121
Milliy iqtisodiyotning shakllanishi va industrlashtirish, albatta bozorga
moslashgan holda amalga oshishi zarur. Masalan, yangi iqtisodiy aloqalarni yuzaga
keltirish, xalq xo`jalik
tuzumini, ayniqsa ishlab chiqarish tuzumini yangilash bozor
talabi asosida olib borilmoqda. Xomashyo yo`nalishini o`zgartirish zarur ekan, avvalo
u bozor talabi asosida, eng zarur xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishning ustunligi,
bundagi yo`q bo`lgan tarmoqlarni tashkil etib, uni rivojlantirishdan boshlanadi. Paxta
kompleksida tayyor kiyimlargacha bo`lgan kompleks ishlab chiqarishningg tashkil
etilishi va buning jamoa xo`jaliklarining o`zlarida amalga oshirilib, bunda chet
kapitali bilan qo`shma korxonalar tashkil etilayotgan maqsadga muvofiqdir.
Oziq-ovqat, yengil sanoatda, qurilish materiallari va xo`jalik mollari ishlab
chiqarilishida xalq talabidan kelib chiqadigan bozorgir yangi mollarning paydo
bo`lishi amaliy misollardir. Mamlakatimiz
ishlab chiqarishi uchun, yangi bo`lgan
avtomobilsozlik tarmog`ining yaratilishi juda quvonchli hol. Chunki bunga bozor
talabi juda yuqori. Shuningdek, televizorlar, kompyuterlar, elektron apparatlar ishlab
chiqarish yuzaga kelmoqda. Xalqaro bozorga kirib borish, mustaqil ravishda eksport
va importni amalga oshirish va bunda samaradorlikka erisha borish bozor
shakllanishidagi muhim bosqichlardir. Oz vaqt o`tishiga qaramasdan bu sohadagi
AQSH, Yaponiya, Turkiya,
Germaniya, Angliya, Janubiy Korea, Xitoy kabi
mamlakatlar bilan kengayib borayotgan iqtisodiy aloqalar, chet mamlakatlar
investitsiyasining kengayib borishi buning yaqqol misolidir. Xalqaro iqtisodiy
hamkorlikning kuchayishi va jahon iqtisodiy integratsiyalashuvi, birinchi navbatda,
dunyo bozoriga qo`shilish va umuman, bozor munosabatlarining keng harakatiga yo`l
ochishni talab qiladi.
Bozor uchun zarur shart bo`lgan mulk shakllari paydo bo`lmoqda.
Bunda
davlat mulki tasarrufidan chiqarishni tezlashtirish, mulk xususiylashuvini avj oldirish
juda muhimdir. Mamlakatimizda fermer xo`jaliklarini tashkil etish, haqiqiy dehqon
xo`jaliklarini tiklash, ijara, oila pudrati kabi xo`jalik turlarini rivojlantirish
tezlashmoqda. Demak, bozor munosabatlari asosi bo`lgan mulk shakllari va turlari,
xo`jalik xillarining paydo bo`lishi, albatta, amalga oshayotgan iqtisodiy islohotning
122
ta’sirini kuchaytirmoqda, bularning barchasi bozor iqtisodiyoti shakllanishining odim
qadamlaridir.
Shuningdek, hissadorlik jamiyatlari, birlashmalar, konsern,
kooperativlar,
shirkatlarning ko`payishiga keng yo`l ochilmoqda, bularning barcha bozor
munosabatlari uchun zarur bo`lgan iqtisodiy harakat maydonini kengaytirmoqda.
Shu bilan birga bozorga o`tish bilan bog`liq bo`lgan baho siyosati amalga
oshirilib, asosan erkin baho siyosati yuzaga keltirildi. Chunki tovarlarni sotishning
chakana narxlari talab va taklif asosida erkin shakllanmoqda. Mehnat bozori,
qimmatbaho qog`ozlar bozorlari asta-sekin shakllanmoqda, ko`chmas mulklar oldi-
sotdisi boshlangan.
Bozor iqtisodiyotiga o`tishdagi muhim sohalardan
hisoblangan moliya-kredit
va pul tizimlarining yangilashishi, milliylashishi bozor mazmunida bo`lishi sohasida
katta ishlar, keskin o`zgarishlar yuz bermoqda. Chunonchi, juda qisqa vaqt ichida
haqiqiy milliy pulga ega bo`ldik.
Bozor infrastrukturasini yaratishda odim qadamlar ham sezilarlidir. Bunga
kompyuterlarning dadil kirib kelishi, aloqa vositalari,
axborot tizimi, tovarlar siljishi
va ularning tez harakati sharoiti, yirik oldi-sotdi hisob-kitoblarini amalga oshirish
asoslari kabi tarmoqlar yuzaga kelmoqda va bozor sharoitlarini kengaytirmoqda.
Respublikamizda iqtisodiy faoliyat har tomonlama bozorning shakllanishiga
qaratilmoqda. Bunga faqat biz milliy iqtisodiyot shakllanishi va industrlashtirishning
bozorga mos holda amalga oshishi bilan chegaralanmasdan, balki maxsus bozorga
xos jarayonlarning amalga oshuvi va bozor munosabatlariga o`tish, bozor iqtisodiyoti
shakllanishining tezlashuvini ko`ramiz.
Bu narsa hozirgi mamlakatimizdagi jarayon
faqat bozor munosabatlariga
o`tish bilan chegaralanadi, degan so`z emas, vaholanki bozor yo`nalishi asosiy
yo`nalish ekanligini e’tirof etgan holda iqtisodiy holatning uch birlik jarayonidan
iborat ekanligini inkor etib bo`lmaydi, chunki iqtisodiy islohotning mazmuni shu
bilan belgilanib, uning mohiyatini ko`rsata olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: