Pul massasi – muomaladagi naqd pullar va naqd pulsiz oborotdagi pullarning yig‘indisidir. Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan mamlakatlarning pul oborotida faqat banknota va tanga ko‘rinishda emas, balki kredit, chek va elektron yozuvlar ko‘rinishida ishtirok etayapti. SHuning uchun iqtisodchilar ushbu pullarni pul massasi deb yuritishadi. Pul massasi mamlakatda muhim iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, uning hajmi jami ijtimoiy mahsulotning hajmi bilan muvozanatda (pulning aylanish tezligini inobatga olgan holda) bo‘lish zarur.
Pul massasining miqdori va uning tarkibi Markaziy bank tomonidan nazorat qilinadi. Markaziy bank pul – kredit instrumentlari orqali mamlakatda pul massasini oqilona me’yorini ta’minlaydi.
Pul massasi tarkibi asosan ikkita komponentdan tashkil topadi.
Muomaladagi naqd pullar – pul massasining yuqori likvidli mablag‘lari
hisoblanib, istalgan paytda to‘lov vositasi sifatida foydalanish imkoniyatini beradi. Ushbu agregat muomaladagi banknot va tangalarni o‘z tarkibiga oladi.Naqd pulsiz mablag‘lar – mulkiy shaklidan qat’iy nazar barcha turdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kredit muassasalarida hisobraqam-lardagi, shuningdek, plastik kartochkalar va hisob – kitob cheki ko‘rinishidagi mablag‘lardan iborat.
Muomaladagi likvidlik darajasi past hisoblangan pullar kvazipullar deb
yuritiladi. Ushbu pullarning tarkibiga nisbatan past likvidli va to‘lov vositasi sifatida ishlatilmaydigan qimmatli qog‘ozlar kiradi.
Pul massasi darajasini hisoblashning asosiy tamoyillaridan biri mablag‘larni likvidlilik darajasi hisoblanadi. Muomaladagi pulning turlari pul agregatlari bilan guruhlarga ajratiladi. Unga ko‘ra muomaladagi mablag‘lar likvidlilik bo‘yicha tasniflanadi, ya’ni dastlab yuqori likvidli mablag‘lar past likvidligiga qarab M1, M2, M3,….Mn yoki L agregatlarga ajratiladi. Pul agregatlari tarkibi va soni turli
mamlakatlarda turlichadir. AQSHda naqd va naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshiradigan pullar
lividlilik darajasiga qarab quyidagi pul agregatlari bilan belgilanadi:
M1 =
|
naqd pullar (banknotlar va tangalar), talab qilib olguncha
saqlanadigan depozitlar, pul cheklari, boshqa chek depozitlari;
|
M2 =
|
M1 + chek bo‘lmagan jamg‘arma depozitlar, muddatli jamg‘armalar
(100 ming dollargacha);
|
M3 =
|
M2 + 100 dollardan yuqori muddatli jamg‘armalar, jamg‘arma
sertifikatlar va boshqalar;
|
L =
|
M3 + xazina jamg‘arma obligatsiyalari, davlatning qisqa muddatli
majburiyatlari, tijorat qimmatli qog‘ozlar va boshqalar.
|
Pul massasi tarkibida naqd pullar ulushining past yoki yuqoriligi muhim o‘rin tutadi. MDHga a’zo mamlakatlarning pul massasi tarkibida naqd pullarning ulushi sezilari darajada yuqori. Masalan, Rossiyada ushbu ko‘rsatkich 2002 yilda 36,6 foizni tashkil etgan. Odatda rivojlangan mamlakatlarning pul massasi tarkibida naqd pullarning ulushi 5 – 10 foizni tashkil etadi. Pul massasining o‘zgarishiga nafaqat muomaladagi pul miqdorining o‘zgarishi, balki pul aylanish tezligi ham ta’sir qiladi. Pul aylanish muomalasi tezligi – pulning tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qatnashish sur’atidir.
O‘zbekistonda pul agregatlari quyidagi tarkibiy qismlardan iborat25.
M1 =
|
naqd pullar;
|
M2 =
|
M0 + schyotlardagi pul qoldig‘i + mahalliy byudjet mablag‘lari –
byudjet, jamoa va boshqa tashkilotlar mablag‘lari;
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |