik va boshqalar). Korxonaning ishlab chiqarish yo’nalishi oxirgi uch yildagi qishloq xo’jaligi tovar mahsulotlari strukturasi bo’yicha aniqlanadi.
Xo’jalikdagi yer, suv, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida bir nechta tarmoqning rivojlanishiga erishiladi.
Qishloq xo’jaligi mehnatining ijtimoiy taqsimotini boshang’ich bosqichida
faqat ikki tarmoq-dehqonchilik va chorvachilik mavjud bo’lgan. Keyinchalik
o’simlikchilik va chorvachilik turidagi mahsulot ishlab chiqarishning mustaqil
tarmoqlari paxtachilik, g’allachilik, sabzavotchilik, bog’dorchilik, chorvachilik, qo’ychilik kabilar ham ajralib chiqdi.
Iqtisodiy ahamiyatiga ko’ra, qishloq xo’jaligi tarmoqlari asosiy, qo’shimcha va yordamchi tarmoqlarga bo’linadi.
Asosiy tarmoqlar deyilganda xo’jalik iqtisodiyotida muhim rol o’ynaydigan va tovar mahsulotda eng ko’p taqqoslama og’irlikka ega bo’lgan
tarmoqlar tushuniladi. Ularning orasidan tovar strukturasidagi ulushi 50% dan
oshgani asosiy tarmoq sifatida ajralib chiqishi mumkin.
Qo’shimcha tarmoqlar - asosiy tovar mahsulotiga o’xshaydi, lekin ular xo’jalik iqtisodiyotida kamroq ahamiyatga ega, u asosiy tarmoqlarning rivojlanishiga yordam beradi. Bu tarmoqlar mavjud ishlab chiqarish resurslaridan samaraliroq foydalanish va qo’shimcha foyda olish imkonini beradi.
Yordamchi tarmoqlar - notovar, asosiy va qo’shimcha tarmoqlar rivojlanishiga yordam beradi, masalan, ozuqa ishlab chiqarish.
Qishloq xo’jaligi korxonalarida qishloq xo’jaligi tarmoqlaridan boshqa yordamchi ishlab chiqarish (ta‘mirlash ustaxonalar, avtogarajlar, suv va energiya
ta‘minoti va boshqalar), qo’shimcha sanoat ishlab chiqarish (qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini qayta ishlash bo’yicha qurilish materiallari, taralar va boshqalar) bo’lishi mumkin. Yordamchi ishlab chiqarishning vazifasi shundaki, u butun
tarmoq va bo’linmalarning to’xtovsiz ishlashini ta‘minlaydi. Yordamchi ishlab
chiqarish qish davrida mehnat resurslaridan to’liqroq foydalanish va qo’shimcha foyda olishga ham yordamlashishdir.
Qishloq xo’jaligi korxonalari tarmoqlarining oqilona ixtisoslashishi quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
-minimal mehnat va mablag’ sarfi bilan maksimal daromad olish uchun
raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarish;
-tuproq-iqlim sharoitini hisobga olish;
-texnologiya va tashkiliy tomondan bir -biriga bog’liq tarmoqlarni ustuvor rivojlantirish, paxtachilik, g’allachilik, bog’dorchilik va asalarichilik, issiqxona va ochiq tuproqdagi sabzavotchilik ishlab chiqarishi (parrandachilik, bog’dorchilik va sabzavotchilik, ikkala tarmoq ham sermehnat lekin bularning qo’shib olib borilishi iqtisodiy jihatdan oqlangan);
-qishloq xo’jaligi ekinlarining tarkibiy o’zgarishlaridan oqilona foydalanish va tuproq unumdorligini oshirish;
-mehnat, suv resurslari va texnika vositalaridan samarali foydalanish;
-ishlab chiqarishning mavsumiyligini yengillashtirish va yil davomida pul mablag’larining maqbul holda tushishini ta‘minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |