Yettinchi sinfgacha o’quvchilarni barcha fanlardan bir yoki ikkita muallim ta’lim beradi. Ta’lim olish formal emas, o’quvchilar sinfda o’zlarini erkin tutadilar. Ular sinfda yuradilar, bemalol gaplashib ham o’tiradilar, hatto polda ham o’tirishlari ham mumkin. 8chi sinfdan 10 chi sinfgacha o’qituvchilarning soni oshadi. Bolalar matematika va ingliz tilini majbnuriy o’rganadilar, qolgan fanlarni o’zlari tanlaydilar. Yuqori, ya’ni 11-12 sinflarda ta’lim olishning murakkabligiga qarab ham bo’linadilar. Avstraliya maktablarida bahoning aniq bir tizimi mavjud emas. Boshlang’ich sinflarda baholar umuman qo’yilmaydi. 3-6 chi sinflarda o’quvchlilar haftalik test sinovlarini, nazorat ishlarini va diktantlarni topshiradilar. Biroq baholar bir yilda ikki marta qo’yiladi va ota-onalarga pochta orqali yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |