2018 yilda yuqori sinflarda ta’lim reformasini yakunlash rejalashtirilmoqda. Unga muvofiq bolalar fanlarning asosiy qismini o’zlari tanlaydilar hamda iqdidorlariga qarab ularni o’rganadilar, ya’ni har bir o’quvchining o’zining shaxsiy dars jadvali bo’ladi. Oxirgi reformaga muvofiq o’qituvchilar ta’tilga uy vazifasini bermaydilar. Hukumat bolalar ko’proq dam olishlari kerak, degan qarorga keldi. Maktabdagi intizomga esa qattiq qaraladi. Har bir o’quv maskanining o’z shaxsiy formasi bor. Bu formani kiyishni xohlamaganlar uchun esa jazo qo’llaniladi, masalan qaysidir xonani qo’shimcha tozalash. PISA reytingi bo’yicha, Taybey viloyatining maktablari eng yaxshi ta’lim muassasalarining o’ntaligidan bir necha marta joy olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |