Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi.
Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 2-bobi Litsenziya talablari va shartlari haqida:
5. Quyidagilar nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonun va qonunosti hujjatlariga majburiy rioya qilish;
ta’lim-tarbiya jarayonini davlat ta’lim standartlariga (davlat talablariga), o‘quv rejalariga va ta’lim dasturlariga muvofiq tashkil etish;
litsenziya da’vogarida litsenziyalanayotgan faoliyatni bajarish uchun mo‘ljallangan, unga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli bo‘lgan, belgilangan talablarga muvofiq binolarning (xonalarning) mavjud bo‘lishi;
auditoriyalarni, o‘quv xonalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya asbob-uskunalari, o‘qitishning texnik vositalari va anjomlar bilan jihozlash;
ta’lim dasturlarining belgilangan darajasini amalga oshirish uchun o‘quv binolarini zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta’minlash;
ta’lim dasturlarini umumiy o‘rta, kasb-hunar va oliy ta’lim davlat ta’lim standartlariga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshirish;
ta’limning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda bo‘lishi, ta’lim jarayonida urushni, zo‘ravonlikni targ‘ib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va ma’naviy asoslari, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risida noto‘g‘ri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlari buzib ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
nodavlat ta’lim tashkiloti, uning ta’lim oluvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarni “Nodavlat ta’limni boshqarish axborot tizimi”ga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga yozma yoki elektron shaklda taqdim etish;
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1028-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 09/19/1028/4222-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha ta’lim bilan bog‘liq yo‘nalish bo‘yicha nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli axborotni Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimiga kiritish;
(5-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash orqali ta’lim-tarbiyaning yuqori sifatini ta’minlaydigan qulay shart-sharoitlar yaratish;
ilg‘or xalqaro tajribalarni inobatga olib, o‘qitishning innovatsion shakllari hamda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida ta’lim sohasidagi samaradorlik va natijadorlikni oshirish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami tarbiyalanuvchilar, o‘quvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda bepul o‘qishga qabul qilish;
bitiruvchilarga belgilangan tartibda ta’lim to‘g‘risida hujjat berish.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur bandning to‘rtinchi — oltinchi xatboshilari nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning masofaviy ta’lim beriladigan yo‘nalishlari va ixtisosliklariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 511-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.06.2018-y., 09/18/408/1315-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |