G`arbiy yevropa mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy modeli
bo`yicha o`ziga
xos xususiyatlarga ega. Buni quyidagilarda ko`rish mumkin:
1.Xo`jalik mexanizmida yuqori qatlam hisoblangan davlatning tartibga solish
darajasi bo`yicha yeI xatto AQSH va Yaponiyadan ustun turadi. Birinchidan, bu
AQSH va Yaponiya TMKlarining o`z sohalarida G`arbiy yevropanikiga qaraganda
ustunligini bosish bilan bog`langan. Ikkinchidan, davlatning iqtisodiy rolini kuchliligi
ijtimoiy funksiyalari yuqoriligi bilan belgilanadi.
2.G`arbiy yevropada hozirgi davrda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning ijtimoiy
yo`nalishi dunyoda eng yuqori hisoblanadi. Davlat eng ko`p ijtimoiy vazifalarni
yuqori intensiv tarzda bajaradi. Shuning uchun ham G`arbiy yevropa kapitalizmi
“ijtimoiy bozor xo`jaligi” belgisiga juda to`g`ri keladi.
3.AQSH va Yaponiyaning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi ichida individualizm
tamoyili va ijtimoiy hayotning asosiy qoidasiga aylangan bo`lsa va hamkorlikdan
ustunlik qilsa, G`arbiy yevropada individualizm yetakchiligida hamkorlik bilan nisbiy
balans yuzaga kelgan.
4.G`arbiy yevropa mamlakatlarida jahon xo`jaligiga ochiqlik va xo`jalik
hayotining baynalminalligi yuqori darajadaligi mavjud.
“Marshall rejasi”-
Ikkinchi Jahon urushidan keyingi 1945-1957 yillar ichida
yevropada xo`jalikni tiklash davri boshlangan bo`lib, Natijada AQSHga qaram bo`lib,
dollar hukmronligi ta’minlangan edi. “Marshall rejasi” deb atalmish tadbir ostida
katta xajmli yordam amalga oshirildi. Bu reja bo`yicha 12,3 mlrd. dollar AQSH
tomonidan ajratilib, o`z davrida juda katta xajmdagi mablag` edi. Asosan bu
yordamni Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya mamlakatlari oladi. L. Erxard
islohati amalga oshiriladi.
ASEAN
1967 – yilda tashkil topib, unga avvalo Indoneziya, Malayziya,
Singapur, Tailand va Filippin davlatlari kirgan. Keyinchalik Myanma, Bruney, Laos,
Vetnam va Kambodja qo`shiladi. Bu mamlakatlar sanoat va qishloq xo`jaligi, ilmiy-
tadqiqot ishlari bo`yicha hamkorlik qilib, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni maqsad
qilib qo`yganlar.
ATES
1989 – yilda tashkil topgan bo`lib, mamlakatlararo yig`ilish hisoblanadi.
Bunga avvalo 18 ta mamlakat qo`shilgan: Avstraliya, Bruney, Gonkong, Kanada,
Xitoy, Kiribati, Malayziya, Marshain orollari, Meksika, Yangi Zelandiya, Papua-
Yangi Gvineya, Janubiy Korea, Singapur, AQSH, Tailand, Tayvan, Filippin, Chili
bo`lib, so`ngra yana uch mamlakat qo`shilgan, bular: Vetnam, Peru va Rossiya.
Ko`rinib turibdiki, buj uda yirik tashkilot bo`lib, Osiyo, Amerika qit’alari hamda
Polineziya mamlakatlarini birlashtiradi. ATES maslahat qavmida bo`lsa ham, amalda
361
uning ishchi organlari savdo, investitsiya, moliya faoliyatlarining mintaqa qoidalarini
ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |